Boshqaruv tizimida teskari aloqa. Boshqaruv tizimida vakolatni taqsimlash




Download 25,2 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2024
Hajmi25,2 Kb.
#265711
  1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv tizimida teskari aloqa


  1. Boshqaruv tizimida teskari aloqa.

  2. Boshqaruv tizimida vakolatni taqsimlash.

  3. Boshqaruv usuli va menejer

  4. Boshqaruv usullari to’g’risida tushuncha.

  5. Boshqaruvda inson omili nazariyasi.

  6. Boshqaruvda ob'ekt va sub'ektning o’zaro ta'siri.

  7. Boshqaruvning asosiy funksiyalari va ularning zaruriyati.

  8. Boshqaruvning chiziqli (pog’onali) strukturasi

  9. Boshqaruvning umumiy va aniq funksiyalari.

  10. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlarni tanlash, ishga qabul qilish va ularga qo’yiladigan talablar

31. Boshqarishda to’g’ri va teskari aloqalar muhim o’rin egallaydi. Mazkur aloqalar axborot oqimlaridan iborat. Boshqaruv esa axborot texnologiyasidir. To’g’ri aloqa boshqaruvchidan boshqarish ob’ektiga ta’sir etish uchun yo’naltirilgan axborot (buyruq, topshiriq, ko’rsatma) bo’lsa, teskari aloqa boshqarish ob’ektining shu ta’sirga javobini aks ettiruvchi va boshqaruvchiga qaytib keladigan teskari (qaytma) axborotdir. Bu tamoyil to’g’ri va teskari yo’naltirilgan axborot oqimlari (aloqalar) ning miqdor va sifat, makon va zamon jihatidan o’zaro muvofiq bo’lishini talab qiladi.

32. Tashkiliy tuzilmalar quyidagi turlarga ajratiladi: tashkiliy
tuzilmalarni ko‘rish uchun tashkilotlarni boshqarish tizimidagi
tizimchalar, idoralar va xodimlarning hukmronligi, bo‘ysundi-
rishning vertikal nisbatlarini aks ettiruvchi iyerarxiyalik tamoyi­
li muhim ahamiyatga ega.
To‘g‘ri chiziqli tuzilma tashkilot va har bir bo‘linmaning
boshida barcha vakolatlarga ega bo‘lgan va boshqaruvning bar­
cha vazifalarini o‘z qo‘liga jamlagan rahbar turishini ko‘zga tu ­
tadi (5.5-rasm). Zanjircha bo‘yicha yuqoridan pastga uzatiladigan
uning qarori barcha quyida turuvchi bo‘g‘inlar tomonidan bajari­
lishi majburiydir. Boshqaruvning ushbu tizimida rahbarlarning
iyerarxiyasi shunday asosda tashkil qilinadi (masalan, tashkilot
direktori, sex boshlig‘i, master).

33. Boshqaruv usuli — rahbar tomonidan foydalanadigan vazi­


falarni hal qilishning eng xarakterli va barqaror usullari yig'in-
disi, uning qo‘li ostidagilarga nisbatan odati. Tashkilotlarni strate­
gik boshqarish — inson salohiyatiga suyanuvchi, ishlab chiqarish
faoliyatini iste’molchilar so‘rovlariga qaratuvchi, tashkilotda at-
rofdagilar tomonidan qarshiliklarga javob qaytaruvchi va raqobat
afzalliklariga erishishga imkon beruvchi epchillik bilan tartibga
solishlar va o‘z vaqtidagi o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi bosh­
qaruv bo‘lib, u tashkilotni uzoq yillar faoliyat ko‘rsatishi va is-
tiqbolda maqsadlariga erishishga imkon beradi.
Menejer — doimiy ravishda boshqaruv lavozimini egallab
turuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoli­
yatining ayrim turlari bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati berilgan
shaxs. Menejerlar tashkilotda har xil o‘rinlarni egallaydilar (di­
rektor, guruh rahbari, ishlarning m a’lum turining tashkilotchisi,
boshliq, mudir va h.k.), butunlay bir xilda bo‘lmagan masalalarni
hal qiladilar, turli vazifalarni bajaradilar.

34. Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo‘ygan vazifalarni o‘z vaqtida


yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan ko‘riladigan chora-tadbirlarni va ta’sirchan usullarni qo‘llanilishini bildiradi. Ishlab chiqarish boshqaruvida qo‘llaniladigan barcha usullar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra: iqtisodiy; tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-ruhiy bo‘lishi mumkin.
1. Iqtisodiy usullar. Boshqarishning bu usuli xodimlar va mehnat jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, davlat jamoat va har bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lanishiga imkon yaratadi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx, foyda, rentabellik, xo‘jalik hisobi, moddiy rag‘batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir.
2. Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari. Boshqarishning bu usuli yakkaboshchilik munosabatlari — intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Tashkiliy-ma’muriy ta’sir ko‘rsatish — bu boshqaruvning aniq boshqarilayotgan obyektga yoki shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy ko‘rsatmalaridir. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning rahbari o‘ziga bo‘ysunuvchi sex rahbariga, sex rahbarlari shu sexdagi ishlab chiqarish uchastkalarining ustalariga bevosita bajarilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatmalarni berishi mumkin va bu ko‘rsatmalar bajarilishi lozim. Bunday ko‘rsatmalar jumlasiga mahsulot turlarini rejaga asosan bir maromda ishlab chiqarishni yuqori darajada tashkil qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat me’yorlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa tez hal qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi.
3. Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullari. Bu usul mehnatkashlarning ishlab chiqarishni boshqarishda keng miqyosda ishtirok etishiga asoslangan bo‘lib, bu usulni qo‘llashdan asosiy maqsad jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit yaratishdir. Mehnat jamoalarida ijtimoiy-ruhiy muhitning holati chiqqan nizolar soni bilan belgilanadi. Nizo—bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi. Jamoa a’zolari orasidagi nizolarning ko‘pchiligi ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, rahbarlarning ish jarayonida o‘ziga bo‘ysunuvchi jamoa a’zolarining ruhiy holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Nizolar qanchalik
ko‘p bo‘lsa, mehnat jamoalarida ijtimoiy-ruhiy muhit shunchalik yomonlashadi. Mehnat jamoalarida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo‘lishi turgan gap. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug‘ullanish o‘rniga, o‘zlarining nizolarida ko‘rsatilgan masalalar rahbar xodimlar tomonidan qanday qabul qilinayotgani to‘g‘risida gapirib ham o‘zlarini, ham boshqalarni ishdan chalg‘itib, ishlashiga xalaqit beradilar.

35.


Download 25,2 Kb.
  1   2   3




Download 25,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv tizimida teskari aloqa. Boshqaruv tizimida vakolatni taqsimlash

Download 25,2 Kb.