• 5.3-jadval Mamlakatlarning nomlanishi Ishonchli gaz zaxiralari, %
  • 5.4. Atom energiyasi zaxiralari
  •  Tabiiy gaz energiyasi zaxiralari




    Download 409,74 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/6
    Sana09.12.2023
    Hajmi409,74 Kb.
    #114779
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-ma‘ruza Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari

    5.3. Tabiiy gaz energiyasi zaxiralari 
    Dunyodagi gazni geologik zaxiralari 140-170 trln. m
    3
    deb baholanmoqda. 
    Gaz zaxiralarini mamlakatlar bo„yicha taqsimlanishi 5.3-jadvalda keltirilgan. 
    Neft va gaz nafaqat energetik xom-ash„yo sifatida, balki kimyoviy xom-
    ash„yo sifatida ham qadirli. Hozirgi davrda 5000 ta sintetik ashyolar neft va gazdan 
    olinmoqda. Biroq zaxiralarning faqat 3-5% kimyoviy xom-ash„yo sifatida ishlatil-
    moqda. Neft va gaz konlari yer qa„ridan olinadi va quduqlarning burg„ulanishi 
    bilan baholanadi. Burg„ulanishga ketgan xarajatlar geologik va tog„ qidiruvlariga 
    ketgan xarajatlarning 70% ni tashkil etadi. 


    5.3-jadval 
    Mamlakatlarning nomlanishi 
    Ishonchli gaz zaxiralari, % 
    AQSh 
    27,5 
    Lotin Amerikasi va Qarib dengizi 
    6,2 
    Kanada 
    4,3 
    Rossiya va G„arbiy Yevropa 
    14,4 
    Afrika 
    15,1 
    Yaqin va O„rta Sharq 
    20,6 
    Uzoq Sharq 
    2,3 
    Gaz sanoati o„tgan asrning 50 yillaridan rivojlana boshladi. Dunyo bo„yicha 
    gaz iste„mol qilish, umumiy iste„mol qilinadigan energetik resurslarning 20% ni 
    tashkil qilib, neft va toshko„mirdan so„ng 3 o„rinni egallaydi. Ekologik jihatdan 
    gaz eng toza energoresurs hisoblanadi. Tabiiy gaz zaxiralari bo„yicha MDH 
    mamlakatlari, Osiyo, Rossiya va Eron yetakchi o„rinlarni egallaydilar. 
    Dunyo bo„yicha gaz qazib olish yildan-yilga oshib bormoqda. Hozirgi kunda 
    qazib olinadigan gazning hajmi 4,0 trl. m
    3
    ga yetib qoldi. Gaz ishlab chiqarish 
    bo„yicha dunyodagi o„nlikka Rossiya, AQSh, Kanada, Turkmaniston, Gollandiya, 
    Fransiya, O„zbekiston, Indoneziya, Jazoir, Saudiya Arabistoni mamlakatlari kiradi. 
    Gaz yoqilg„isi asosan G„arbiy Yevropa, Yaponiya va AQSh mamlakatlariga 
    eksport qilinadi. 
    5.4. Atom energiyasi zaxiralari 
    Hamma narsa atomlardan tashkil topgan. Atomlarning elementlari yadro 
    (proton va neytron) va orbital elektrod. Yadroviy energiya proton va neytronlar 
    joylashgan joyda, ya„ni atomning markazida hosil bo„ladi. Kimyoviy element 
    yadrosini bombardimon qilish natijasida energiya hosil bo„ladi. Bu jarayon 
    natijasida yuqori xarorat paydo bo„ladi va bug„ energiyasi yordamida turbina 
    xarakatga keladi. Bu esa atom elektr stansiyasini ishlash prinsipidir. 
    Yuqori harorat va bug„ hosil qilishini ikkita usuli bor: parchalash va 
    qorishma. Parchalash jarayonida gedroni atomlarini ajratish natijasida yuqori 
    harorat va bug„ generatorning bug„ turbinasini xarakatga keltiradi. 
    Parchalangan atom yadrosining o„zaro to„qnashib birlashishi qorishma deb 
    ataladi
    1
    . Lekin bu usulda bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarishda 
    foydalanilmaydi. 
    Parchalanish jarayonida uran kabi og„ir element, neytron yordamida 
    bombardimon qilinadi. Ular ajralishda o„zlaridan kinetik energiya va radiatsiya 
    shaklida energiya ajratadi. Radiatsiya bu mo„„tadil yadrolardan chiqadigan yuqori 
    energetik yorug„lik nurlar yoki subatom zarrachalari. 
    Bu jarayonda nafaqat energiya va radiatsiya hosil bo„ladi, balki uranning 
    yadrosini parchalash uchun qo„shimcha neytornlar bilan ta‟minlaydi va zanjirli 
    reaksiyaga olib keladi. 
    Reaktor muhofaza qobiqni o„z ichiga olgan maxsus qobiqdan tashkil topgan. 

    Download 409,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 409,74 Kb.
    Pdf ko'rish