|
Vertikal stvollar ko‘ndalang kesimining shakli va o‘lchamlari
|
bet | 2/2 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 24,01 Kb. | | #154636 |
Bog'liq вертикал шахта стволлариVertikal stvollar ko‘ndalang kesimining shakli va o‘lchamlari.
Kon-ruda sanoatida asosan stvollar ko‘ndalang kesimining aylana (dumaloq) va to‘g‘riburchakli shakllari qo‘llaniladi. To‘g‘riburchakli shakllar yog‘och bilan mustahkamlangan, uncha chuqur bo‘lmagan (150 m.gacha) stvollar uchun sochilma oltin qazib oluvchi konchilik korxonalarida qo‘llaniladi. Aylana shakl eng ko‘p tarqalgan shakldir. Ruda sanoatida yorug‘likda aylana stvollar kesimi diametri 0,5 m. oraliq intervalli 4 m. dan 8 m. gacha chegarada turlargaajratiladi. Ko‘ndalang kesimning aylana shakli to‘ri burchakliga qaraganda tog‘ bosimiga qarshi ancha yuqori qarshilikka, stvol bo‘ylab havo harakatiga kam qarshilikka ega. U uzoq muddatli foydalanishlarda qo‘llaniladi.
Erigan sochilmalarda vertikal stvollar yog‘och bilan mustahkamlangan. Ko‘tarma idishlarning (skiplar yoki skip-katak qutili) soni, turi, o‘lchamiga bog‘liq holda stvollar xomaki o‘lchamlarga ega: 4,0X 4,3 (asosiy skip-katak qutili stvol), 2,83X4,91 va 2,62X3,66m (turli vazifali yordamchi stvollar. Stvol maydoni quyidagi bo‘linmalarga bo‘linadi: ko‘tarmali, zinali va quvur kabelli.
YOrug‘likda asosiy stvol diametri grafik usulda ko‘tarma idishlar, armaturlash, zina bo‘linmalari, quvurlar, kabellarni joylashtirishni hisobga olgan holda aniqlanadi. So‘ngra topilgan kesim kon ventilyasiyasi sharoiti bo‘yicha tekshiriladi.
YOrdamchi stvollar diametri materiallarni tushirish va ko‘tarishni amalga oshiruvchi katak qutilar gabaritlariga (eng katta tashqi o‘lcham), kon massali vagonetkalarga, shuningdek, ishchilarga bog‘liq.
Rangli metallar ... (Giprotsvetmet) tomonidan rangli metallurgiya konlari uchun yiliga 30 ming t.dan 8000 ming. t. gacha ruda ishlab chiqarish quvvatiga ega stvollar namunaviy kesimlari ishlab chiqilgan.
Qattiq va arqonli armaturlangan stvollar diametrini aniqlashda foydali qazilmalar konlarini ishlab chiqishdagi Xavfsizlik qoidalari jadvallari va ilovalariga amal qilish zarur.
Stvol kesimini tanlash va o‘lchamlarini aniqlash tartibida quyidagilar taqdim etiladi. Katak qutilar yoki skiplar turi va sonini aniqlash uchun bir ko‘tarilishda stvol bo‘ylab ko‘tariladigan yuk kattaligini aniqlash zarur.
Skiplar tuzilishi (konstruksiyasi) o‘tkazgichlarning yonlama ikki tomonlama joylashuviga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Stvolda skiplar bo‘ylama o‘qlari yo‘nalishi, stvol oldi maydonida va yuzada qabul qilingan texnologik sxemalar bilan aniqlanadigan, yuklash va tushirish yo‘nalishiga bog‘liq
Qaytadan quriladigan shaxtalarda qo‘llash uchun vagonetkalar tavsiya qilinmaydi.
Vertikal shaxta stvollarida ko‘tarma idishlarning maksimal bo‘rtiq qismlari, krep va xari o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan oraliqlar er osti usulida rudali, rudasiz, sochilmali konlarni ishlab chiqishdagi YAgona xavfsizlik qoidalariga asosan qabul qilinadi.
Zina bo‘linmalari o‘lchamlari standart o‘lchamlarni hisobga olgan holda qabul qilinadi: polkadagi teshik maydoni 0,6X0,7 m, zina qiyalik burchagi 80°, pog‘onalar o‘rtasidagi masofa 300 mm, zina 1m. polkalar ustida chiqib turishi lozim. Zina asosidan krepgacha masofa 600 mm.
Quvur-kabelli bo‘linma o‘lchamlari quvur va kabellarni mahkamlash soni, diametri va usuliga bog‘liq.
Grafik yo‘li bilan belgilangan yorug‘likda stvol ko‘ndalang kesim maydoni havo harakatining mumkin bo‘lgan tezligiga tekshiriladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda kon sanoat maydonidagi tayyorlash ishlariga quyidagilar kiradi: maydonni rejalashtirish, aloqa yo‘li o‘tkazish, turli vazifali yo‘llar qurilishi, stvollarni ta’minlash, stvollar texnologik qismini barpo etish, stvol oldi komplekslari binolarini tiklash, jihozlarni montaj qilish, stvollarni jihoz komplekslari bilan ta’minlash. Bundan tashqari, bu davrda stvollar kovlab o‘tilishi uchun zarur vaqtinchalik va doimiy bino hamda inshootlar (kompressor xonasi, qozonxona, elektropodstansiya) quriladi.
SHaxtalarni qurishda tayyorlash ishlari davomiyligi asosan shaxta quvvatiga hamda stvollar ( maydonlar) soniga, qabul qilingan kovlab o‘tish texnologik sxemasi va stvollar ta’minlanishiga, shuningdek, qurilish ehtiyoji uchun ishlatiladigan doimiy ob’ektlar hajmiga bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
Grishko A.P. Statsionar mashinalar. - 2-jild. Drenaj, ventilyatsiya va pnevmatik qurilmalar: Universitetlar uchun darslik. - M .: "Konchilik kitobi" nashriyoti, 2007. - 586 b.: kasal.
A.P. Abramov. Statsionar mashinalar. Drenaj inshootlarini loyihalash. - Kemerovo, 2012 yil.
Shaxtalarning statsionar qurilmalari /Jami bo'yicha. ed. B.F. Bratchenko. - M .: Nedra, 1977. - 433 p.
Shevelev, F. A. Suv quvurlarini gidravlik hisoblash uchun jadvallar. Ref. nafaqa. - M.: Stroyizdat, 1984. - 78 b.
|
| |