• Bajardi: DI-12-22-guruh talabasi Xasanov K Qabul qildi: Qodirov B
  • Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari




    Download 2,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,71 Mb.
    #126549
    Bog'liq
    1-AMALIY ISH MA\'LUMOTLAR BAZASI XASANOV KARIM.



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI 
    TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI 
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI 
     
     
    1
    (1, 2, 3)
    -AMALIY SIH 
    MA’LUMOTLAR BAZASI 
    Bajardi: DI-12-22-guruh talabasi Xasanov K  
    Qabul qildi: Qodirov B


    1-amaliy ish 
    Mavzu: Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash.
    Ishdan maqsad:
    Ma’lumotlar bazasini yaratuvchi XAMPP dasturini o‘rnatish va uni sozlashni 
    o‘rganish Masalaning qo‘yilishi: XAMPP dasturini yuklansin va kompyuterga 
    o‘rnatish jarayoni ko‘rsatilsin. Uslubiy ko‘rsatmalar: XAMPP - bu mahalliy veb-
    serverni yaratish uchun bepul platformalararo dasturdir. Dastur, shuningdek, 
    Apache, MariaDB, Perl dasturlash tili, PHP skript tarjimoni va qo‘shimcha 
    kutubxonalarni o‘z ichiga oladi. Foydalanuvchilar odatda dasturni o‘rnatish va 
    ishlatish uchun qulay bo‘lganligi uchun sevib ishlatishadi. XAMPP dasturining nomi 
    bir qancha izohli so‘zlar va dasturlarning bosh harflaridan olingan: 
    • X – o‘zaro faoliyatli platforma, ya’ni jarayonlar barcha operatsion tizimlarga mos 
    keladi; 
    • A – Apache2 veb-serveri;
    • M – MariaDB ma’lumotlar bazasi;
    • P – PHP tilining interpretatori; 
    • P – Yagona Perl tilidan foydalanib jarayonlarni tashkil etish. 
    XAMPP – hatto yosh veb dasturchilarga veb-serverni har qanday operatsion tizimda 
    moliyaviy xarajatlarsiz tezda joylashtirishga imkon beradi. Shuningdek, dasturiy 
    mahsulot ishlab chiquvchilar asosiy loyihaga o‘zgartirish kiritilishidan oldin veb-
    sahifalar va saytlarning ishlashini sinab ko‘rishlari uchun foydalanishlari ham 
    mumkin. 
    Ishni bajarish tartibi XAMPP dasturini o‘rnatish jarayonini ko‘rib o‘tamiz:
    1. XAMPP dasturini kompyuterimizning kerakli joyiga ko‘chirib olamiz. 
    Buning esa 2 usuli bo‘lib(online va offline), ulardan birini qo‘llashga 
    majburmiz. Biz esa Online turdagi jarayoniga murojaatni amalga 
    oshirmoqdamiz: 
    • Internet orqali amalga oshirishda biror bir kompyuterga yuklangan 
    braauzerni faol holatga keltirib quyidagicha yozish lozim 


    Bizning kompyuterimizga Windows 10 turidagi x64 o‘lchamli operatsion 
    tizimi qo‘yilgan sababli syuqoridagidek yozdek. Siz ham o‘z 
    kompyuteringizga uni moslashtirasiz. Qidiruv faollashgan vaqtda quyidagi 
    turdagi web saytlar ruyxati chiqadi 
    •Biz esa quyidagi web saytlar o‘zimizga keraklisini tanlab olamiz va uning 
    ichiga kiramiz 
    •Tugma bosilgandan so‘ng dastur kompyuterga avtomatik tarzda internet 
    tarmog‘i orqali ko‘chirib olinadi. Undan so‘ng dasturni kompyutermizga 
    o‘rnatib olamiz. Dasturchilar tomonidan bu dasturning sozlanmalari 
    avtomatik tarzda to‘g‘ri sozlangan bo‘lib ularni faqatgina tasdiqlash orqali 
    ijobiy hal qilish mumkin.






    •Ushbu dasturni faollashtirib quyidagi oynani hosil qilamiz: 
    •Hosil bo‘lgan oynadan Apache va MySQL maydoniga to‘g‘ri keluvchi start 
    tugmalari navbatma-navbat bosiladi. So‘ngra quyidagi ko‘rinishni oladi 


    Faollashgan dasturni to‘g‘riligini tekshirish uchun sizda ham yuqoridagi 
    oynadagidek ko‘rinish tus olishi lozim. •MySQL da ishlashimiz uchun yuqoridagi 
    oynadan uning maydoniga to‘g‘ri kelgan Admin tugmasi bosiladi va quyidagi oyna 
    ishga tushadi 


    2-amaliy ish 
    Mavzu: Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat-aloqa diagrammasini qurish.
    Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash Ishdan maqsad: ma’lumotlar bazasini 
    loyihalash va mohiyat-aloqa diagrammasini qurish haqida tushunchalarga ega 
    bo‘lish. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash va u haqida tushunchalarga ega 
    bo‘lish.
    Masalaning qo‘yilishi:
    Ma’lumotlar bazasini loyihalang va mohiyat-aloqa diagrammasini ishlab chiqing. 
    Predmet soha uchun relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalang va uni ishlab 
    chiqing
    Uslubiy ko‘rsatmalar: Ma’lumotlar bazasini loyihalash va mohiyat-aloqa 
    diagrammasini yaratishda quyidagilarni bilish zarur bo‘ladi: 
    ob’ektlar, ob’ekt xususiyatlari va hokazolar.
    Loyihalash — moʻljallangan obʼyektlar (apparat va asboblar, bino va inshoatlar, 
    yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar, radiopriyomnik 
    va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, mebellar hamda 
    boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari) ni qurish va 
    yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va texnikaning 
    barcha sohalarida qoʻllaniladi. Iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob, smeta tuzish, 
    chizmachilik va chizmalarni koʻpaytirish amallarini oʻz ichiga oladi, chizmalar 
    asosida koʻpincha obʼyekt (bino, mashina va boshqalar) ning maketi tayyorlanadi. 
    Biror bir obʼyektni individual (yakka tartibda) va tipaviy (ommaviy tartibda) 
    loyihalash mumkin. Loyihani maxsus tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar amalga 
    oshiradi. Bular sohalar boʻyicha yoki ixtisoslashtirilgan tarzda ish yuritadi. Biror 
    obʼyektni loyihada standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va meʼyoriy 
    hujjatlardan keng foydalaniladi [6]. Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MB) - 
    deganda real dunyoning konkret ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini 
    tushinish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal 
    etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob’ekt va ma’lumotlarni 
    strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan xal kilinadi. Ob’ekt - bu mavjud va 
    farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’ektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar 
    borki, ularning to‘plami MB bo‘ladi. Masalan, xar bir akademik-litsey yoki kasb-
    hunar kolleji-bu ob’ektlar bo‘lsa, ulardagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar 
    to‘plami MB ga misol bo‘ladi. Xar qanday jiddiy MBning yaratilishi uning 
    loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB loyihalovchisining asosiy vazifasi ob’ektlar va 
    ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni 


    o‘rnatishdan iborat. MB ni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli 
    belgilar bo‘yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur 
    ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat 
    qiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina 
    bajarish mumkin. Strukturalash-bu ob’ektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishi 
    tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. “Mohiyat - aloqa” modeli, predmet 
    sohani tashkil qiluvchi uchta asosiy komponentlardan foydalanib quriladi: mohiyat, 
    atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “vaqt” tashkil etuvchisi oshkormas 
    holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, va shunga uxshash atributlar 
    tasvirlanadi. “Aloqa” modelini qurishda moxiyat mavjud jarayonni yoki xodisani, 
    ob’ektni abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut birorta qiymatlar to‘plamidan qiymat 
    qabul qiluvchi bilan tasvirlanadi.
    1. Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir 
    nusxasiga V ob’ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob’ektning 
    har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos kelsa shunday 
    munosabat hosil bo‘ladi. 
    2. Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob‘ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, unda 
    A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning ko‘pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V 
    ob’ektning nusxalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning bir nechta 
    nusxasi mos keladi. 
    3. Ko‘p ga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob’ektlar orasida shunday munosabat 
    o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektni bir nechta 
    nusxasi mos kelsa va aksincha.
    “Mohiyat - aloqa” modelidagi aloqalarga, ikki mohiyat o‘rtasidagi har qanday 
    aloqa toifalariga xos munosabatlarni qo‘yish kerak. Loyiha haqida informatsiya 
    diagramma ko‘rinishida rasmiytiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi [8]: 
    • mohiyat toifasi – to‘rtburchaklar; 
    • atribut- ovallar, ular mos mohiyatlar bilan yo‘nalishsiz qirralar bilan bog‘lanadi; 
    • aloqalar (munosabatlar)- romblar, ular moxiyat toifalari bilan yo‘nalishsiz qirralar 
    bilan bog‘lanadi, binar bog‘lanishlarda esa yo‘nalishli qirralar bilan bog‘lanadi;
    Relyatsion ma'lumotlar bazasida har bir jadvalda asosiy kalit bo‘lishi kerak hamda 
    bu jadvalning har bir satrini o‘ziga xos tarzda aniqlaydigan maydon yoki maydonlar 
    kombinatsiyasidir. Agar kalit bir nechta maydonlardan iborat bo‘lsa, u kompozit 
    kalit deb ataladi. Kalit noyob bo‘lishi kerak va yozuvni o‘ziga xos tarzda aniqlab 
    berishi kerak. Kalit qiymati bitta yozuvni topish uchun ishlatilishi mumkin. 
    Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni tartibga solish uchun ham kalitlardan 
    foydalaniladi. Ma’lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi 
    yotadi. Munosabatni ikki o‘lchamli jadvallar yordamida tasvirlash qulay. Jadval 
    ko‘rinishidagi ma‘lumotlar tushunarli, ko‘rimli va inson uchun oddiy hisoblanadi. 
    Munosabatlar to‘plami ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan 
    birga ular orasidagi bog‘lanishlarni modellashtirish imkonini beradi [3]. 


    Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari:
    ▪ Ma’lumotlar toifasi – relyasion MB saqlanadigan ma’lumot qiymatlari;
    ▪ Domen – domenlar ma’lumotlarni ayrim asosiy turlarini aniqlash orqali o‘rnatiladi; 
    ▪ Atributlar – jadval ustunlar nomlari;
    ▪ Bog‘lanish – relyation so‘zidan olinib munosabatni bildiradi;
    ▪ Birlamchi kalit – bu kalit tashqi MB bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun xizmat 
    qiladi.
    Relyatsion MB munosabatlarni o‘zaro bog‘langan to‘plamidir. Har bir munosabat 
    kompyuterda fayl ko‘rinishida tasvirlanadi. 


    3-amaliy ish 
    Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish.
    Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar yozish, o‘zgartirish va o‘chirish
    Ishning maqsadi:
    Jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirishni XAMPP dasturi orqali MySQL 
    texnologiyasida tashkil etishni o‘rganish. SQL so‘rovlari orqali loyilashtirilgan 
    relyatsion ma’lumotlar bazasini yaratishva u haqida tushunchalarga ega bo‘lish. 
    Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar yozish, o‘zgartirish va o‘chirish bo‘yicha 
    ko‘nikmaga ega bo‘lish.
    Masalaning qo‘yilishi:
    1. Predmet soha uchun jadvallarni SQL tili so‘rovlari orqali yaratish, o‘zgartirish va 
    o‘chirish. Ob’ektlarda atributlarni tashkil etish va uning ustida amallar bajarish.
    2. avto_bekat ma’lumlar bazasi tashkil etilgan va unda bekat jadvali bor. Ushbu 
    jadvalga ma’lumotlar qo‘shing, so‘ngra biror bir kortejdagi qiymatni o‘zgartiring 
    hamda o‘chiring Uslubiy ko‘rsatmalar: SQL tilida jadvallar va undagi atributlarni 
    shakllantirish uchun unga mos bo‘lgan tuzulishni yaratib olishmiz kerak.
    Jadval yaratishdan oldin avval baza yaratilishi lozim. Ma’lumotlar bazasida 
    yaratish buyrug‘i CREATE operatori orqali amalga oshiriladi. Uning sintaksisi esa 
    quyidagicha bo‘ladi [4]:
    CREATE DATABASE ;
    Yaratilgan bazaning ichida esa jadvallar tashkil etiladi, uning sintaksisini esa 
    quyidagicha tasvirlash mumkin:
    CREATE TABLE (atribut1 , atribut2 , …, atributn );
    ALTER – jadvalga o‘zgartirish kiritish uchun ishlatiladi. Bu buyruq jadvalga yangi 
    ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar kattaligini o‘zgartirish, hamda 
    cheklanishlarni qo‘shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Undan foydalanish 
    uchun quyidagi sintaksisga e’tibor qaratamiz:
    ALTER TABLE ADD Jadvallarni o‘chirish uchun esa DROP operatoridan 
    foydalanamiz, uning sintaksisi quyidagicha yoziladi: 
    DROP TABLE ;
    Ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumot qo‘shish, o‘zgartirish va o‘chirish uchun 
    quyidagilarni o‘rganish zarur bo‘ladi. Ma’lumotlarni qaysi atributga tegishli 
    ekanligini, SQL so‘rovlar oynasiga o‘tishni, SQL da kod yozish jarayonida uning 
    sintaksisini to‘g‘ri yozishni bilish zarur. 









    Download 2,71 Mb.




    Download 2,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari

    Download 2,71 Mb.
    Pdf ko'rish