Reaktor qobig„i tizimida buzilish hollarini kamaytirish maqsadida u og„ir beton va
po„latdan qurilgan. Shu bilan birga atom elektr stansiyalari
reaktorni sovutish
bo„yicha favqulodda zaxira sxemalariga ega. Bor neytronlarni juda tez yutadigan
element hisoblanadi. Neytronlarning yutilishi, yador reaksiyasini davom ettirmay-
di, natijada reaktor ish faoliyatini to„xtatadi.
Yadroviy reaktorlarda reaktorning aktiv zonasini qamrab oluvchi yuqori
bosim ostidagi po„lat qoplamlar keng qo„llaniladi. Reaktorning
aktiv zonasi uran
yoqilg„isidan tashkil topgan. Yoqilg„i silindrli diametrda yarim dyumli sopol
idishga solinadi va yoqilg„i trubkasi deb ataladi. Trubkalar gruppa holda joyla-
shadi. Yoqilg„i yig„indisini gruppasi reaktorning aktiv zonasini yuzaga keltiradi.
Issiqlik energiyasini ishlab chiqarishni nazorati
yadroli reaktorlarda ney-
tronni yutadigan materiallarni ishlatish bilan amalga oshiriladi. Ushbu materiallar
yoki elementlar yoqilg„i ichiga joylashtiriladi. Barcha sterjenlar o„zakka o„rnatil-
ganda neytronlar ko„p yutiladi. Issiqlik bermaydigan zanjirli reaksiya sekinlashadi
yoki to„xtaydi. Boshqarish tizimi yuritmasi elektrostatsiyani haqiqatda chiqaradi-
gan quvvatini boshqaradi
2
.
1990 yilga kelib dunyoning 20 ta davlatdagi
atom elektr stansiyalarning
(AES) umumiy quvvati 140500 MVt ga teng bo„ldi. 2010 yilga kelib ularning
quvvati taxminan 900-100 ming MVt bo„lishi kutilmoqda.
Ilm va muhandislik fikri hozirda yangi energiya turi, boshqariladigan termo-
yadro sintezi ustida ishlamoqda. Bunda dengiz suvidagi vodorod izotoplaridan
foydalaniladi. Sintez reaksiyasi natijasida 1 kg gazsimon deytriydan 10000
tonna
ko„mirni yoqgandagi energiyaga teng energiya olinadi. Termoyadro sintezidan
radioaktiv chiqindilar chiqmasligi ham hozirda kelajak energiyasini olish yo„lida
bir qancha texnik muammolar mavjud.
Hozirgi kunda yer yuzidagi 30 mamlakatda atom elektr stansiyalari bo„lib,
ular umumiy iste‟mol qilinadigan elektroenergiyaning 17 % ni ishlab chiqadi.
Yer yuzidagi atom elektr stansiyalarining o„rnatilgan quvvati 360 GVt ni
tashkil qiladi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar – AQSh da 98 GVt, Fransiyada
63 GVt, Yaponiyada 44 GVt, Angliyada 13 GVt, Rossiyada 20
GVt va
Germaniyada 22 GVt elektr energiya ishlab chiqiladi.
Xalqaro MAGATE tashkilotining ma‟lumotiga qaraganda AESlar uchun
yadro yoqilg„isi zaxiralari hech qanday muammo tug„dirmaydi. Yadro yoqilg„isi
xom-ash„yosi - boyitilgan uranning zaxiralari dunyodagi barcha AESlarni 3000 yil
to„xtovsiz ishlashiga etadi.
Dunyodagi 50 mamlakatda uran rudasi resurslari mavjud,
ammo uni faqat-
gina 25 mamlakat ishlab chiqaradi. Uran qazib olish bo„yicha Kanada (yiliga 8500
tonna), Avstraliya (6500 tonna), Namibiya va Nigeriya (har qaysisi 2900 tonna-
dan), hamda Rossiya (2600 tonna) mamlakatlari etakchi o„rinlarni egallaydilar.
Uran xom-ash„yosini qazib olish uchun 1 kg ga 40 dollar xarajat qilinadigan dunyo
zaxiralari 1,32 mln.tonnani tashkil qilsa, 1 kg ga 130
dollar xarajat qilinadigan
zaxiralar 4 mln. tonnani tashkil qiladi. Dunyodagi barcha AES-larni ishlashi uchun
64 ming tonna uran talab qilinadi.