|
7-bob. Nomoddiy aktivlar hisobi mavzu bo’yicha atamalarBog'liq 7 BOB NOMODDIY AKTIVLAR HISOBIGudvill (firma bahosi)-
noaniq nomoddiy aktiv.
Gudvil eng ko’p tarqalgan
va muxim noma’lum nomoddiy aktiv hisoblanadi. Gudvil-firmaning ijobiy
tavsiflaridan kelib chiqadigan qiymat bo’lib, firmaning aniq aktivlaridan
kutilayotgan daromadlarning qo’shimcha ravishda kupaytirishga xizmat qiladi.
Baholash tamoyiliga asosan nomoddiy aktivlar sotib olish vakda sotib olish
qiymatida aks ettirilishi lozim. Sotib olish qiymati aktivni sotib olish jarayonida
amalga oshirilgan barcha xarajatlarni o’z ichiga oladi. Jumladan: sotib olish
bahosi, tashish bo’yicha xarajatlar, huquqiy xarajatlar va sotib olish bilan bog’liq
bo’lgan boshqa xarajatlar. Sotib olish qiymati-jami to’lovlarning yoki olingan
aktivlarning joriy bozor qiymatidir (qaysi biri aniqroq hisoblanishi mumkin
bo’lsa).
Agar nomoddiy aktiv to’la yoki qisman barter asosida pul olinmasdan xarid
kilingan bo’lsa, uning jami qiymati pul vositasida tulangan summa va pulsiz
to’lovning joriy bozor narxidan iborat bo’ladi. Agar bu narxni aniq belgilash
imkoni bo’lmasa, sotib olingan nomoddiy aktiv bozor narxlari asosida aniklanadi.
Agar nomoddiy aktivlar xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan yuzaga
keltirilayotgan va unga ketayotgan xarajatlarni hisoblash mumkin bo’lsa, unda
nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi bo’yicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivning
qiymatini aniqlash mumkin bo’lmasa, u alohida tarzda aktiv sifatida
ko’rsatilmaydi.
Nomoddiy aktiv dastlabki qiymatda tan olingandan keyin balansda eskirish
summasi ayirilgan holda aks ettiriladi. Qayta baholash hisobiga nomoddiy
aktivning balans qiymatini ortishi yuz bersa, ortgan summa «Rezerv kapitali»
schyotining kreditida, kamayish yuz bergan taqdirda esa avvalgi qayta baholashdan
farq qilgan summa xarajat sifatida aks ettiriladi.
|
| |