Boshqaruv tizimida teskari aloqa. Boshqaruv tizimida vakolatni taqsimlash




Download 25,2 Kb.
bet2/3
Sana25.06.2024
Hajmi25,2 Kb.
#265711
1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv tizimida teskari aloqa

Inson omili - iqtisodiy-siyosiy atama, mehnat psixologiyasi, ergonomika va sotsiologiya tizimlarining zamonaviy umumiy nazariyasi manfaatlari predmetidir. Inson omiliga bo’lgan e’tibor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish zarurligi bilan bevosita bog’liqdir, uni esa boshqaruvning avtoritar, ma’muriy-buyruqbozlik usullarini qo’llash bilan ta’minlash mumkin emas.


Inson omili deganda psixologiyada boshqarish tizimiga kiruvchi shaxs,
gurux, jamoa, jamiyat tushuniladi. Aniqrog’i - bu insonlarning ichki dunyosi,
ularning talabi, qiziqishi, ehtiyoji, yo’l - yo’riqlari, kechinmalaridir.
Xuddi shu inson omili ishlab chiqarish samaradorligini hamda hozirgi raqobatni aniqlaydi. SHuning uchun hozirgi kunda insonlardan kompaniyaning faollari sifatida to’g’ri foydalanish muhimdir.
Inson omilining alohida rolini rasman e’tirof qilgan ma’muriy boshqaruv tizimi, haqiqatan uning mazmunini inkor qilib so’zsiz bo’ysunish tamoyillariga asoslanadi, pirovard natijada, shaxsni jamiyat manfaatlaridan, mehnatkashlarni ijtimoiy maqsadlar va manfaatlardan uzoqlashtirdi, boshqaruvning butun tizimini ortiqcha markazlashtirish va rasmiylashtirish bilan bog’liq bo’ldi. Ayni vaqtda, boshqaruvning iqtisodiy usullariga o’tish inson omilini faollashtirmasdan turib, bu usul ularni amalga oshirish mumkin emasligini ko’rsatdi.
Ijtimoiy jixatdan rivojlangan inson katta mehnat salohiyatiga ega
bo’ladi, biroq, u ayni vaqtda, passiv insonga nisbatan ancha murakkab ob’ekt
hisoblanadi. Xodimlarning manfaatlari ko’p tomonlama bo’lib, shu sababli
inson omilini boshqarish, uni faollashtirish usullarini xilma xilligi,
moslashuvchanligi, maqsadga qaratilganligi bilan ajralib turishi lozim.

36. Boshqaruv nazariyasida boshqaruv tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan qator
metodologik yondashuvlar mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi tizim tarkibiga
kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligini ta'minlovchi; vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali erishishga
yo‘naltirilgan muayyan usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ya'ni
boshqaruvni boshqaruv funksiyalarining uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga
asoslangan (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I. Prigojiy,
V.A.Rozanova, V.P.Simonov va boshqalar. Taniqli olimlar B.C.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov, P.I.Tretyakov,
T.I. Shamovalarning izlanishlarida ta'lim boshqaruvining ilmiy apparati fan
sifatida qaralgan .
Ularning fikricha, ta'lim boshqaruvi fanining nazariy-metodologik asosini
tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy -hududiy va
natijaga asoslangan yondashuvlar tashkil etadi. Ta'kidlash joizki, olimlar tomonidan ta'lim tizimini boshqarish modellarini
ishlab chiqishda qaysidir yondashuvlar alohida qo‘llanilmasdan, ularning turli
kombinatsiyalari ishlatiladi, chunki mazkur yondashuvlarning har biri ta'lim
tizimidagi jarayonlar mohiyatini tushunib yetishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib,
ularning muayyan bir jihatlarini yoritishga yordam beradi.

37.
Download 25,2 Kb.
1   2   3




Download 25,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv tizimida teskari aloqa. Boshqaruv tizimida vakolatni taqsimlash

Download 25,2 Kb.