O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT SOHASIDA KASB TA’LIMI FAKULTETI.
BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI
AMALIYOTI HISOBOTI.
Tayyorladi: 651-19 guruh talabasi
Rahmatov Jaloliddin.
Amaliyot rahbar: Zakirova M.R
Toshkent - 2023
01.05.2023.
Men Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotimni Toshkent viloyati Qibray tumani
46-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tadim. Amaliyotimning birinchi kunida
maktab bilan tanishuv, u yerda muhitni o’rganish bilan boshladim. Informatika
xonasi, maktab o’quvchilari bilan tanishish va ular bilan dars mashg’ulotlarni tashkil
qilish tartibi haqida, maktab hayoti haqida suhbat o’tkazildi.
Maktabdan tayinlangan amaliyot rahbarim bilan tanishib, amaliyot o’tash va
dars mashg’ulotlarni tashkil qilish tartibi haqida ma’lumotlar oldim.
Amaliyotimning birinchi kuni shu tartibda o’tdi.
02.05.2023.
Amaliyotimning ikkinchi kunida informatika xonasidagi kompyuterlarning
texnik holati o’rganildi. Ularning dars mashg’ulotlariga qanchalar tayyor ekanligi
nazoratdan o’tkazildi. Kompyuterlardagi viruslar, keraksiz dasturlar o’chirib
yuborildi.
Kompyuterlarning
tarmoqqa bog’liqligi, tarmoq sifati tekshirildi.
Kompyuterlar uchun kerakli dasturlar: PYcharm , Scratch , Microsoft Office
dasturlari va boshqa muhim dasturlar o’rnatildi va dars uchun tayyor holatga
keltirildi. Dars mashgu’lotlarini o’tish uchun proyektor ham nazoratdan o’tkazildi
va dars uchun shay holatga keltirildi. O’quvchilarga kompyuterlar haqida
boshlang’ich tushunchalar va bilimlar berildi. Kompyuterdan to’g’ri, maqsadli
foydalanish tushuntirildi.
03.05.2023.
Amaliyotimning uchinchi kunida 5-sinf o’quvchilari uchun Scratch dasturi
mavzusi o’tildi. Scratch dasturi nima, uning vazifalari, imkoniyatlari va tuzilishi
haqida ma’lumotlar berildi.
|