Tashkiliy xujjatlar va ularning O’zbekistonda rivojlanish tarixi




Download 23,56 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2024
Hajmi23,56 Kb.
#132277
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

Tashkiliy xujjatlar turlari
Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi. Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi). Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Mazmuniga ko‘ra: - sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi; - murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: - xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga ko‘ra xos, betakror, erkin bayon; - namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; - qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: — bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emasTAVSIYANOMA kabi; — hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to’liq, bosh harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi; — hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim. Qo‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘langan tarzda undan so‘ng beriladi; — shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan va izoh so‘z birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Men, Mahmud Qodirov, ... Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga va tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga qat’iy amai qilish lozim. Hujjat matnida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi. Unutmangki, hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi. Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan so‘ng, uyushiq va ajratilgan bo‘laklar, orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi. Masalan: «Shuni hisobga olib, ...», «Men, 2-kurs talabasi Umida Ikrom qizi, ...», kabi. Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng qismlari mazmunan farqlanuvchi qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladi. Masalan: Talabaning majburiyatlari: 1) o‘quv yurti Nizomiga amal qilish; 2) dars va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashish va boshqalar. Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo‘yiladi: — matn tarkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bo‘laklardan oldingi umumlashtiruvchi «quyidagilar», «shu haqda» kabi so‘zlaridan oldin; 10 — farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun tartibi», «Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan so‘ng; — matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin. Qavs hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz ming besh yuz) so‘mlik. Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi: — izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida.
Masalan: Javobgar – marhumning tug‘ishgan singlisi.
— ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida.
Masalan: Onasinikiga – Buxoro shahar, Yangiyer ko‘chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko‘chib ketgan.
Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.
N I Z O M – U S T A V
Tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini bеlgilaydigan huquqiy hujjat nizom deyiladi. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (ko‘rik, musobaqa, tanlov va boshqalar)ga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyoishi bilan (yoki tеgishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan bеlgilanadi.
S H A R T N O M A
Ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini bеlgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kеlishuvi shartnomadir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kеlishuvi (bitim)ni qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdеk fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mеhnat bitimi dеb ataladi. Shartnomada tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi. Shartnoma muassasalarga tеgishli bo‘lganda, tomonlar imzolanga qadar, unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik bеlgisi (vizasi) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo‘yicha kеlishib olib, uni tеgishli ravishda rasmiylashtirgandan kеyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kеrak, chunki har bir huquqiy shaxsning hujjatlar yig‘masida kamida bir nusxasi bo‘lishi kеrak. Shartnomalarning barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Shartnoma matni varaqning har ikkala tomoniga kompyutеrda bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa o‘zaro bir yarim oraliq bilan ajratiladi.
“S H A R T N O M A” so‘zini katta harflar bilan orasini ochiq qilib yozish tavsiya etiladi. Kontrak nizomiga ko‘ra, u ko‘pi bilan bеsh yil muddatga tuziladi.
X I Z M A T S A F A R I G U V O H N O M A S I
Xizmat safari guvohnomasi xodim zimmasiga vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradi. Uning zaruriy qismlari: 1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi.) 2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi. 3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi. 4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari) va tashkilotlar nomlari. 5. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi). 6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyish tartib raqami, sanasi. 7. Guvohnomaning orqa tomonida xizmat safarida bo‘lgan joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi).
F A R M O Y I SH H U J J A T L A R I
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (dirеktor)ning buyruq, ko‘rmatma, farmoyishlari asosida vujudga kеladi. B U Y R U Q Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi. Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning farmoyish qismi beriladi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi). Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd etiladi. 20 Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham ko‘rsatiladi. Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
— hujjat jo‘natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to‘la muvofiq holda yozish;
— hujjat matniga aniq sarlavha qo‘yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan: Xizmat safari haqida;
— hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o‘rniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to‘g‘ri belgilash;
— gap qurilishida so‘zlar tartibiga qat’iy rioya qilish; matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma’noli so‘zlarni qo‘llamaslik;
— murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik;
— norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik; — muayyan andozaga solingan, qoliplangan, soha termini sifatida qabul qilingan birikmalarni qo‘llash;
— qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo‘llamaslik;
— so‘zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish, tuzatish yoki o‘chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
— matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi-familiyasini aniq ko‘rsatish. Masalan: 2020-yilning 18-oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov kabi

Tashkiliy hujjatlar, ularning yordami bilan, fuqarolik va ma'muriy huquq normalari amalga, tashkilotning asosi. Bunday hujjatlar majburiy va ular bekor yoki yangi qabul qilingan qadar bunday vaqtda qadar kuchga rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Qachon korxona qayta tashkil etish majburiy asosida, yangi tashkiliy va huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi zarur. Bu, birinchi navbatda, malakali, o'z biznesini bilaman mutaxassislar, shuningdek, huquqiy xizmat mutaxassislar ko'magida kompaniya rahbariyati bilan shug'ullanadi.

Tashkiliy hujjatlar o'z ichiga kompaniyaning ustavini, ustavga, o'rnini (. Vaqtinchalik organlari tuzilmaviy bo'linmalari tashkil, boshqalar haqida), tashkiliy-uslubiy va ish tushuntirishlari, kadrlar. 
Eng qismi uchun Tashkiliy hujjatlar (Hujjat turiga qarab) standart qog'oz o'lchami (A4) yoki kompaniya an'anaviy shaklida tuzilgan mahsulot (Fevral) bo'linadi bo'limlari, tashkil topgan. har qanday tashkiliy-huquqiy yozma dizayni majburiy tafsilotlar, quyidagi: tashkilot kafedra, hujjat nomi, raqami, rivojlanish sana, asosiy matn, yo'qdan tasdiqlash bo'yin imzo uchun sarlavha nomi.


Download 23,56 Kb.
1   2   3   4




Download 23,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashkiliy xujjatlar va ularning O’zbekistonda rivojlanish tarixi

Download 23,56 Kb.