Biznes rejasining qisqacha tavsifi va tahlili
Tuzilgan biznes rejaning titul varag‘ida Reja sarlavhasi, Tayyorlash muddati, Kim tomonidan tayyorlangani, firmaning tuliq nomi va manzili, tadbirkorning ism familiyasi hamda reja kim uchun tayyorlanganligi aniq kursatilgan.
Mundarija titul varag‘i va rezyumedan keyin asosiy uqiladigan qism. Mundarijada mayda-chuyda tavsilotlar mavjud emas sarlavha va bet raqamlari kursatilgan.
Mahfiyligini ta’minlash memorandumi bulimida – mahfiyligini ta’minlash buyicha ma’lumotlar tuliq kiritilgan.
Qisqa xulosa yoki rezyume bulimida – Tadbirkorning Ism familiyasi, yuridik manzili va ruyxatdan utganligi, bank rekvizitlari, faoliyat to‘ri, so‘rov darajasi, moliyalashtirish manbalari, kelajakdagi yutuqlari omillari va asosiy harakat yutuqlari qisqacha yoritilgan.
Mahsulotning aniq tarifi va uning qullash usullari, xususiyatlari potensial xaridorlar talablari, davriyligi aniq va ravshan qilib kursatilgan. Sut va sut mahsulotlarini qullash tendensiyasi ya’ne vaqt utishi bilan uning iste’moli oshib borishi va yangi imkoniyatlar mavjudligini kursatib utilgan.
Tadbirkor maxsulotning raqobatchilar modeli bilan qiyoslaganda noyoblikka egaligi, tovarning himoya darajasi qandayligi ya’ne mualliflik huquqligiga tovar sertifikatiga egaligigi kursatilmagan.
Tadbirkor firmaning o‘sishiga yunaltirilganini kursatilan ya’ne savdo umumiy hajmini kupatirish, firma ulishini mavjud bozorlarda hajmlarini oshirish, mahsulot sifatini oshishi, sof daromadni o‘sishi.
Biznesni ifodalash bulimida tadbirkor tuliq bulinmalardan foydalinib aniq qilib kursatib utilgan.
Ishlab chiqarish jarayoning ta’rifi – Bu bulimda tadbirkor texnik jarayonlaridan iloji boricha kamroq foydalanilgan.Tadbirkor korxonaning bir kunlik ishlab chiqarish quvvati va shunga talab borligi, Ishlab chiqarishning asosiy komponentlari bayon etilgan. Ishlab chiqarish va texnologiyalarning asosiy metodlari qanday bulishi, mahsulot ishlab chiqarish buyicha operatsiyalar jarayoni, shu operatsiyalarda ustuvorlikka erishishi, sut ishlab chiqarish buyicha qanday xom-ashyo va materiallar zarurligi, ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qanday kuchlar zarurligi va korxonada ushbu kuchlar mavjudligi, sifat nazorati qanday amalga oshirishi, zarur asbob uskunalar ruyxatlari kursatilgan hamda ishlab chiqarishni yuritish uchun bugun va ertaga zarur bulgan ish kuchi qanday bulishi inobatga olingan. Tadbirkor salbiy omillarini (zaif joylarini) korxona qaysi holatlarda bankrotga uchramasligini sxema orqali kursatilgan.
Ishlab chiqarish bulimida tadbirkor mahsulot sifatini qay darajada yaxshilashga kamroq qaratilgan va ishchi xodimlarning malakasini oshirish rejasi kursatilmagan.
Marketing rejasi – Muvaffaqiyat qozonish uchun korxona uz mahsulotiga bozor yaratish kerak, tadbirkor biznes rejada korxona marketing faoliyati strategiyasini asosiy maqsad va vazifalarini tushinib yoritilgan. Korxona mo‘ljallagan bozor tarmog‘idagi asosiy talablarini, ushbu bozorning asosiy segmentlari ya’ne daromad darajasi, demografik belgilari, o‘zini tutish holati buyicha xaridorlar guruhi qandayligi kursatilgan.
Korxona mavjud bozorning segmentida qanday o‘ringa da’vogar bo‘lishi mumkinligi, bozorda o‘z o‘rnini aniqlagach boshqa korxona raqiblarini siqib chiqarishni rejada aniq qilib berilgan.
Korxona mahsulotlariga narx urnatishda asosiy metodika qanday bulishi, quyilgan narx korxona uchun qanday sof foyda keltirishi, mahsulot tarqatishning qanaqa kanallari borligi, vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlarini yetkazib berilishi,mahsulotlarni reklama qilishda qaysi yunalishlarda ish olib borishi u yoki bu vositachilarni tanlash nima bilan asoslanganligi kursatilgan xulosa qilib aytganda korxona marketing elementlardan qay birini nazarda tutib ish olib bormog‘i kerakligini tushinib anglab rejada kursatilgan.
Marketing bulimida hamma bulinmalaridan tug‘ri foydalangan ammo o‘z mahsulot sotuvini rag‘batlantirish uchun korxona qanday choralar va usullarni qay birini qullashini rejada kursatilmagan.
Xodimlar bulimi – Tadbirkor bu bulimda asosiy mutaxasislar va rahbariy tarkibini tashkillash, korxonaning tashkiliy tuzilishi va loyihaning amalga oshirish muddati, rahbariyat tarkibini asoslash usullari yoritilgan.
Rejada korxonani asosiy qatnashchilarini qisqacha tanishtirilgan ya’ne tadbirkor, uning hamkorlari, dirktor, direktorlar kengashi a’zolari, asosiy vazifalarni bajaruvchi xodimlar va ishchilar, ichki aloqalarni ko‘rsatuvchi korxonaning tashkiliy sxemasi keltirilgan, shtadlar jadvali va ish haqi xarajatlari jadvalda kursatilgan, korxona doirasida javobgarlik va mas’uliyatlarni kursatib utilgan.
Xodimlar bo‘limida hamma bulinmalardan foydalanib reja tuzgan.
Moliyaviy rejaning maqsadi – Ishni bajarish va uni amalga oshirish uchun talab qilinadigon moliyaviy resurslarni ya’ne rejalashtirilgan manbalar va moliyalashtirish sxemasi, kreditni qaytarish jadvali, sarf-xarajatlarning tuliq sxemasi kursatilgan.
Rejada pul manbalarining harakati haqidagi hisobot, foyda va kamomad haqidagi hisobot, loyihaning samaradorligi kursatkichi ya’ne ichki foyda normasi, o‘zini qoplash muddati, rentabillik me’yori, zararsizlik nuqtalari kiritilgan.
Tadbirkor bu bulimda jadval va sxemalar orqali shularni aniq qilib kursatilgan.
Asosiy davr
Kirimlar hisobi
Kredit bilan bog‘lik hisoblar
Soliq to‘lovlari
Sotuv hajmlarining prognozi
Daromad va xarajatlar hakidagi hisobot
Pul mablag‘lari harakati
Moliyaviy bulimda ishlab chiqaruvchi korxona oldingi yillarning moliyaviy ma’lumotlarini kursatilmagan va bulinmalardan tug‘ri foydalangan.
|