|
9-lab. Kimyoviy reaksiyaning tezligiga katalizatorning ta’siri
|
bet | 1/2 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 17,83 Kb. | | #146308 |
Bog'liq 9-lab
9-lab. Kimyoviy reaksiyaning tezligiga katalizatorning ta’siri
Kimyoviy jarayon tezligini o’zgartiruvchi moddalarga katalizatorlar deyiladi. Katalizatorlar qattiq, suyuq yoki gaz moddalar bo’lishi mumkin, ularning tarkibi va miqdori reaksiyaning oxirida o’zgarmaydi.
Kimyoviy reaksiyaning tezligi katalizator ishtirokida o’zgarishi kataliz deyiladi. Katalizator bilan reaksiyaga kiruvchi moddalar bir yoki turli fazalarda bo’lishiga qarab gomogen yoki geterogen katalizga bo’linadi. Geterogen katalizda ajratuvchi yuza bo’ladi. Katalizator kolloid holatda bo’lgandagi kataliz mikrogeterogen deyiladi. Bunday turdagi katalizga katalizatori fermentlar bo’lgan biokatalitik jarayonlar kiradi. Reaksiya tezlatuvchi moddalar bilan bir qatorda ulami sekinlashtiruvchi moddalar ham qo’llaniladi. Bunday moddalar ingibitorlar deb ataladi.
Gomogen kataliz. 1. Ikkita probirkaga indigokarmin eritmasidan soling va biriga ikki tomchi FeC eritmasidan quying. Ikkala probirkada indigokarminning rangsizlanish vaqtini yozib oling. Bajargan ishingizni izohlab bering.
2. Ikkita probirkaning har biriga 3 ml dan KCNS eritmasi va uch tomchidan FeCl3 eritmasidan quying. Bu probirkalarning biriga katalizator sifatida mis (II) sulfat eritmasidan ikki tomchi qo’shing. So’ngra ikkala probirkaga Na2S2O3 eritmasidan 3 ml dan soling. Har ikkala probirkada rangsizlanish qancha vaqt o’tganidan keyin kuzatilishini taqqoslab ko’ring. Natriy tiosulfat temir (III) rodanidni temir (II) rodanidga qadar qaytaradi, o’zi esa Na2S2O3 ga o’tadi; reaksiya tenglamasini yozing.
3. Ikkita probirkaga HNO3 eritmasidan 3 ml dan, Mn(N03)2 ning 2% li eritmasidan 2 tomchi soling. Probirkalarning biriga katalizator sifatida ikki tomchi kuimish nitrat AgNO3 eritmasi quying. So’ngra har ikkala probirkaga ammoniy persulfat (NH4)2S2O5 ning 30% li eritmasidan 5 ml dan soling. Ikkala probirkani suv solingan stakanga tushurib qo’ying. Stakandagi suvni qaynaguncha qizdiring. Probirkalarning qaysi birida avvalroq qizil rang paydo bo’lishini kuzating.
2Mn(NO3)2 + 5(NH4)S2O8 + 8H2O ↔ 2HMnO4 + 10NH4HSO4 + 4HNO3
4. 0,5g quruq NH4NO3 ni probirkada qizdirib suyuqlantiring. So’ng suyuq holatdagi ammoniy nitrat ustiga FeCl3 kristali tashlang. FeCl3 ning suyuqlantirilgan NH4NO3 da erishini va bu vaqtda ammoniy nitratning parchalanib ketishini kuzatasiz. Reaksiya tenglamasi quyidagidan iborat:
2NH4NO3 ↔ N2 + 4H2O + O2
Shu tajribani katalizator (K2Cr2O7) ishtirokida takrorlang va tegishli xulosalar chiqaring. Geterogen kataliz
Vodorod peroksid H2O2 eritmasidan 2 ml olib, unga ozgina MnO2 qo’shing. Vodorod peroksidning shiddatli parchalanganini kuzatasiz. Shu tajribani MnO2 o’miga PbO2 olib ham takrorlang. Manfiy kataliz (tajriba mo’rili shkafda bajariladi) Kichikroq kolbaga 15 ml distillangan suv solib,unga 2-3 minut oltingugurt (IV) oksid (SO2) gazi yuboring. Hosil qilingan sulfit kislota (H2SO3) eritmasini ikki probirkaga 5 ml dan quying. Probirkaning biriga bir necha tomchi glitserin qo’shing. Ikkala probirkani 60°C ga qadar isitilgan suvli stakanga botiring. Probirkalar orqali 37 baravar hajmda (30-40 pufakcha) kislorod o’tkazing (kislorodni gazomctrdan yuborish kerak). So’ngra ikkala probirkaga baravar miqdorda bariy xlorid eritmasi soling (bariy xlorid eritmasiga bir necha tomchi HNO3 qo’shilgan bo’lishi kerak). Glitserin qo’shilgan probirkada kam miqdorda loyqa paydo bo’lganini kuzatasiz. Bajarilgan tajribada sodir bo’lgan reaksiyalar tenglamalarini yozib bering.
|
| |