Fan nomi: Yo„nalishga kirish.
Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi: PhD. R.Ch.Karimov
Ma‘lumotlari: ToshDTU “Elektr ta„minoti” kafedrasi dotsenti
Telefon raqami: +998998115138
E-mail:
raxmatillo82@mail.ru
5-MAVZU.
QAYTA TIKLANMAYDIGAN ENERGIYA MANBALARI
Reja:
5.1. Ko„mir energiyasi zaxiralari.
5.2. Neft energiyasi zaxiralari.
5.3. Tabiiy gaz energiyasi zaxiralari.
5.4. Atom energiyasi zaxiralari.
5.5. Nazorat savollari.
5.1. Ko‘mir energiyasi zaxiralari
Muhandis-energetik hech bo„lmaganda dunyo yoqilg„i zaxiralari to„g„risida
umumiy tushunchalarga ega bo„lishi kerak. Turli xil yoqilg„ilar
turlicha energiya
yig„uvchanlikka ega, 5.1-jadvalda ularning ko„rsatkichlari berilgan.
5.1-jadval
Yoqilg‘i turlari
Shartli
yoqilg‘i
Ko‘mir
Yog‘och
(quruq)
Neft
Gaz
(propan)
Vodorod
Solishtirma
energiya
yig„uvchanligi 10
6
J/kg
kkal/kg
29,3
7000
33,5
8000
10,5
2500
41,9
10000
46,1
10000
120,6
28800
Ko‘mir shaxtalarida ko„mirni yer ostidan qazib
olish va transportirovka
qiluvchi sanoat elektr motorlarni quvvati 1-3 kVt dan 1250-8800 kVt oralig„ida
bo„ladi. Ko„p holatlarda 380 V kuchlanish 660 V bilan almashtiriladi 250 kVt va
undan yuqori quvvatli motorlar uchun 6-10 kV qo„llanadi. Ishlash tartibi PKR.
Ishlash sharoiti og„ir. I-toifaga bosh ventilyator, bosh ko„taruvchi,
qozonxona,
yoritish, suv ta„minoti va boshqalar kiradi.
Ochiq qazib olinadigan kar‘yerlar. Elektr energiyani kar„yerlardagi asosiy
iste„molchilarni ekskavatorlardir. ESh - 14/65 ni quvvati 3516 kVt ni, ESh 80/100
quvvati esa 70 mVt ni tashkil etadi. Elektr energiya ekskavatorlarga egiluvchan 6-
10 kV kuchlanishli
kabellar orqali beriladi, ekskavatorlarni ish tartibi keskin
o„zgaruvchandir. II-toifaga tegishlidir.
Dunyoda ko„mirning
geologik zaxiralari, shartli yoqilg„ida, 12000 mlrd.
tonna deb baholanmoqda. Ulardan 6000 mlrd. tonnasi ishonchli zaxiralarga
tegishli.
5.1-rasmda dunyo ko„mir zaxiralari va ulardan
foydalanish istiqbollari
to„g„risida ma„lumot berilgan.