§2. Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari




Download 373,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana13.05.2024
Hajmi373,41 Kb.
#228447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
7 BOB NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI

§2. Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari 
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi yer, bino, jixozlar kabi moddiy 
aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan aynan bir xil tamoyillarni o’z ichiga oladi. 
Quyidagilar nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy 
qoidalari bo’lib hisoblanadi: 
1. Xarid qilish, vaqtidagi tannarx qoidasi; 
2. Ko’rilgan zararlar va mazkur xarajatlarning qilinishi natijasida olinadigan 
daromadning bir vaqtning o’zida aks ettirilishini talab qiluvchi foydalanish 
davridagi muvofiqlik qoidasi; 
3. Hisobdan chiqarish vaqtida, yag’ni chiqib ketishlardan ko’rilgan foyda 
yoki zarar hisobdan chiqarish vaqtida aktivning olingan to’lov va balans qiymati 
o’rtasidagi farqqa teng deb tan olinganidagi daromadni tan olish qoidasi. 
Nomoddiy aktivning bahosi amal qilish muddati mobaynida yoki muvofiqlik 
qoidasiga binoan nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati 
mobaynida muntazam ravishda hisobdan chiqarib borilishi lozim. Mazkur jarayon 
nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qilinishi deb ataladi. 
Buxgalteriya Hisobining 7-son Milliy Standartining 39-bandida nomoddiy 
aktivlarning amortizatsiya qilinadigan qiymatini quyidagi muddatlari belgilangan: 
1. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning faoliyat ko’rsatish muddati doirasida
nomoddiy aktivning foydali xizmat ko’rsatish muddati mobaynida; 
2. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning faoliyat muddati doirasida, nomoddiy 
aktivning foydali foydalanish muddatlarini aniqlash imkoni bo’lmaganda 5 yil 
muddatda. 
Nomoddiy aktivning iqtisodiy xizmat ko’rsatish muddatini aniqlashda 
quyidagi omillar hisobga olinishi lozim: 
1. Xizmat ko’rsatishning eng ko’p muddatini cheklashi mumkin bo’lgan 
yuridik, tartibga soluvchi va shartnoma qoidalari; 
2. Mo’ljal qilinayotgan xizmat qilish muddatini o’zgartirishi mumkin 
bo’lgan yangilash yoki muddatni uzaytirishga oid shartlar


368 
3. Xizmat qilish muddatini kamaytirish mumkin bo’lgan eskirish, talab va 
boshqa xil iqtisodiy omillar; 
4. Kutilayotgan ish muddati yoki xodimlar guruhiga muvofiq kelishi 
mumkin bo’lgan xizmat qilish muddati; 
5. Nomoddiy aktivning mavjud raqobatbardoshligini cheklashga qodir 
raqobatchilar va boshqa sub’yektlarning kutilayotgan hatti-harakatlari; 
6. Turli xizmat ko’rsatish muddatlaridagi ko’pgina alohida aktivlarning asosi 
bo’lishi mumkin bo’lgan nomoddiy aktiv. 
Nomodiy aktivlar buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni bajarishni 
ta’minlashi lozim: 
1. Nomoddiy aktivlarni o’z vaqtida xolisona baholash
2. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish va hisobdan chiqarishni o’z vaqtida 
hujjatlashtirish; 
3. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish va hisobdan chiqarishni sintetik va 
analitik hisobini to’g’ri va o’z vaqtida tashkil qilish
4. Nomoddiy aktivlar amortizatsiya hisobini to’g’ri tuzish; 

Download 373,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 373,41 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§2. Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari

Download 373,41 Kb.
Pdf ko'rish