Tashkiliy xujjatlar va ularning O’zbekistonda rivojlanish tarixi




Download 23.56 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2024
Hajmi23.56 Kb.
#132277
  1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)
1353694157 atomnaya-energetika

REJA:

1. Tashkiliy xujjatlar va ularning O’zbekistonda rivojlanish tarixi


2. Tashkiliy xujjatlar matni
3. Tashkiliy xujjatlar turlari
4. Foydalanilgan adabiyotlar

Tashkiliy xujjatlar va ularning O’zbekistonda rivojlanish tarixi

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi to‘g‘risida qonun e’lon qilinganligi ulkan tarixiy voqea bo‘ldi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash»dir. Asosiy vazifamiz yuqori malakali kadrlar tayyorlash ekan, bu kadr qaysi millat vakili bo‘lmasin, o‘zi yashayotgan vatani, davlat tilini mukammal bilishi kerak. Mustaqil davlatimizda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’i nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Qo‘llanmada ish yuritish hujjatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, turlari, umumiy uslubiy tomonlari hamda idoraviy ish yuritish tili, shuningdek, boshqaruv hujjatlarining zaruriy qismlari va ularni rasmiylashtirish, blanka (bosma ish qog‘ozlari) hujjatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, hujjatlarning namunalari, har bir mavzudan so‘ng topshiriqlar, qo‘llanma oxirida bilimlarni mustahkamlash uchun test topshiriqlari berildi. Qo‘llanma kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun ishchi o‘quv dasturiga muvoviq tuzilgan. Bundan tashqari, ish yuritish haqida ma’lumotga ega bo‘lishni istaganlar ham foydalanishlari mumkin.

Download 23.56 Kb.
  1   2   3   4




Download 23.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashkiliy xujjatlar va ularning O’zbekistonda rivojlanish tarixi

Download 23.56 Kb.