1.Ish jarayonida kimyoviy gazlardan ehtiyot bo‘lish juda muhim. Chunki ayrim kimyoviy moddalar zaharlilik xususiyatiga ega bo‘lsa, ayrimlari allergenlik (allergik kasalliklarini keltirib chiqarish xususiyati), konserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati), mutagenlik (naslga ta’sir etish xususiyati) va teratogenlik (chala yoki mayib-majruh tug‘ilishni yuzaga keltirish xususiyati), fibrogenlik (tanadagi to‘qimalar birikmasining ajralishi) xususiyatlariga egadir. Bunday kimyoviy moddalarga, ayniqsa, og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob), noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi, azot oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil va boshqalar) misol bo‘lishi mumkin. Ushbu kimyoviy moddalar alohida holda ham, aralashma holda ham inson sog‘lig‘i uchun juda xavfli hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan zararli changlar, gazlar, agressiv va zaharli moddalardan himoyalanish birinchi navbatda ish joyi havosi tarkibini o‘rganish va uni REM talablari bo‘yicha muvofiqlashtirishni talab etadi. Buning uchun chang miqdorini aniqlashda aspiratordan, gaz miqdorini aniqlashda UG-2, GX-2 rusumli gaz analizatorlaridan foydalaniladi.
Ish joyi havosi tarkibidagi zaharli gazlar yoki changlar miqdori aniqlangach, bu miqdor ruxsat etilgan miqdor (REM) bilan taqqoslanib ko‘riladi va ish joyini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Ish joylari havosini sog‘lomlashtirishda birinchi navbatda zararli changlar va gazlarning manbalari, ularni yuzaga kelishini kamaytirish уo‘llari, ushbu zararli gaz va changlarni ish joyi zonasiga kirish sabablari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘riladi. Agar ushbu zararli moddalarni yuzaga kelishini oldini olish mumkin bo‘lmasa, u holda ushbu gazlarni ish joyi zonasiga kirish уo‘llari germetiklashtiriladi hamda ish joylariga shamollatish qurilmalari o‘rnatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar yetarli darajada samarali bo‘lmagan hollarda esa shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi yoki ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilib masofadan boshqarish tizimlari tatbiq etiladi.
2. Elektr tokidan himoya qilishning ishonchli va keng tarqalgan vosita-laridan biri elektr qurilmalarini yerga ulash va nollashtirish hisoblanadi. Elektr qurilmalarini yerga ulashda qurilmaning еlеktr toki ta’sirida bo‘lmagan metall qismi, masalan, korpusi, yerga ko‘milgan elektrodlarga ulanadi. Shu sababli yerga ulash tizimi elektrodlar va elektr qurilma bilan elektrodni birlashtiruvchi o‘tkazgichlardan iborat bo‘ladi. Elektr tokidan himoya qilish vositalari asosiy va qo‘shimcha vositalarga bo‘linadi. Asosiy vositalarga 1000 V dan ortiq kuchlanishli elektr moslamalariga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan izolatsiyali shtangalar, tok o‘lchovchi kleshalar, kuchlanishni ko‘rsatuvchi asboblar, himoyalovchi qurilmalar va turli ko‘rinishdagi jihozlar hamda moslamalar kiradi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr moslamalariga xizmat ko‘rsatayotganda esa izolatsiya qilingan dastlabki asboblar: buragichlar, ombir va tishlagichlar, dielektrik qo‘lqoplar hamda izolatsiyalangan kleshalardan foydalaniladi.
Qo‘shimcha vositalarga kuchlanish 1000 V dan ortiq bo‘lganda ishlatiladigan dielektrik etiklar, kalishlar, to‘shamalar va izolatsiyalangan tagliklar kiradi. Bulardan tashqari, elektr tokidan himoya qilish vositalariga belbog‘lar, bog‘ichli kovushlar, muhofaza arqonlari, teleskopli minoralar va narvonlar ham kiradi.
Belbog‘lar 225 kg, kovushlar esa 135 kg yuk bilan 5 daqiqa davomida sinab ko‘rilgach, foydalanishga ruxsat etiladi. Elektr xavfsizligini ta’minlashda ko‘rgazmali belgilar («рlаkаtlar») ham muhim rol o‘ynaydi. Ular asosan to‘rt guruhga bo‘linadi, уa’ni hushyorlikka chaqiruvchi, ruxsat beruvchi, taqiqlovchi va eslatuvchi belgilar.
3.Himoya vositalari texnik, estetik va ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori bo‘lishi, ishlatilishda qulay bo‘lishi kerak. Ular texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos kelishi kerak. Shu ish uchun mo‘ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash ta’qiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati ko‘rsatilgan yo‘riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) vazifalariga qarab quyidagi 11 turlarga bo‘linadi:
Boshni himoya qilish vositalari - kaskalar, shlemlar, shapkalar, berertkalar, shlyapalar, ro’mollar.
Ko‘zni himoya qilish vositalari – himoya ko‘zoynaklari. Eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari - quloqchinlar. Yuzni himoya hilish vositalari –himoya niqoblari.
Nafas a’zolarini himoya qilish vositalari - gazniqoblar, respiratorlar, havoshlemlari, havomaskalari.
Ixotalovchi kostyumlar - pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi kostyumlar va skafandrlar.
Korjomalar - kombinezonlar, yarim kombinezonlar, ko‘rtkalar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar, pustinlar, fartuklar, nimchalar.
Qo‘llarni himoya qilish vositalari - qo‘lkoplar.
Maxsus poyabzallar - yetiklar, kaltayetiklar, botinkalar, kunjli botinkalar, tuflilar, kalish, botilar.
Extiyot moslamalari – extiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo‘l changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va yelkani yextiyot qilish moslamalari.
Himoyalovchi dermotologik vositalar – yuviladigan pastalar, kremlar, moylar.
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o‘z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va ularni vazifalari bo‘yicha ishlatilishi yuzasidan korxona ma’muriyatiga, mehnatni muhofaza qilish muhandisiga qo‘yidagicha vazifalar yuklanadi:
Ishchi va xizmatchilarga ShHVlarni berish bo‘yicha nazorat va hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to‘ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo‘llashni ta’qiqlashni nazorat qilish.
ShHVlarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o‘tkazish, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtrlari, oynalari va bosha qismlarini o‘z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati haqida tamg‘a qo‘yish.
4.Insonning hayotiy-faoliyatida doimiy yoki vaqtincha xavfli omillar yuzaga keladigan joy xavfli zonalar dеb ataladi. Insonga, xavfli omillar bevosita u bilan muloqotda bo‘lish orqali yoki belgilangan masofadan kam masofada yaqinlashilganda ta’sir etishi mumkin. Xavfli zonalar mashinalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlari atrofida, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalarining ishlash vaqtida ko‘tarilgan yuk atrofida yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa, katta tezlikda aylanuvchi yoki harakatlanuvchi mexanizmlar ish kiyimini yoki sochni o‘rab ketishi ehtimoli mavjud joylar xavfli hisoblanadi. Xavfli zonalar o‘lchami doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli xavfli omillardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqishda xavfli zonalar o‘lchamini aniqlash va hisobga olish talab etiladi. Yuqoridagilarga mos holda barcha mashina va mexanizmlarning loyihasiga ularning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarini hisobga olgan holda xavfsizlik talablari o‘rnatiladi. Umumiy holda mashina va mexanizmlar loyihasiga qo‘yilgan xavfsizlik talablariga quyidagilarni kiritish mumkin: mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlariga himoya to‘siqlari o‘rnatilgan bo‘lishi; mexanizm yoki detallar yuzalari o‘tkir qirrali, notekis bo‘lmasligi (texnologik jarayon talabi bo‘yicha tayyorlangan detallar bundan mustasno); mashinaning o‘lchamlari xavfsiz va qulay transport holatini ta’minlashi; boshqarish azolari qulay bo‘lishi; kabinalarda ishchi uchun qulay va komfort sharoit bo‘lishi; tegishli yoritilganlik jihozlari bilan ta’minlanishi; tegishli nazorat asboblari, ishonchli tormoz qurilmalari, signalizatsiya tizimi bo‘lishi. Shuningdek, mashina va mexanizmlarning ayrim mexanizmlariga ham alohida texnik talablar o‘rnatiladi.
5.Qon ketish 2 xil turga bo‘linadi Ichki va Tashqi qon ketish. Tashqi qon ketganda jarohatlanib yaralangan joyni ifloslanishi, yarani suv bilan yuvish, maz surtish, yaradan qonning qotganlarini olib tashlash hamda unga tuproq va qum qo‘yish mumkin emas. Birinchi yordam ko‘rsatuvchi shaxs dastlab qo‘1ni tozalab yuvishi yoki barmoqlarini yod bilan artishi kerak. Yaraga material qo‘yishda unga dastlab yod tomizish lozim. Yaraga qo‘yiladigan materialdagi yod o‘rni yaradan katta bo‘lishi kerak. Yarani bog‘lashdan oldin uning atrofini tozalash va yara atrofiga yod surtish zarur. Qon ketishni bog‘lab to‘xtatish mumkin. Agar qon kuchli ketsa, qon oqayotgan joyni ta’minlovchi tomirlarni jgut (maxsus bog‘ich yoki tasma) bi1an bog‘lash lozim. Jgut bog‘langan joyda puls urishi mavjud bo‘isa, u noto‘g‘ri bog‘langan hisoblanadi. Bunday holda jgutni yechib olib, qaytadan qattiqroq qilib bog‘lash kerak. Jgut bog‘lashdan oldin bog‘lanadigan joy yumshoq materiallar bilan o‘ralishi lozim. Bog‘langan jgut 2 soatdan ortiq turmasligi zarur. Jgut bog‘langandan so‘ng 1 soat o‘tgach, uni 10–15 minut sekin bo‘shatish kerak. Bunday holda yaraga qon keladigan arteriya qon tomirini barmoq bilan bosib turish lozim. Ichki qon ketish juda xavfli hisoblanadi. Uning belgilari: pulsning sekinlashuvi, kamdarmonlik, bosh aylanishi, rang oqarishi, kuchli suvsash, hushsiz bo‘lib qolish. Bunda dastlab, jarohatlangan kishiga to‘liq tinchlik berish va jarohatlangan joyga sovuqlik qo‘yish kerak. Suv berish mumkin emas. Agar burundan kuchli qon ketsa, boshni sekin orqaga o‘girib qansharga sovuq bosish va burunga vodorod peroksidning 3% li eritmasida namlangan paxta yoki marli tiqish lozim.
|