|
9-lab. Kimyoviy reaksiyaning tezligiga katalizatorning ta’siri
|
bet | 2/2 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 17,83 Kb. | | #146308 |
Bog'liq 9-labAvtokataliz.
Konus shaklidagi kolbaga 10 ml oksalat kislotaning (H2C2O4) 5% li eritmasidmi solib, uning ustiga H2SO4 ning 0,1 n eritmasidan 5 ml qo’shing. So’ngra bu eritmagu byuretkadagi KMnO4 eritmasidan 1 ml soling. KMnO4 eritmasi ancha uzoq vaqtdan keyin rangsizlanadi (rangsizlangan vaqtni sekundlar hisobida yozib oling). So’ngra yana 1 ml KMnO4 eritmasini qo’shing. U ancha tez rangsizlanadi, yana 1 ml qo’shsangiz, u yanada tez rangsizlanadi va hokazo. Buning sababi shundaki, bu tajribada sodir bo’ladigan:
5H2C2O4 + 2KMnO4 + 3H2SO4 <=> 10CO2 + K2SO4 + 2MnSO4 + 8H2O
Reaksiyada hosil bo’ladigan Mn2+ ionlari katalizatorlik vazifasini bajaradi. Bunga ishonch hosil qilish maqsadida probirkaga avval MnSO4 eritmasi solib, yuqoridagi reaksiyani amalga oshiring. Bu yerda ham avtokataliz ro’y beradimi? Kimyoviy reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatining ta’siri Reaksiyani o’tkazish uchun shtativda bir uchi suvli kristallizatorga tushirilgan gaz o’tkazuvchi nay bilan ulangan probirkani tik holatda o’mating. Ikkinchi suv bilan to’ldirilgan probirkani to’nkarib suvli kristallizatorga tushiring. Gaz o’tkazuvchi nay bilan ulangan probirkani 2/3 hajmigacha 0,1 n sirka kislotasi bilan to’ldiring va unga suvda yuvilgan va filtr qog’oz bilan quritilgan 2-3 dona rux bo’lakchalaridan tashlang. Probirkani gaz o’tkazuvchi nay bilan berkiting. Gaz o’tkazuvchi nayning ikkinchi uchini suvli probirkaga kiriting (probirkaga havo kirmasligini va undan suv to’kilmasligini nazorat qiling). Sekundomer yordamida probirkani gaz bilan to’lish vaqtini aniqlang. Tajriba tugagandan so’ng probirkadan sirka kislotasirii to’king, ruxni yuving va filtr qog’ozi bilan quriting. Tajribani yuqoridagi usulda 0,ln HC1 eritmasi bilan qaytaring. 38 Bir xil konsentratsiyadagi xlorid va sirka kislotalaring rux bilan reaksiyaga kirishish tezligini solishtiring va kuzatilgan hodisalami tushuntiring.
|
| |