Korxonalarda strategik boshqaruv tizimi
Nodir Gʻiyosaliyevich Xidirov
Mohinur Umar qizi Turdiyeva
Laylo Nuraliyevna Umarova
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada korxonalarning strategik boshqaruvini
takomillashtirish, unga ta’sir qiluvchi omillar, korxonalarning raqobatbardoshligini
oshirish
yoʻllari
hamda
boshqaruvning
tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini
takomillashtirish masalalari yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar:
strategik boshqaruv, korxona faoliyati, raqobatbardoshlik, trend,
boshqaruvni takomillashtirish, ichki va tashqi omillar, innovatsiya, integral
koʻrsatkich, strategiya, baholash, korxona barqarorligi
Strategic management system in enterprises
Nodir Giyosalievich Khidirov
Mokhinur Umar kizi Turdieva
Layla Nuralievna Umarova
Tashkent Institute of Finance
Abstract:
This article examines the effectiveness of strategic management of
enterprises, the factors affecting it, methods for increasing the competitiveness of
enterprises and the issues of improving the organizational and economic management
mechanism.
Keywords:
strategic management, enterprise activity, innovation, integration
indicators, strategy, estimation, sustainability of enterprise
KIRISH
Hozirgi kunda har bir sohani togʻri boshqarishda strategik menejmentning
ahamiyati katta. Uning asosiy vazifalaridan biri korxonani rivojlantirish strategiyasini
amalga oshirishdir. Korxonada byudjet tizimini ishlab chiqish uchun kompaniya
ichidagi rejalarni ya’ni strategik reja, oʻrta muddatli va taktik rejalarni amalga oshirishi
kerak. Hozirda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning dolzarbligi ortib
bormoqda. Albatta, bu jarayon ularning vakolatini kengayishi hamda korxonaning
iqtisodiy ahvoli uchun javobgarlikning oshganligi bilan bogʻliqdir. Shuni alohida
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
December 2023 / Volume 4 Issue 12
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
670
ta’kidlash kerakki, 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va
isloh qilish strategiyasi davlat tomonidan dolzarb masalalardan etib belgilangan [1].
Strategiya ilgʻor xorijiy tajribani, shu jumladan, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkilotining davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv boʻyicha
tamoyillarini hisobga olgan holda, davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va
davlat unitar korxonalarini boshqarish va isloh qilishning maqsadlari, vazifalari va
ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar
samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababdan korxonalarga
eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi muhim
vazifalardan biri sanaladi.
Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga
bogʻliq boʻladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi boʻlmasa u yoki bu
xatoliklar bilan ishlab chiqilgan boʻlsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va
mustahkam oʻrin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot
strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo koʻpgina
strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning oʻzgaruvchan shart-sharoitlariga
moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari
ham oʻz yеchimini topmaganligini koʻrsatadi, bunday hol, birinchi navbatda, korxona
rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq.
ADABIYOTLAR SHARHI
Korxonalarning strategik boshqaruvini rivojlantirish boʻyicha juda koʻplab
xorijiy hamda mahalliy olimlar oʻz ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Jumladan, xorij
olimlaridan R.S.Kaplan, D.P.Norton asarlarida strategik boshqaruv tizimida
korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari
keng koʻrib chqilgan [3]. Ushbu olimlarning asosiy qarashlari strategik boshqaruv
tizimini korxona va tashkilot uchun asosiy xususiyatlarini, uning samaradorlik
koʻrsatkichini baholashga qaratilgan.
I.Ansoffning qarashlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini
oʻrganish va ularga ta’sir qiluvchi omillarni baholash muhim oʻrin tutadi [2]. Uning
e’tiborida korxona doim risk bilan ishlashi, uning uzoq muddatli faoliyati uchun
prognozlar tuzish, ekstropflyatsiya usulini qoʻllash zarur.
M.Porter qarashlarida kompaniyalarning rivojlanishida innovatsiyalarning oʻrni,
ularni qoʻllash xususiyatlari, kompaniyaning barqaror rivojlantirilishiga faqat
innovatsiyalarni doimiy ravishda joriy etish hamda kompaniyalarning raqobat
ustunligiga erishishlarida innovatsiyaning ta’sir masalalari tadqiq etilgan [4].
Mahalliy olimlardan, R.S.Muratov, I.A.Djalolova, S.Sh.Oripov qarashlarida esa
korxona alohida obyekt sifatida qaralib, uning mazmun va mohiyati, unga qoʻyiladigan
talablar, koʻrsatkichlar tizimi, moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi masalalari
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
December 2023 / Volume 4 Issue 12
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
671
atroflicha yoritib berilgan [5]. Korxonalar boshqaruvi va ularga qoʻyiladigan talablar,
tamoyillar, boshqaruv shakllari baholab berilgan.
I.O.Ulashev, Sh.A.Atamuradovlarning ilmiy qarashlarida korxonalar faoliyatini
boshqarish mexanizmi muammolari, ularni yеchish boʻyicha takliflar, boshqaruv
usullari, boshqaruvda optimal variantni tanlash, boshqaruv samaradorligini baholash
kabi masalalar yoritib berilgan [6].
G.Sh.Xonkeldiyeva ilmiy izlanishlarida korporatsiyalarni boshqarish, tashkiliy–
iqtisodiy koʻrsatkichlarini baholash, ragʻbatlantirish va samaradorligini oshirish
yoʻnalishlari yoritilgan [8]. Xalqaro tajribalar dan kelib chiqib, korporativ boshqaruvni
zamonaviy usullaridan foydalanish yoʻllari, milliy tuzilmalarni shakllantirish, iqtisodiy
koʻrsatkichlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
R.R.Abduraupov qarashlarida Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar
iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy
yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilgan [9].
Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olib borilgan ilmiy-nazariy
izlanishlarga qaramasdan, aynan bugungi globallashuv va demokratik bozor islohotlari
sharoitida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va
iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashga qaratilgan
masalalar tizimli holda yoritib berilmaganligi
korxonalarda strategik boshqaruv
tizimidagi muammolarni tadqiq etish zaruriyatini yaratadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Korxonalardagi strategik boshqaruv tizimini koʻrib chiqishimiz uchun
avvalambor biz strategik reja haqida tushunchaga ega boʻlishimiz kerak. Strategik reja,
bu tashkilotning maqsadli xulq-atvori konseptsiyasini amalga oshirish, shuningdek,
uning strategik majmuasini amalga
oshirish vositasi hisoblanadi.
Strategik reja
murakkab ichki tuzilishga ega boʻlib, korxona faoliyatining koʻp maqsadli xususiyatini
aks ettiradi va reja va dasturlar tizimini shakllantirishni taqozo etadi. Oʻz tarkibida
strategik reja rasmiylashtirilgan rejalashtirish hujjati boʻlib, u alohida rejalashtirish
vazifalarida koʻrsatilgan korxonaning strategik majmuasini ifodalaydi
[9].
Strategik
rejaning zarur tarkibiy qismlari yordamchi rejalar, dasturlar, smetalar, byudjetlardir.
Strategik rejalar va dasturlarni amalga oshirish vositalari joriy va operatsion rejalardir.
Oʻrta muddatli rejalashtirish tizimi strategik maqsadlarga erishish ketma-ketligini
(strategik rejalarni amalga oshirish bosqichlari), bozor konyunkturasining rivojlanish
istiqbollarini, iste’mol talabining prognoz qilinayotgan dinamikasini va mavjud resurs
salohiyatini hisobga olgan holda belgilashni ta’minlaydi.
Strategiyaning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish tizimini
isloh qilish, raqobatbardosh bozor sharoitida ularning faoliyatini takomillashtirish va
tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan har bir korxonaga qoʻyilgan maqsad va
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
December 2023 / Volume 4 Issue 12
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
672
vazifalarni bajarishda ularning samaradorligini oshirishdan iborat. Maqsadga erishish
uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-
iqtisodiy oʻsish uchun barqaror shart-sharoitlarni ta’minlash manfaatlarini
koʻzlagan
holda,
davlat
ishtirokidagi
korxonalar
tarkibi
va
tuzilmasini
optimallashtirish;
-
korxonalarning (ulardagi ulushlarning) davlat mulkida boʻlishi yoki
saqlanishining mezonlarini (asoslarini) belgilash;
-
davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan maqsadlarni belgilash boʻyicha
talablarni oʻrnatish;
-
davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shu
jumladan, boshqaruvning uzoq va qisqa muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilash
hisobidan ularning raqobatbardoshligi hamda investitsion jozibadorligini, korporativ
boshqaruv darajasi va axborot shaffofligini oshirish.
Strategiya aniqlik, shaffoflik, manfaatlar muvozanatini ta’minlash, nazoratning
uzluksizligi va loyihaviy yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Aniqlik tamoyili har bir
davlat ishtirokidagi korxonaga nisbatan maqsadni shakllantirish va belgilashni, unga
erishish usullarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibini, hisobotni va boshqa
boshqaruv mexanizmlarini tavsiflaydi. Shaffoflik tamoyili davlat ishtirokidagi
korxonalar va ularda davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis)
funksiyasini amalga oshirayotgan davlat organlari haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi,
mavjudligi va oshkoraligini, korxonalar haqidagi ma’lumotlarni aniqlash va hisobini
yuritishni, shu jumladan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amalga oshirish
orqali ta’minlaydi.
Korxonaning faoliyati maqsadlarini roʻyobga chiqarishga oʻz mahsuloti, ishlari
va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat
jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki
egasining manfaatlarini ta’minlash yoʻli bilan erishiladi. Korxona toʻgʻrisida
tushuncha hosil qilish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, huquqiy
shaxs huquqiga ega boʻlgan, mulkchilik huquqi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi
boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab
chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan,
xizmat koʻrsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng
huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz faoliyatini roʻyobga
chiqaradigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona oʻzining faoliyati davomida davlat,
fuqarolar va yuridik shaxslar bilan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarda
boʻladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida oʻzining katta hissasini
qoʻshadi.
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
December 2023 / Volume 4 Issue 12
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
673
Hozirgi paytda korxonani rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni uzluksiz
ravishda joriy etilishi bilangina erishish mumkin. M.Porter kompaniyalarning raqobatli
ustunlikka erishishlarida innovatsiyaning rolini quyidagicha aniqlagan: “....kompaniya
raqobatdagi ustunlikni innovatsiyalar vositasida qoʻlga kiritadi. Ular yangi kiritilgan
tartib-qoidalarga ham yangi texnologiyalardan, ham yangi ish usullaridan keng
ma’noda foydalangan holda yondashadilar. Kompaniya yangiliklar tufayli raqobatdagi
ustunliklarga erishganidan keyin, bu ustunliklarni faqat muntazam ravishda
yaxshilashlar yordamida qoʻlda tutib turishi mumkin. Raqobatchilar innovatsiyalarni
takomillashtirish va joriy etishdan toʻxtagan har qanday kompaniyani darhol va albatta
chetlab oʻtib ketadilar” [5].
Korxonaning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchilar uchun raqobatchilarning
tovarlariga nisbatan koʻproq oʻziga tortuvchan boʻlgan tovarlar ishlab chiqarish va
sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish –ishlab chiqarishni
ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun moʻljallangan zarur shartidir.
Raqobat muhitining holati haqidagi xulosalar, korxonaning innovatsion siyosatini
ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Mohiyatan, raqobatchilar ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan
boʻladi va shuning uchun, korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har
qanday ustunlikni ta’minlovchi yangi elementlarni joriy etishga boʻlgan layoqat, shu
korxona raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir.
Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati qancha yuqori boʻlsa, mahsulot ishlab
chiqarishga va uning sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi shuncha past
boʻladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, raqobatchilar tovarlarining sifatidan
yuqori turuvchi sifati, innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir.
Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining innovatsion turiga oʻtish zarurati tufayli yuzaga
kelgan obyektiv sabablar, butun innovatsion-investitsion jarayonda ilmiy-texnikaviy
va iqtisodiy omillarning samarali ravishda oʻzaro hamkorlikda ishlash muammolarini
kompleks hal etilishini talab qiladi. Fikrimizcha, texnologik va iqtisodiy salohiyatlarni
oqilona uygʻunlashtirish innovatsion-investitsion jarayonni boshqarishning markaziy
masalasini tashkil etadi.
1-jadvalda korxonaning barqarorligiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarga baho
berilgan. Unda korxonalardagi asosiy innovatsion yoʻnalishlar hamda innovatsiyalarni
joriy qilishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, shu bilan birga innovatsiyalarni ishlab
chiqish hamda qoʻllab-quvvatlashni ta’minlovchi omillar tahlil etilgan.
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
December 2023 / Volume 4 Issue 12
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
674
1-jadval
Korxonalar faoliyatining barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili
1
№
Omillar
Omillar ta’siri natijalari
1
Bilim va koʻnikma
Ishlab chiqarish korxonalarida aynan boshqaruv (bozor iqtisodiyoti qonunlari)
boʻyicha bilim va koʻnikmalarni yetishmasligi innovatsion boshqaruvni joriy
qilishga toʻsqinlik qiladi
2
Markazlashish darajasi
Markazlashuv darajasining yuqoriligi quyi pogʻona boshqaruvchilarini ijodiy
fikrlash va boshqaruvda ijodiy yondashish imkoniyatini cheklaydi.
3
Kommunikatsiya
tizimi
Kommunikatsiya tizimini yaxshi tashkil qilinmagayligi yoki boshqaruvchini
ulardan samarali foydalana olmasligi axborot va yangiliklarni ayrim hollarda
oʼz vaqtida yetkazish muammosini keltirib chiqarmoqda.
4
Shartnoma
munosabatlari
Boshqaruvchi va xodim belgilangan vazifalarni aniq bilmasligi va ularga amal
qilinmasligi boshqaruv jarayonini rivojlantirishga toʼsqinlik qilmoqda.
5
Innovatsiyalarga
boʻlgan qiziqish
Boshqaruvchilar tomonidan innovatsiyalarga boʼlgan qiziqishning pastligi
yaʼni boshqaruvdagi egiluvchanlik qobiliyatining kamligi.
6
Ragʻbatlantirish
Boshqaruvda ragʼbatlantirish tizimini mukammal ishlab chiqilmaganligi
innovatsion boshqaruvni joriy qilishga qiziqishni pasaytiradi.
Omillarning koʻpligi, ularni muayyan belgilar boʻyicha tasniflanishini amalga
oshirishga imkon beradi.
Korxonaning tashqi omillariga quyidagilar kiradi: iqtisodiyot sohasida davlatning
inqirozga qarshi qaratilgan siyosati; mamlakatdagi demografik vaziyat; siyosiy
barqarorlik; fan va texnikaning taraqqiyoti; transport infratuzilmasini rivojlanganligi.
Ichki omillar korxonaning ichki muhitida, uning kichik tizimlarida (xodimlar, ishlab
chiqarish, marketing, sotish, moliya, tashkiliy tuzilma) shakllanadi.
Ichki omillarni boshqarish korxonaga barqarorlikni mustahkamlashning
rezervlarini aniqlash va tashqi omillar oʻzgargan taqdirda, ishlab chiqarishni tezkor
ravishda boshqarish imkonini beradi.
Korxonaning tizimli rivojlanishi markazlashtirishdan nomarkazlashtirish-gacha
boʻlgan bosqichlarni birin-ketinlik bilan bosib oʻtish orqali amalga oshiriladi. Bu shuni
anglatadiki, korxonaning har bir elementi rejalashtirilganlik, tashkillashtirilganlik
xususiyatiga ega boʻlib boradi. Mohiyatiga koʻra, korxona tomonidan boshqarishning
nomarkazlashtirilgan sxemasiga oʻtish obyektga, uni boshqa holatga oʻtkazish uchun
maqsadga yoʻnaltirilgan tashqi ta’sir sifatidagi boshqaruv tizimini ham oʻzgartiradi.
Noma’lum boʻlgan tashqi muhit sharoitida korxona elementlarini mustaqil ravishda
qarorlar qabul qilish darajasigacha rivojlantirish – korxonaning raqobatbardoshligini
ta’minlashning zaruratidir. Boshqa tomondan, korxona tashqi muhitdagi yaxlitlik
sifatida, maqsadga yoʻnaltirilgan rivojlanish sifatida muayyan belgilarga ega boʻlishi
kerak. Ularning asosiysi – boshqariluvchanlikdir.
Korxonani
rivojlantirishning
tizimli
boshqarilishi,
shakllantirilayotgan
xususiyatlarning quyidagicha ketma-ketligida amalga oshirilishi mumkin:
1
Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
December 2023 / Volume 4 Issue 12
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
675
1-rasm: Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi
2
Korxonalarni faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish, strategik
boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorlik koʻrsatkichlari hamda ishlab chiqarish
hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Tahlil natijalariga koʻra, korxonalar innovatsion faoliyatining strategik
boshqaruvini joriy qilish uchun eng avvalo boshqaruvdagi kadrlar bilim koʻnikma
malakalarini oshirish, markazlashuv darajasini kamaytirish va bosqichlar orasidagi
ma’lumot almashish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish,
boshqaruvdagi xodimlarni innovatsiyaga boʻlgan qiziqishini oshirish, ragʻbatlantirish
tizimini ishlab chiqish, har bir boshqaruvchini oʻziga yuklatilgan vazifalarni aniq va
toʻliq tushunishi hamda ularni oʻz vaqtida bajarishini ta’minlash, norasmiy muloqotlar
darajasini kamaytirish xizmat qiladi [7].
Insonning ilmiy-texnik faoliyati natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki
ilgari mavjud boʻlgan turlarini takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan jarayon
innovatsion faoliyat hisoblanadi. Innovatsiyani joriy etish natijalari kompaniyalarga
raqobatda muhim ustunlikka ega boʻlish imkonini beradiki, bu, korxona uchun muhim
ragʻbatlantiruvchi omil boʻladi.
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, korxonalar ilm fandagi ilgʻor resurs tejamkor
ishlanmalarni joriy qilishidan manfaatdor ekanligini, ikkinchidan bu global tadbir
natijasida respublikamiz korxonalari salohiyatini yanada rivojlantirish orqali uning
investitsion
jozibadorligini
oshirish,
uchinchidan,
korxonalarda
chuqur
diversifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali barqaror va sifatli tovar
mahsuloti ishlab chiqarish hamda samaradorlikni tubdan oshirish imkoniyatlarini
yanada kengaytiradi.
2-jadval
Korxonalar rivojlanishining SWOT tahlili
3
Kuchli tomonlari
Kuchsiz tomonlari
Korxonalarni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari
ishlab chiqilganligi
Korxonalarda zamonaviy xizmat turlarini rivojlantirish
boʻyicha kadrlar yetishmasligi
Korxonalarda berilayotgan moliyaviy imkoniyatlar
Mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda
infratuzilmalar yetishmasligi
Korxonalarda eksport qilish imkoniyatlarining
yuqoriligi
Mahsulotlarni sotish va saqlashdagi muommolarning
mavjudligi
Imkoniyatlari
Xavf-xatar yoki tahdidlar
Korxonalarda mahsulot va xizmatlani
diversifikatsiyalash imkoniyatlari
Ichki va tashqi bozorlarda narx navoning oʻzgarishi
Ichki bozordan foydalanish imkoniyatlari
Jahon bozorida raqobatning kuchayishi
Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyati
Davlatlardagi iqtisodiy siyosiy vaziyat oʻzgarishi
2
Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan
3
Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan
egiluvchanlik
moslashuvchanlik
raqobatbardoshlik
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
December 2023 / Volume 4 Issue 12
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
676
Respublikamiz korxonalarini barqaror rivojlanishi va boshqarishni oʻziga xos
jihatlari amaliyotda keng foydalanib kelinayotgan SWOT-tahlil asosida baholanadi (2-
jadval).
SWOT-tahlil strategik rejalashtirish usuli hisoblanib, tashkilotning ichki va tashqi
muhitlardagi mavjud omillarini aniqlashga yoʻnaltirilgan. Ular toʻrtta kategoriyaga
ajratiladi, ya’ni Strengths (kuchli tomonlari), Weaknesses (boʻsh tomonlari),
Opportunities (imkoniyatlari) va Threats (xavf-xatarlari).
Keltirilgan jadvaldan koʻrinib turibdiki, korxonalar faoliyatini boshqarishda
kuchli tomonlar bilan bir qatorda, zaif tomonlari ham mavjud ekan. Shuning uchun
boshqaruv va xoʻjalik sub’ektlari rahbarlari boʻsh tomonlarga alohida jiddiy e’tibor
berishlari kerak, aks holda kutilgan iqtisodiy samaradorlikka erishib boʻlmaydi. Oxir-
oqibatda korxona faoliyati iqtisodiy rivojlanishning omili emas, balki uning teskarisiga
aylanishi mumkin.
XULOSA
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish
uchun, avvalo, boshqaruvning maqsadlari, shuningdek, vositalari va unga erishish
usullarini aniq belgilab olish zarur. Yuqori sifatli va raqbotbardosh mahsulotlarni eng
kam xarajatlar asosida ishlab chiqarish eng koʻp daromad olishni ta’minlab, inqirozga
uchrashdan saqlaydi hamda har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Boshqaruvning barcha vazifalari ushbu maqsad amalga oshishiga xizmat qilishi lozim.
Boshqaruvning samaradorligiga koʻp jihatdan korxona oldiga qoʻyilgan maqsadlar va
bajariluvchi vazifalarning oʻzaro munosabatlari yordamida erishiladi.
|