Radiatsiya turlari va insonga ta’siri, radiatsiyadan himoyalanish




Download 0,73 Mb.
bet1/4
Sana17.05.2024
Hajmi0,73 Mb.
#239916
  1   2   3   4
Bog'liq
Hayot xafsizligi mustaqil ish 1

Radiatsiya turlari va insonga ta’siri, radiatsiyadan himoyalanish.

BAXTIYOROV SARVAR


Radiatsiya soʻzining maʼnosini bilasizmi? Radiatsiya deganda koʻpchilikning xayoliga yadroviy qurollar keladi. Ammo radiatsiya ancha keng tushuncha. Umuman olganda, radiatsiya sifatida har qanday nurlanish, yaʼni zarralar yoki toʻlqin koʻrinishidagi oqimlar tushuniladi. Hatto quyosh nurini ham biz radiatsiya sifatida qabul qilishimiz mumkin.
Kimyoviy jihatdan radiatsiya, yaʼni nurlanish ikki turga boʻlinadi: ionlanmaydigan va ionlanuvchi nurlanish. Ionlanmaydigan nurlanishlar elektronlarni atom yoki molekulalardan ajratishga yetarli boʻlmagan, kuchsizroq energiya bilan farq qiladi. Shunga qaramay, uning quvvati molekulalarni vibratsiyalab, issiqlik ajratib chiqarishga yetarli boʻladi. Ionlanmaydigan nurlanishlarga misol tariqasida, barchamizning uyimizda mavjud mikrotoʻlqinli pechlarning ishlash jarayonini koʻrishimiz mumkin. Pech ishlayotganda ajralib chiqqan ionlanmaydigan toʻlqinlar ovqatni isitadi.
Manba: https://sinaps.uz/maqola/14063/
Ionlanuvchi nurlanishlar esa atomlar darajasida oʻzgarishlar sodir eta oladigan katta kuchga ega. Atomlar darajasida oʻzgarish natijasida elektr bilan zaryadlangan zarralar, yaʼni ionlar paydo boʻladi. Katta miqdorlarda ushbu nurlanish turi tirik hujayralarni ogʻir zararlab, hatto DNKda oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Odatda biz radiatsiya haqida gapirganimizda aynan ushbu holat nazarda tutiladi. 
Ionlanuvchi nurlanishlar barqaror boʻlmagan atomlardan ajralib chiqishi mumkin, atomlar nisbatan stabil holatga oʻtganda, oʻzidan energiyani chiqarib yuboradi. Yadrolarning ushbu xususiyati radiofaollik deb nomlanadi. Stabil holatga oʻtganda esa yadro tomonidan chiqarilgan zarracha yoki toʻlqinlarga bogʻliq holda turli radioaktiv nurlar ajralib chiqadi. 
Manba: https://sinaps.uz/maqola/14063/
Alfa-nurlanishlar. U past kuch bilan modda ichiga kirib borish xususiyatiga ega, shuning uchun hatto oddiy qogʻoz bilan bu nurlanishdan himoyalanish mumkin. Bu turdagi nurlanishlar ichki organ va toʻqimalarga (ichki) taʼsir qilganda xavf tugʻdirishi mumkin, yaʼni terimizga alfa-nurlanishlar taʼsir qilganda hech qanday ogʻriq paydo boʻlmaydi. Odatda alfa-nurlanishlar inson tanasiga ovqat, havo va teri zararlanishi orqali oʻtadi. Manba: https://sinaps.uz/maqola/14063/

Download 0,73 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radiatsiya turlari va insonga ta’siri, radiatsiyadan himoyalanish

Download 0,73 Mb.