lanish texnologiyasining mukammallashtirilganligi tufayli, elektrostansiyalarning
atrof-muhitga chiqarayotgan zararli chiqindi gazlarning kamaytirilganligidir.
Toshko„mirning dunyodagi zaxiralari 1,2 trln. tonnani tashkil qiladi. Uning
66% AQSh, MDH mamlakatlari, Fransiya, Germaniya va Avstraliya kabi iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarda joylashgan.
Ko„mir qazib chiqari bo„yicha Xitoy, AQSh, Rossiya, Polsha, Hindiston,
Avstraliya, Germaniya, Shimoliy Afrika Respublikasi, Ukraina va Qozoqston
mamlakatlari dunyoda etakchi o„rinlarni egallab kelmoqdalar. Neft va gazga
qaraganda toshko„mir atigi 8% eksport qilinadi. Eksport asosan AQSh, Avstraliya
va MDH mamlakatlaridan qilinadi. Asosiy import qilinadigan mamlakatlar –
Yaponiya, Koreya Respublikasi, Italiya, Kanada, Fransiya, Gollandiya, Angliya,
Germaniya va Braziliya hisoblanadi.