Boshqaruvning asosiy funksiyalari.
«Funksiya» - bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi,
vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
Funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. «Vazifa» esa o’z
faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin, ya’ni vazifa - bu amalga oshirilishi, hal
qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad.
Boshqarish funksiyasi deganda, u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal
etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv
funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.
Masalan, ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
-
ishlab chiqarish vositalari, texnika;
-
xom ashyo;
-
energiya;
-
transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur.
Shundan keyin boshqa bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi.
Funksiyalar faoliyat turlarini, sub’yektning boshqarish ob’yektiga aniq ta’sir qilish
yo’nalishlarini aks ettiradi.
38. Chiziqli (pog’onali) struktura boshqaruv strukturasining eng sodda turi hisoblanadi.
Bunda boshqaruvning hamma funktsiyalari korxona rahbari qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo’ysunadi. Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat o’zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga o’zlarining bevosita boshlig’ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak.
Chiziqli strukturaning o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.
Chiziqli strukturaning ijobiy tomonlari:
o’zaro zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi:
yakkaboshchilik va shaxsiy javobgarlik mustahkamlanadi;
bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;
bosqichlar soni kam bo’ladi;
boshqariluvchi ob’ekt ishiga kam kishi aralashadi;
vazifalar tez hal etiladi;
butun tizim samarali ishlaydi;
xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar.
Chiziqli strukturaning salbiy tomonlari:
bunday struktura oddiy masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli uning borasida kompleks masalalarini echish ancha qiyin kechadi;
bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar;
bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli bo’ladi, bunga sabab, strukturaning har bir bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’lishidir.
Boshqaruvning chiziqli strukturasi uncha murakkab bo’lmagan ishlab chiqarish sharotida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar xajmi kam bo’lganda o’zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarish tobora murakkablashib, ish ko’lamining kengayib borishi boshqaruv funktsiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli strukturaning o’rniga chiziqli-shtabli strukturaning vujudga kelishini taqazo etadi.
39. «Funksiya» - bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
Funksiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. «Vazifa» esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin, ya’ni vazifa - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad.
Boshqarish funksiyasi deganda, u yoki bu ob’yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.
Masalan, ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
Shundan keyin boshqa bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi.
Funksiyalar faoliyat turlarini, sub’yektning boshqarish ob’yektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi.
Boshqaruv funksiyalari - ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar
bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi.
Boshqarish funksiyalari:
- umumiy (asosiy) funksiyalar; - aniq funksiyalar.
- tarmoq funksiyalari.
- ijrochining funksiyalari.
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning
butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi.
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi:
40. Xodimlarni boshqarish samaradorligiga ko’p jihatdan xodimlarni tanlashga
bog’liq. Xodimlarni tanlash - bu ikki tomonli jarayondir. Bir tomondan korxona
dovogarga ish berishni yoki bermaslikni hal qilsa, ikkinchi tomondan davogar agar
uni ishga taklif qilinsa, u bu taklifni qilish kerakmi yoki kerak emasligini hal qiladi.
Bu jarayonda rahbar quyidagi holatlarga o’z e’tiborini qaratmog’i lozim.
• Davogarlarni, ayniqsa, o’zi to’g’risida qisqacha ma’lumotlarni taqdim
etganlarni bilib olish uchun iloji bo’lgan barcha tadbirlarni ko’rmoq kerak.
• Ochiq berilgan tavsiyalarga ortiqcha ishonavermay, o’zingiz shaxsan,
surishtirib bilganingiz durust. Ancha ochiq fikr olish uchun nomzodning sobiq ish beruvchisiga ko’ng’iroq qilish yoki u bilan shaxsan uchrashish
lozim. O’sha rahbarning mazkur xodimdan ajralayotganiga qanday
qarayotganini e’tibor bilan kuzatish kerak.
• Har bir davogarning oilaviy xotirjamligini surishtirib ko’rish lozim.
Davogar bilan suhbatni shunday olib borish kerakki, toki ish birinchi o’rinda
bo’lsin, shunda oddiy korxona xodimi o’rniga davogar o’zini bosh vazir lavozimiga
davogardek tutmaydi.
• Birinchi navbatda shuni ta’minlamoq kerakki, ishga qabul qilinayotgan
odam muzokaralar chog’ida o’zining bo’lajak ishining barcha
xususiyatlarini tasavvur qilsin, kelgusida xafa bo’lib yurmasin, bunda biron
bir salbiy hollarga yo’liqmasin.
• Davogarga berilgan baholar va tavsiyalarni tahlil qilganda, shuningdek
muzokaralar olib borilganda:
• uning topshirilayotgan ishni bajara olishiga;
• zarur bo’lib qolganda kasbiy ma’lumotini oshira bilishiga;
• texnikaga nisbatan e’tiboriga;
• fe’l-atvoriga;
• halolligi, mulohazaliligi, turmushda hozir-nozirligi va to’g’riligiga;
• tashabbuskorligi, hayotga talabchanligiga;
• ishga hamda ish kunining davomiyligiga;
• og’ir sharoitda o’zini tutishiga;
• salomatligi, tashqi ko’rinishi, vaqtni taqsimlay bilishiga;
• hunari va bo’sh vaqtlardagi mashg’ulotlariga diqqat qilish lozim.
• har bir davogarga u bilan turmushi to’g’risida suhbatlashish va barcha zarur
savollarga javob olish uchun etarli darajada vaqt ajratish kerak.
Bulardan tashqari unutmaslik kerakki, ishga qabul qilinayotgan nomzod
toshiriladigan ishni bajarishga yaroqligina bo’lib qolmay, balki korxonaning boshqa
xodimlari bilan chiqishib ketadigan ham bo’lish kerak. Agar u shu keyingi talabga
muvofiq kelmasa, odatda yaxshi mustaxassisning ham bahridan o’tish kerak.
Ishga qabul qilingan odam o’z hamkasblariga qo’shilib ketganda o’zini o’z
uyidagidek his etishi muhimdir. U o’z burchlarini qanday eplayotganini diqqat bilan
kuzatishi, bunda unga yordam berishi kerak, uning yangi joyda o’zini tutib olish
uchun vaqt kerakligini anglamoq lozim.
|