|
Kvant nazariyasining paydo bo‘lishi
|
bet | 1/4 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #250993 |
Bog'liq 2-lekciya Kvant nazariyasining paydo bo‘lishi 2-lekciya Reja Issiqlik nurlanish nazariyasi - Issiqlik nurlanish nazariyasining asosiy maqsadi absolut qora jismning temperaturasi va to‘lqin uzunligi orasidagi bog‘lanishni aniqlashdan iboratdir
Bu sohada tajribalardan kelib chiqadigan xulosalar quyidagicha: - absolut qora jismning nurlanish spektri uzluksiz xarakterga ega.
- har bir temperaturaga tegishli bo‘lgan nurlanishning energetik taqsimotini ifodalovchi egri chiziqda aniq maksimum mavjud bo‘lib, u temperatura oshgan sari qisqa toiqin uzunliklar sohasiga siljiydi.
Stefan-Bolsman qonuni - Absolut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyatini temperaturaning to‘rtinchi darajasiga proporsionalligini ko‘rsatadi:
- Bunda - Stefan-Bolsman doimiysi bo'lib, tajribada aniqlangan qiymati
- (1.2)
- Absolut qora jism nurlanishi maksimumiga mos keluvchi-to’lqin uzunlikning temperaturaga ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir, ya’ni
- Bunda b - Vin doimiysi boiib, tajribalar asosida ekanligi aniqlangan. Bu formuladan ayonki. Absolut qora jismning nurlanish temperaturasi qanсha yuqori bo'lsa, shuncha kichik qiymatga ega boladi. Boshqacha aytganda, nurlanish temperaturasi oshgan sari absolut qora jismning nurlanish qobiliyatining maksimumi qisqa to‘lqin uzunliklar sohasiga siljiydi.
Зиддият - 1900-yilgacha tajribalardan olingan absolut qora jismning nurlanish spektri intensivligining egri chizig‘ini nazariy jihatdan ma’lum bo‘lgan klassik fizikaning fundamental qonunlari asosida tushuntirib bo‘lmadi . Klassik mexanika, statistik termodinamika va elektromagnit nazariyasining qonunlaridan foydalangan holda faqatgina Reley-Jins formulasini olindi, ya’ni
- (1.4)
- bunda – Boisman doimiysi, -nurlanish energiyasi zichligi. Reley-Jins formulasi bilan faqat rasmdagi shtrixlangan qism tushuntira olinadi (past chastotalar sohasi). Reley-Jins formulasiga asosan nurlanish energiyasining to‘la intensivligi cheksiz orta borishi kerak. Eksperiment natijasiga ko‘ra to‘la nurlanishning intensivligi cheklidir. Shunday qilib, hosil qilingan formulalar tajriba bilan keskin qarama-qarshi chiqdi.
|
| |