|
Vertikal shaxta stvollarini o'tish jarayonlari Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 24,01 Kb. | | #154636 |
Bog'liq вертикал шахта стволлари
Vertikal shaxta stvollarini o'tish jarayonlari
Reja:
1.Tayyorlash davri haqida umumiy ma’lumotlar.
2.Vertikal stvollar ko‘ndalang kesimining shakli va o‘lchamlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tayyorlash davri haqida umumiy ma’lumotlar.
SHaxta stvolida og‘iz (yuzaga yotuvchi yuqori qism), haqiqiy stvol va suv yig‘ishga xizmat qiluvchi, stvol bo‘ylab oquvchi, shuningdek, skipli ko‘tarilishdagi yuklash paytida skiplarni joylashtirish uchun xizmat qiluvchi zumpf mavjud.
Agar stvol kompleks yordamida o‘tsa, unda uning montaji va xavfsiz foydalanish uchun stvolning texnologik qismi (texnologik chiqindi) zarur. Texnologik qism chuqurligi kompleks turiga bog‘liq holda qabul qilinadi. U 30-70 m.dan kam bo‘lmagan uzunlikka teng.
Stvolni qurishda dastlab tayyorlash davri o‘tkaziladi. Bu davr maydon ichi va maydon tashqarisidagi ishlarni o‘z ichiga oladi, qaysiki bevosita konning (shaxtaning) sanoat maydonida, hamda undan tashqarida bajariladi. Maydon tashqarisidagi ishlar tarkibiga magistral yo‘llarni barpo etish bo‘yicha ishlar: tashqi shaxobcha temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari, aloqa yo‘llari, transformator podstansiyali elektr uzatish yo‘llari, suv oladigan inshootli suv quvuri yo‘llari va boshqalar kiradi. Tashqi maydonli ob’ektlar bo‘yicha ish hajmi juda turlicha va bu joylarning o‘zlashtirilishiga bog‘liq.
Kon sanoat maydonidagi tayyorlash ishlariga quyidagilar kiradi: maydonni rejalashtirish, aloqa yo‘li o‘tkazish, turli vazifali yo‘llar qurilishi, stvollarni ta’minlash, stvollar texnologik qismini barpo etish, stvol oldi komplekslari binolarini tiklash, jihozlarni montaj qilish, stvollarni jihoz komplekslari bilan ta’minlash. Bundan tashqari, bu davrda stvollar kovlab o‘tilishi uchun zarur vaqtinchalik va doimiy bino hamda inshootlar (kompressor xonasi, qozonxona, elektropodstansiya) quriladi.
SHaxtalarni qurishda tayyorlash ishlari davomiyligi asosan shaxta quvvatiga hamda stvollar ( maydonlar) soniga, qabul qilingan kovlab o‘tish texnologik sxemasi va stvollar ta’minlanishiga, shuningdek, qurilish ehtiyoji uchun ishlatiladigan doimiy ob’ektlar hajmiga bog‘liq.
SHaxta og‘izlarini qurish va texnologik chiqindi bo‘yicha kompleks ishlarga quyidagilar kiradi: texnologik qism kovlab o‘tilishi uchun yuzani ta’minlash, vaqtinchalik kovlab o‘tish jihozlari montaji, jihozlarni qismlarga ajratish (demontaj) va zaboy jihozlari kompleksi montaji hamda belgilangan sur’atda stvol kovlab o‘tish boshlanishini ta’minlovchi boshqa tayyorlash ishlari. Odatda texnologik qismni qurish yakunlanishi bilan stvolning o‘zini kovlab o‘tish uchun yuzani ta’minlash.
Kovlab o‘tishning odatdagi usullari suvi kam va mustahkam (turg‘un) jinslarda qo‘llaniladi, bunda suv zaboydan yuzaga kajavalar yoki nasoslarda olib chiqiladi, stvol devorlari esa doimiy mustahkamlash inshooti (krep) tiklangunicha mustahkam bo‘lib qoladi.
Odatdagi usulda stvolni kovlab o‘tishda qurilishni tashkil qilishning ishchi loyihasi quyidagi tartibda bajariladi: berilgan sharoitlar uchun tavsiya qilingan kovlab o‘tish sxemasi va kovlab o‘tish jihozlari tanlanadi, jarayonlar bo‘yicha ishlar texnologiyasi loyihalanadi, lahim kompleks me’yori chamalab chiqiladi, kovlab o‘tish brigadasi tarkibi hamda kovlab o‘tish davri davomiyligi aniqlanadi, zaboyda ishlarni tashkil qilish jadvali tuziladi. Kovlab o‘tishning maxsus usullari stvol zaboyida suv oqimi8 m3/s. dan ko‘proq bo‘lganda qo‘llaniladi.
|
| |