AQSh
9.8
Lotin Amerikasi va Karib dengizi
7.0
Kanada
2.1
G„arbiy Yevropa
0.5
Afrika
8.1
Yaqin va O„rta Sharq
60.9
Dunyoda neftni geologik zaxiralari 200 mlrd. tonna deb baholanmoqda,
ulardan 53 mlrd. tonnasi ishonchli zaxiralarga kiradi. Neftni ishonchli zaxira-
larining yarmidan ko„pi O„rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida joylashgan. Eng
malakali ishchi kuchlari joylashgan rivojlangan G„arbiy Yevropa mamlakatlarida
katta bo„lmagan neft zaxiralari jamlangan.
Neftni tez sur‟atlar bilan iste„molini o„sishi uchta asosiy sabab bilan
ifodalanadi:
- transportni barcha turlarini rivojlanishi va (birinchi navbatda avtomobil va
aviatsiya) ular uchun suyuq yoqilg„ini hozircha almashtirish imkoniyati yo„q;
- qazib olish, tashish va foydalanish ko„rsatkichlarni yaxshiligi (qattiq
yoqilg„ilarga nisbatan);
- qisqa vaqt ichida va kam sarf-xarajatlar bilan tabiiy energetik manba-
laridan foydalanishga o„tish.
Neft zaxiralari va iste„molchilarining joylanishidagi tafovuti, neft tashish
usullarini rivojlanishi va yiriklashishiga olib keldi, masalan katta diametrli (1
metrdan katta) uzatuvchi quvurlarning va katta yuk ko„tarish qobiliyaitiga ega
bo„lgan tankerlarning qurilishi.
Hozirgi kunda neft sanoati dunyo yoqilg„i – energetika sanoatining yetakchi
tarmog„i hisoblanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda neft zaxiralari 86% ni, qazib olish esa 50%
ni tashkil qiladi. Eng katta neftga boy hududlarni Fors qo„ltig„i mamlakatlari va
Rossiya tashkil qiladi.
Hozirgi kunda dunyoning 80 mamlakatida neft qazib olinadi. Eng katta neft
ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga Saudiya Arabistoni, AQSh, Rossiya, Eron,
Meksika, Xitoy va Venesuyelalar kiradi. Neft ishlab chiqaruvchi va neft mahsu-
lotlarini iste„mol qiluvchi mamlakatlar o„rtasida juda katta masofa mavjud. Neft va
neft mahsulotlarini bir mamlakatdan ikkinchisiga yetkazib berish uchun katta
masofalarga katta diametrli sifatli po„latdan tayyorlangan quvurlar qo„llaniladi.