• 3. ekologik monitoring.
  • Ekologik ekspertiza va ekologik monitoring




    Download 64,5 Kb.
    Sana19.05.2024
    Hajmi64,5 Kb.
    #244242
    Bog'liq
    Ekologik ekspertiza va ekologik monitoring


    EKALOGIK NAZORAT EKALOGIK MANITORING EKALOGIK EKSPERTIZA

    Reja:



    1. Davlat ekologik ekspertizasi va uning asosiy maksadi.
    2. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil kilish, utkazish, xujjatlarga bulgan talablar va uning xulosalari.
    3. ekologik monitoring.

    .


    “Ekspertiza” atamasining asl ma`nosi “tekshiruv”, “taxlil” dir. ekologik ekspertizani o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza қilish davlat қo`mitasi tomonidan қabul қilingan maxsus қaror (1993 yil 4 may M:8-TK sonli қaror) asosida amalga oshiriladi.
    Mazkur қaror қuyidagilarni belgilaydi:
    Xalқ xo`jaligi ob`ektlarini va komplekslarini ko`rish loyixalari va texnika—iқtisodiy asoslarini Davlat ekologik ekspertizasidan (Dee) o`tkazishning bir xil tartibini belgilaydi.
    Dee dan o`tkazish paytida tomonlar (ya`ni, buyurtmachi va
    loyixalash tashkilotlari)ning vazifalari va javobgarliklarini
    belgilaydi.
    Mazkur қarorni bajarish қuyidagi muassasa va tashkilotlar uchun asosiy vazifa қilib belgilangan:
    O`z faoliyatida salbiy ekologik oқibatlarni bartaraf etish yoki
    ularni engillatishga jamiyat oldida kafillik beruvchi loyixa—
    xujjatlarga buyurtma beruvchi tashkilotlar.
    Loyixa—xujjatlarni ishlab chiқuvchiga va buyurtma beruvchiga
    ekologik xavfsizlikni ta`minlashga kafillik beruvchi
    tashkilotlar.
    Tabiatdan foydalanish va atrof-muxitni muxofaza қilishni
    nazorat қiluvchi davlat tashkilotlari.
    Atrof-muxit musaffoligini saқlab қolish, atmosfera xavosi, suv xavzalari, tuproқ, o`simliklar dunyosi ifloslanishning oldini olish maқsadida yangitdan vujudga keltiriladigan қanday muҳandislik loyiҳasini uning katta-kichikligidan қat`i nazar avvalo Davlat ekologik ekspertizasidan o`tkaziladi. Bu majburiyat 1992 yil 9 dekabrda kabul kilingan “Tabiatni muҳofaza қilish to`ғrisidagi қonun”da xam yozib қuyilgan.
    Dee ning maқsadi - xo`jalik korxonasining tevarak-atrof xolatiga nisbatan ekologik xavfini aniқlash, ushbu xavf darajasi— ning me`yoriy ko`rsatgichlarga nisbatan қanchalik kattaligini baxolashdir. Dee dan o`tkazilishi shart bo`lgan loyixada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi chora-tadbirlar ilmiy jixatdan asoslangan bo`lishi zarur.
    Dee sidan sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, konlar, shaxar қurilishi, chiқindilar to`planadigan joylar, ularni ko`mib yoki yondirib zararsizlantirish maxsus joylari, kimyoviy moddalar va ular ishlatiladigan ҳududlar va boshқa xo`jalik ob`ektlari loyiҳalari albatta o`tkaziladi. Loyixada xo`jalik ob`ektlarining uz faoliyati davrida atrof-muxitga zarar etkazishi oldi olingan bo`lsa, ya`ni maxsus tozalash қurilmalari va inshootlari mavjud bo`lgan taқdirda, ushbu loyixani amalga oshirishga ruxsat beriladi.
    Toglardagi daryo xavzalarida ishga tushirilishi lozim bo`lgan ma`dan konlari, ularning boyitish fabrikalari loyixalari ekolo gik ekspertizadan maxsus mutaxassislar ishtirokida o`tkaziladi.
    Chunki bunday nozik loyixalarda texnologik tizim yoki ma`danlarni saқlash joylaridan ularning bir қismi soy suvlariga aralashishi butun xavzada noxush oқibatlarga olib kelmasligiga xech kim kafolat bera olmaydi.
    Binobarin, ekspetriza chorida ro`y berishi mumkin bulgan mazkur noxush xodisaning қanday oldi olinishi mumkinligi xamma tomonlama chuқur tekshiriladi.
    Dee si asosan Tabiatni muxofaza қilish davlat ko`mitasida o`tkaziladi.
    Dee ni o`tkazish uchun me`yoriy manbalar sifatida қuyidagi 3 ta xujjat asos қilib olinadi:
    1. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1992 yil 9 dekabrda
    қabul қilingan “Tabiatni muҳofaza қilish to`krisida”gi қonun;
    O`zbekiston Ruspublikasi Tabiatni muxofaza қilish davlat
    қo`mitasining 1992 yilda tasdiқlangan xalқ xo`jaligi va kompleks—
    larini ^urish uchun maydon tanlashda texnika-iқtisodiy asoslar va
    loyixalarni ishlab chiқishda (rekonstrukciyalashda), kengaytirish va
    tsxnik қayta jixozlashda atrof-muҳitga ta`sirini baxolash
    tartibi to`krigidagi yo`riқnoma (ingtrukciya);
    Korxonalar, binolar va inshootlarni қurish uchun loyixa
    xujjatlarning tarkibi, ularni ishlab chiқish va muvofiқlashtirish
    tartibi to`ғrisidagi 1.02.01-85 raқamli sanitar me`yor va қoidalar
    yo`riқnomasi.
    Umuman olganda, Dee sini o`tқazish paytida қuyidagi masalalarga e`tibor beriladi:
    1. Xo`jalik faoliyatida vujudga kelgan ekologik xavf darajasini
    aniқlash;
    Tabiatni muxofaza қilish қonun va қoidalari talablariga
    xo`jalik faoliyatini mos kelishi yo kelmasligini baxolash;
    Loyixalarda tabiatni muxofaza қilishga қaratilgan chora-tadbirlarning ilmiy asoslanganligi va etarliligini aniқlash.
    Қuyidagi ob`ektlar Dee sidan o`tishlari kerak:
    1. Ishlab chiқarish kuchlari va xalқ xo`jaligi tarmoқlarini
    joylashtirish va kengaytirishning sxemalari va asosiy
    yo`nalishlari, koncepciyalari , davlat rejalari va loyixalari.
    2. Barcha turdagi қurilishlar uchun tanlangan maydonlar, қurilish
    materiallari, rejadagi va rejadan oldingi (agar korxonani
    kengaytirish lozim bo`lsa) loyixa xujjatlari.
    Tabiiy resurslardan foydalanish va xo`jalik faoliyatini
    belgilovchi instruktiv—uslubiy loyixalar va me`yoriy—texnik xujjatlari.
    Yangi moddalar va materiallar yaratish bo`yicha texnika va
    texnologiyalar, xujjatlar, maxsulot standartlari, shu jumladan
    xorijdan olib keladigan texnika va texnologiyalar, yangi maxsulotlar, ularning tarkibi va davlat andozalariga mos kelishi xujjatlari.
    O`zbekiston Respublikasiga keltiradigai va undan olib chiқib
    istiladigan maxsulotlar va kimyoviy moddalar.
    Ayrim xududlar, aloxida joylar va ob`ektlarning ekologik
    vaziyatlari.
    Yangi maxsulot ishlab chiқarish jarayonida vazirliklar, boshkarmalar, korxonalar, buyurtmachi va xujjatlarni tayyorlovchi tashkilotlar o`rtasida ekologik masalalar bo`yicha kelishmovchilik kelib chiққanda, respublika xududida pudrat asosida yoki xamkorlikda қurilayotgan қo`shma korxonalarga yangi texnika va texnologiyalar, materiallar va moddalarning ayrim turlari keltirilganda ekspertiza o`tkazilishi zarur.
    Yukorida ko`rsatib o`tilgan xujjatlarni Dee dan o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Bosh Davlat ekologik ekspertizasi topshirigiga binoan viloyat tabiatni muxofaza қilish davlat қo`mitalari ekspertlari tomonidan mas`ul tashkilotlar vakillarini jalb қilingan xolda amalga oshiriladi.
    Yangi texnika va texnologiyalar, materiallar va moddalarni yaratish bo`yicha ҳujjatlar қuyidagilardan iborat bo`lishi kerak:
    Texnik vazifa.
    Texnik shartlar loyiҳasi.
    Texnik saviya va sifat kartasi.
    ekspluataciya қilish bo`yicha yo`riқnoma loyixasi.
    Yangi maҳsulotning texnik vazifasi.
    Standart.
    7. Sanitar—gigienik va tabiatni muҳofaza қilish me`yor va қoidalariga mos kelishi to`krisidagi ma`lumotnoma.
    8. Rejalashtirilayotgan ishlab chiқarish dasturi to`ғrisidagi ma`lumotnoma.
    9. ekspluataciya davrida atrof—muҳitni ifloslantiruvchi chiқindilar, tashlamalar va ularning solishtirma (rejalashtirilgan) miқdori.
    10. Chiқindi va tashlamalarni neytrallash, ularni ushlab қolish, қayta ishlash yoki zararsizlantirish usullari va manbalari xaқida ma`lumotnoma.
    11. Ishlab chiқarilishi mo`ljallanayotgan yangi maҳsulotning ekspluataciya қilish davridagi ekologik oқibatlar (atrof-muxitga ta`sirini baҳolash natijalari) to`grisidagi ma`lumotnoma.
    12. Yangi maxsulotni ishlab chiқayotganda tabiatni muҳofaza қilish me`yorlariga va talablariga rioya қilinishini nazorat қilish natijalari to`grisidagi tarmoқ xulosalari.
    Shuni aloҳida ta`kidlash kerakki, ekologik ekspertizaga topshiriladigan ҳujjatlar қuyidagi tavsifnomalardan iborat bo`lishi kerak:
    1. Chiқindilar, oқindilar, tashlamalar, ularning turlari, fizikaviy—kimyoviy tarkibi, ularning ҳajmi, xavflilik darajalari, biologik chidamliligi, portlash қobiliyatlari va me`yoriy қiymatlariga nisbatan taққoslangan moddiy va energetik balans ҳisoblari .
    2. Me`yoriy қiymatlar va parametrlarga taққoslangan shovқin,
    vibraciya (tebranishlar).elektromagnit maydon, ionizaciyalanuvchi va
    issiқlik nurlanishlarning tirik organizmlar va tuproқ қatlamiga
    ta`siri, sanitariya ҳimoya mintaқalari va sanitariya buzilish
    o`lchamlarining ҳisoblangan va tajriba natijalari.
    ekologik - texnogen tavsifnomalarga қuyidagilar kiradi:
    1. Chiқindisiz va kamchiқindili, resurslar va energiya tejovchi
    texnologik echimlarning sxemalari;
    2. Ҳavoga va suvga tashlangan chiқindilarni tozalash tizimlarining sxemalari.
    3. Chikndilarni tashlash usullari, ularni kayta ishlash sxemalari va principlari.
    4. Ishlatish muxlatini utab bulgan asbob uskunalar va jixozlarni zararlantirish principlari va sxemalari.
    Adabiyotlar:


    1. Abdullaev O., Toshmatov Z., Uzbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 1992 y.
    2. Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.Ukituvchi, 1997, 112b.
    3. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.Ukituvchi, 1995, 320 b.
    4. Tuxtaev A.S. ekologiya. T.Ukituvchi, 1988, 192b.
    5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.Ukituvchi, 1994
    6. www.ziyonet.uz



    Download 64,5 Kb.




    Download 64,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekologik ekspertiza va ekologik monitoring

    Download 64,5 Kb.