369
qilish muddatlari,
dastlabki qiymati, amortizatsiya me’yorlari kabi muhim
rekvizitlarni o’z ichiga olishi kerak.
Nomoddiy aktivlarni hujjatlashtirish ma’lum xususiyatlarga ega. Ushbu
xususiyatlar nomoddiy aktivlarning boshlang’ich hisobini to’g’ri tashkil qilishga
imkoniyatlar beradi. Ushbu hujjat Patent idoralarida qayd etilgan bo’lishi lozim.
Tabiiy resurslarga bo’lgan (yer, suv, geologiya) huquqlarini sotib olish yuridik va
jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Shuningdek,
ayrim nomoddiy aktivlar ham borki, ular korxona faoliyatida muhim rol o’ynaydi.
Masalan, oshkor etilmagan axborotlar va ularni
ham korxona va firmalarda
nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish ularning maxsus hisob kartochkalarida
yuritilishi kerak. Chunki, keyingi yillarda avtomobilsozlik korxonalarida
nomoddiy aktivlarning salmog’i sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu o’z
navbatida buxgalteriya hisobi oldiga hujjatlashtirish jarayonlarini to’g’ri va aniq
tashkil etish hamda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Asosiy vositalar bo’yicha
yuritiladigan analitik hisob kartochkasining keraksiz bo’lgan rekvizitlaridan ozod
qilib nomoddiy aktivlarga xos bo’lgan qo’shimcha rekvizitlarni qo’llash mumkin.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunga asosan (14-modda) boshlang’ich
hisob hujjatlari xo’jalik muomalalari amalga oshirib bo’lingandan so’ng tuziladi.
Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda dastlabki hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma)
quyidagi asosiy rekvizitlariga ega bo’lishi lozim; hisob (arxiv) raqami, nomi va
shartli shifri, axborotlarning material ko’rinishi, ob’yektlardan
foydalanish
muddatlari, asl nusxalarining saqlash joyi, joriy etgan shaxslar (korxona, tashkilot),
ob’yektdan foydalanuvchilar, hujjatlarni saqlash raqamlari, xarajatlarga olib borish
ob’yektlari va boshqa ko’rsatkichlar. Shuningdek, qonunga ko’ra hisobot davriga
tegishli bo’lgan xo’jalik muomalalari va ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi
hujjatlar olinmagan bo’lsa, tegishli boshlang’ich hujjatlar rasmiylashtirilib,
buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ko’rsatiladi. Nomoddiy aktivlarning dastlabki
va jamlama hisobi iqtisodiy adabiyotlarda to’liq yoritilmagan.
Korxonalarida
nomoddiy aktivlar bo’yicha dastlabki hisobini tashkil qilishda ularni qayd etuvchi
yangi hujjat shakllarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish kerak bo’ladi.
370
Nomoddiy
aktivlarni
kirimga
olish
uchun
quyidagi
hujjatlardan
foydalaniladi:
1. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-toshirish dalolatnomasi. Nomoddiy
aktivlar qaysi manba hisobidan qabul qilinmasin (xarid qilish, ustav kapitaliga
qo’shish, boshqa aktivlarga almashtirish, grant yoki subsidiya ko’rinishida olish,
korxonaning o’zida shakllantirish va boshqalar), ular shartnomalarga muvofiq
«Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi»
rasmiylashtirilishi
lozim. Dalolatnoma nomoddiy aktivni qabul qiluvchi guruh hay’ati tomonidan har
bir ob’yekt uchun bir nusxada tuziladi. Shuningdek, bir turdagi nomoddiy aktivlar
uchun oldin tuzilgan dastlabki dalolatnomalar umumlashtirilib «Umumiy
dalolatnoma» tuziladi. Masalan, sanoat namunasiga bo’lgan bir necha xil ishlab
chiqarish huquqiga egalik qiluvchi patentlar yoki turli xil o’lchamdagi bir nechta
yer maydonlaridan foydalanish huquqlari uchun ruhsatnoma (litsenziya) lar
bo’lishi mumkin. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish dalolatnomasi tuzilib so’ng
buxgalteriyaga topshiriladi. Dalolatnoma bilan birga ob’yektlarning boshqa
hujjatlari ham taqdim etiladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim nomoddiy aktivlar
ob’yektlari bo’yicha dalolatnomani to’ldirish aktivning o’ziga xos xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatida belgilanadi.
2. Nomoddiy aktivlarni tugatilishi (hisobdan chiqarish) dalolatnomasi.
Dalolatnoma nomoddiy aktivlar ob’yektlarini hisobdan chiqarish paytida xo’jalik
yurituvchi sub’yekt rahbari tayinlangan hay’at tomonidan ikki nusxada tuziladi.
Ushbu dalolatnomaning birinchi nusxasi buxgalteriyaga,
ikkinchi nusxasi esa
javobgar shaxsga beriladi. Dalolatnomada nomoddiy aktivlarning nomi, sanasi,
inventar
(arxiv
raqami),
hisobdan
chiqarish
sababi,
balans
qiymati,
amortizatsiyaning yillik me’yori, amortizatsiya summalari aks ettiriladi. Tomonlar
o’rtasidagi patent, litsenziya olishga tuzilgan shartnoma shartlari bajarilib, sanoat
namunasi huquqi bo’yicha patent yoki tabiiy resurslardan foydalanish huquqlariga
bo’lgan guvohnomalar o’z kuchini yo’qotganda korxonada nomoddiy aktivlarni
tugatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish
371
komissiya a’zolarining xulosalariga asoslanib, hisobdan chiqariladi va yakuniy
moliyaviy natija aniqlanadi.
3. Nomoddiy ob’yektlarga amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi.
Korxonalarida nomoddiy aktivlardan foydalanish jarayonida ular o’zining
dastlabki qiymatini yo’qotib boradi. Ushbu aktivlar
buxgalteriya hisobi milliy
standart qoidalariga asosan nomoddiy aktivda mujassamlashgan iste’mol
xususiyatlari sarflanganda, balans qiymati tegishli summaga kamayib boradi. Bu
esa nomoddiy aktivlarning butun foydali hizmat qilish muddatlari davomida qoldiq
qiymati chegirilgan holda, dastlabki qiymatini xarajatga muntazam o’tkazish
hisobiga amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanganda
belgilangan me’yorlarga asosan «Nomoddiy aktivlariga amortizatsiyani hisoblash
qaydnomasi» tuziladi.
4. Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish jarayonida qo’llanganishi bo’yicha
korxona rahbarining buyrug’i;
5. Nomoddiy aktivlar ob’yektlaridan foydalanish muddatlari to’g’risidagi
bayonnoma;
6. Nomoddiy aktivning maxfiyligi to’g’risidagi korxona rahbarining
buyrug’i.
Sanoat namunasi bo’yicha olgan patent yoki guvohnomalar maxsus hujjatlar
bilan rasmiylashtiriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’yekt biror bir huquqni sotib olgan
taqdirda ular ana shu mualliflik huquqlarini sotgan
huquqiy va jismoniy shaxs
bilan tuzilgan shartnoma asosda hisobda qayd etiladi.