|
Radiatsiya turlari va insonga ta’siri, radiatsiyadan himoyalanish
|
bet | 2/4 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #239916 |
Bog'liq Hayot xafsizligi mustaqil ish 1Beta-nurlanishlar. Uning modda yuzasidan oʻtish xususiyati oʻrtacha boʻlib, kiyim gazlamasi yoki yupqa alyuminiy boʻlak unga toʻsqinlik qilishi mumkin. Radiatsiyaning ushbu turi ayniqsa tibbiyot sohasida keng qoʻllaniladi. Ayrim oʻsimtalarni davolash jarayoni bunga misol boʻla oladi. Manba: https://sinaps.uz/maqola/14063/
Gamma-nurlanishlar. U oʻzi bilan yorugʻlik kuchida tarqaladigan va modda yuzasidan oʻtadigan, eng kuchli kuchga ega elektromagnit toʻlqinlarni taqdim etadi. Bu turdagi radiatsiyaga faqat oʻta ogʻir yoki zich boʻlgan toʻsiqlar qarshilik qilishi mumkin. Misol uchun: qalin beton devor. Gamma-nurlanishlar tibbiyotda nur terapiya, mahsulotlarni konservalash va kosmetika sanoatida qoʻllaniladi. Manba: https://sinaps.uz/maqola/14063/
Radiatsiya manbai esa sunʼiy hamda tabiiy turlarga boʻlinadi. Tabiiy radiatsiya manbalari oʻz nomi bilan maʼlum boʻlganidek, kosmik nurlanish, quyosh radiatsiyasi va yer qobigʻi radiofaolligi kabi tabiat kuchlaridan iborat. Sunʼiy turiga esa yadroviy sinovlardan qolgan chiqindilar, atom energetikasi va tibbiyotdagi radiologik jarayonlar, masalan, rentgen kiradi.
Nurlanishning inson tanasiga taʼsiri ham ikki turga, ichki va tashqi taʼsirga boʻlinadi. Ichki turi biz ovqat suv orqali oladigan radiofaol izotoplardan shakllanadi. Misol uchun, banan hamda Braziliya danagi tarkibida radiofaol kaliy-40 moddasi mavjud. Qoʻshimcha misol bu nafas olganimizda ichimizga kiruvchi va ichki taʼsirga ega radon gazidir. Shunday boʻlsada, yuqorida keltirilgan misollar bizning tanamizga past miqdorlarda kiradi, shu tufayli bizga jiddiy xavf tugʻdirmaydi. Faqatgina katta miqdorlardagi radiatsiya sogʻligimizga jiddiy tahdiddir.
Manba: https://sinaps.uz/maqola/14063/
Qanday miqdordagi radiatsion nurlanish tanaga zarar qilmaydi?
Rossiyaning sanitar-epidemiologik qoidalari va normalariga koʻra, yiliga bir millizivert nurlanish miqdori inson hayotiga xavfsizdir. Xavfsiz boʻlgan eng yuqori miqdor esa yiliga 5 millizivert.
Biz odatiy radiatsion fondan qabul qiluvchi miqdor, yiliga 2–4 millizivert orasida aylanadi. Misol uchun, 10 km balandlikdagi aviaparvozda biz oʻrtacha hisobda soatiga 0.003 millizivertga teng nurlanishga duchor boʻlamiz. Bu koʻkrak qafasi rentgenidan kamroqdir.
Manba: https://sinaps.uz/maqola/14063/
|
| |