|
Reja: Kislotalar, asoslar,tuzlami biologik o’bektlari
|
bet | 1/5 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 25,67 Kb. | | #140518 |
Bog'liq Kislotalar, asoslar ,tuzlami biologik o’bektlaridan ajratib olish va aniqlash usullari
Kislotalar, asoslar ,tuzlami biologik o’bektlaridan ajratib olish va aniqlash usullari
Reja:
1. Kislotalar, asoslar ,tuzlami biologik o’bektlari
2. Ajratib olish va aniqlash usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Biz o‘zimizning kundalik maishiy turmush tajribamizdan kelib chiqib, ayrim moddalarning o‘ta faol korrozion xossalarga ega ekanini yaxshi bilamiz. Masalan, avtomashina akkumulyatoridagi kislota kiyimga tegib ketsa, u kiyimning o‘sha joyini darhol kuydiradi va teshib qo‘yadi (yemirib yuboradi). Biz uyni tozalash, xususan, kafellar va vannani artish uchun ba'zan ammiak eritmalaridan, yoki, boshqa tozalash vositalaridan foydalanamiz. Ushbu korrozion faol moddalar kimyogarlarga professional tilda kislotalar va asoslar nomi ostida yaxshi ma'lum.
Yuzaki jihatda ularni o‘zaro farqlash unchalik ham qiyin emas. Kislotalarning ta'mi nordon bo‘ladi va indikator qog‘ozni (lakmus qog‘ozini) qizil rangga bo‘yaydi. Asoslar esa, qo‘lga tekkanda, sovun singari sezgi uyg‘otadi va indikator qog‘ozni ko‘k rangga bo‘yaydi. Lekin, kimyogarlar bu kabi fenomenologik aniqlash usullari bilan kifoyalanmaydilar. Ular, moddaning aynan kislota yoki, asos bo‘lib qolishiga molekulyar darajadagi sabab nima ekani haqidagi savol bilan ko‘proq qiziqadilar. Mana, deyarli bir asrdan ko‘proq muddat o‘tibdi-ki, kimyogarlar kislotalar va asoslarni eng fundamental miqyosda farqlash ustida kalla qotirib kelmoqdalar.
Kislotalarga ta'rif berishga qaratilgan birinchi urinish - 1778-yilda Antuan Lavuaze tomonidan amalga oshirilgan edi. U, o‘sha paytda trendda bo‘lgan flogiston nazariyasini inkor etuvchi qator ilmiy tekshirishlar olib borgan va yonish jarayonida aynan qanday fizik-kimyoviy hodisalar sodir bo‘lishini ko‘rsatib bergan edi. Lavuaze, moddalar yonayotganda ular bilan birikib oladigan havodagi gazni kislorod (oxygen) deb atagan. Bu so‘zning ma'nosi "kislota tug‘diruvchi" degani bo‘lib, lekin, Lavuaze nom tanlashda biroz adashgan edi. U barcha kislotalar tarkibida albatta kislorod bo‘ladi deb ishongan va shu sababli, havoda 21% ulushda mavjud bo‘lgan, hamda, yonishga yordam beradigan gazni aynan "kislota tug‘diruvchi" deb nomlab qo‘ygan.
|
| |