Yuqori Kuchlanishli ajratgichlar. Ishlash sharoiti va ajratgichlaming tur belgilari




Download 472,74 Kb.
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi472,74 Kb.
#101947
  1   2
Bog'liq
mus motj2


Reja:



  1. Yuqori Kuchlanishli ajratgichlar.

  2. Ishlash sharoiti va ajratgichlaming tur belgilari.

  3. Uzgich ya ajratgich yuritmalari.

Umumiy ma’lumotlar. Ajratgich — bu yuqori kuchlanishli kontaktli kommutatsiyalovchi apparat bo‘lib, kuchlanishni ulash yuklama yo‘g‘ida, ya’ni toksiz zanjimi manbadan ajratish uchun xizmat qiladi.


Ajratgichlar elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilganda, tok zanjiri ko‘rinadigan qilib manbadan ajratilishi uchun xizmat qiladi. Bu o‘zining asosiy xizmatidan tashqari ajratgichlar boshqa maqsadlar uchun ham xizmat qiladi, chunki uning konstruksiyasi buni bemalol bajara oladi.
Taqsimlovchi qurilmalar (TQ)ni bir shina tizimidan ikkinchisiga tok uzmasdan uzib ulash;
Uzilgan va ajratilgan tizim uchastkalarini ajratgich yordamchi pichoqlari bilan yerga ulanadi (bunday pichoqlar ajratgichda ko‘zda tutilgan).
Ajratgich — bu TQ larda keng tarqalgan apparat bo‘lib, TQ sxemasi va konstruksiyasi bilan uzviy holda bog'langa. TQ ning sxema va konstruksiyalari har xil bo‘lganligi ajratgichlar konstruksiyalari ham har xil bo‘lishini taqozo etadi.
Tasnif — har xil turdagi ajratgichlaming o‘zaro farqi, asosan, qo‘zg‘aluvchi kontaktlar harakati bilan belgilanadi. Bu belgi bo‘yicha uning quyidagi turlari mavjud:
— vertikal aylanuvchi (tarqaluvchi) (7.1-rasm) va gozontal aylanuvchi. Bularda pichoq tekislik bo‘yicha ushlab tumvchi izolator o‘qiga parallel yoki perpendikular holda harakatlanadi; | — tebranuvchi, bunda uning pichog‘i uni ushlab tumvchi |zolator bilan birgalikda izolator o'qiga parallel bo‘lgan tekislik bo‘ylab harakatlanadi;
— dumalovchi, bunda ajratgich pichog'i uni izolator bilan birga izolator o‘qiga parallel bo‘lgan tekislikda aylanib harakatlanadi;
- ajratkich pichog‘i ushlab turuvchi izolator o‘qiga parallel tekislikda to‘g‘ri yoki ko‘ndalang harakatlanadi;
- pichoqlari yig‘iladigan ajratkichlar. Bularda qaytish va yig‘ilish harakatlari ushlab turuvchi izolator o‘qiga parallel tekislikda bajariladi;
— osma ajratgich, uning pichoqlari uni ushlab turuvchi izolator bilan izolator o‘qiga parallel tekislikda harakatlanadi.

1-rasm. Vertikal aylanuvchi ajratgichlar konstruktiv sxemasi: 1—rama; 2— tayanch izolatori; 3—shinalar ulanadigan boshmoqlar; 4 —pichoq (qo‘zg‘aluvchi kontakt); 5—qo‘zg‘almas kontakt; 6—tezkor shtanga «qulog'i»; 7—pichoq harakatini cheklovchi tirgak; 8— izolasiyali tortish.

Bulardan tashqari, ajratgichlar boshqa ko'rsatgichlar bo‘yicha ham tavsiflanadi. Ular quyidagilar: - o‘matilishi bo‘yicha—ichki, tashqi o‘rnatiladigan ajragichlar. Bular ham, o‘z navbatida, mintaqa parametrlari ko‘ra bo‘linadilar.


Qutblar soniga ko‘ra bir va uch qutbli ajratgichlar. Uch fazali ajratgichlarda qutblar bitta umumiy ramaga joylash tirilgan yoki har bir qutb alohida-alohida ramalarga o‘matilgan bo'lishi mumkin; boshqarish turiga qarab—dastaki «richagli yoki shturvalli, tezkor shtangali» yuritma va motorli (elektr, pnivmatik yoki gidravlik motorli) yuritmali; yerlashtirish pichog‘i bor yoki yo‘qligi bo'yicha; o‘matish turi bo‘yicha (gorizontal, vertikal yoki og‘ma o‘matilgan ajratkichlar). Izolatsiya so‘nishi yo‘li bo‘yicha — A yoki V kategoriyali.
Har xil konstruksiya va turdagi ajratgichlarga qoytiadigan talablar. Elektr qurilmalar sxemasida ajratgichlar juda katta ahamiyat kasb etadi. Ular ishlash puxtaligidan elektr qurilma ishini puxtaligi bog'liq bo‘lib qoladi. Ularga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- havoda elektr zanjirining ko‘zga ko‘rinadigan ajratilinishini hosil qilish (ajratgich elektr puxtaligi kuchlanishning impulsiv maksimal qiymatiga mos kelishi kerak);
- qisqa tutashish told o‘tganda elektr dinamik va termik puxtaligining yetarli bo'lishi; - o‘z-o‘zidan uzilib qolishini ta’minlash;
- foydalanish jarayonida og‘ir axvollarda ulanish va uzilishlar aniq bo'lishi. Ajratgichlar konstruksiyasida izolatorlarning joylanishi shunday bo‘lishi kerakki, tok ajratgichlar qutblaridan emas, balki yerga o‘tib ketsin.
Ajratgichlaming tur belgilari. Ajratgichlar turlari uch-to‘rt harf, chiziqcha va raqamlar bilan belgilanadi. R harfi ajratgich (razyedinitel) ni belgilaydi. Qolgan belgilaming izohi quyidagicha: V—ichki (vnutrennaya) o‘matuv yoki vertikal o‘matuv, N—tashqi (narujnoy) o'matuv, O—bir (odnopolyusnoy) qutbli, F—figurali bajarilgan, D—ikki kolonnali konstruksiya, P—osilgan yoki richag bilan harakatlanuvchi, 3—yeriashtiruvchi pichoq, L—liniyaviy kontakt.
Ajratgich yeriashtiruvchi pichoq bilan yoki usiz bo‘lishi mumkin: yerlashtirish pichog‘isiz seriyalariga—RV, RVR, RND lar; bitta yerlashtirgich pichoqligiga RVZ— IA, RVZ—16, RND—1 lar kiradi. la va 16 belgilari faqat vertikal aylanuvchi ajratgichlardan RVZ va RVZ ga taalluqli bo‘lib, o‘q tomonidagi kontakt (lb) yoki ajraluvchi kontakt (la) (ikkita yerlashtiruvchi pichoqli—RVRZ—2, RNDZ—2) ekanligini bildiradi.
Chiziq yoki harf belgi, raqam ortidan keluvchi kasr sonlari nominal kuchlanish (kV) (surat) va nominal tok (A) (maxraj) ni bildiradi. B—qurilmaning vertikal tuzilishga ega ekanligini, u—kuchaytirilgan izolatsiyali ekanligini aniqlaydi. Nominal tok ortidan keyin keluvchi harflar (U, XL, UXL, T) iqlimga mos maxsus konstruksiyali ajratgich va ulardan keyingi raqamlar (1, 2, 3) o‘matish kategoriyalami belgilaydi.
Ishlash sharoiti. Uzgichni ta’minlash uchun tayyorlashda, u manbadan uzilgan va unga yondashuvchi izolatsiyalangan bo'lishi kerak. Buning uchun uzgichning sxemasidagi ikkala ajratgichlar QSI va OS2 (2-rasm) ajratilgan bo‘lishi kerak. Ajratgichlar zanjirdagi zanjir kuchlanishi va sig‘imi sababli vujudga keluvchi sig‘im to'la—to‘kis uzilishi shart. Bu tok kichik qiymatga ega boiganligi uchun ajratgich kontaktlarida yoy razryad hosil qilmaydi. Uzgich Q ajratilgach ikkala tomonidan QSG1 va OSG2 lar qo‘shimcha pichoqlari yordamida yerlantiriladi.

2-rasm. Ajratgichlar qo'Uanilishini tushuntiruvchi sxema: a—ta’mirlash ishlari uchun izolatsiyalash; v— ulangichlami qayta ulash

TQ dagi ulab-uzishlar tok ostida ajratgichlar yordamida kichik qarshilikli parallel ulangan shoxcha bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Masalan, ajratgichlari QSI va QS2 bo‘lgan ikkita shoxobchada (2-rasm) bitta ajratgichni hech qanday xavfsiz ravishda toki borligida ham uzish mumkin. Bunda ajralgan ajratgich toki ajralmagan ajratgichdan o‘ta boshlaydi tok uzilishi tufayli yoy hosil bo‘lmaydi. Ajralgan ajratgich kontaktlari orasida masofa kuchlanishi ostidagi qo‘shni qutblar orasidagi masofadan katta bo‘lishi kerak. Qo‘shni qutblaming yerlangan qismlari bo'lgani uchun o‘ta kuchlanish davrida razryad faqat kuchlanish ostidagi qutb va yerlangan qism orasida hosil bo‘ladi. Bu liniyada ishlovchi ishchilar havfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, GOST 9920—76 bo'yicha В kategoriyali izolatsiyaga ega ajratgichlarda ular ifloslangan atmosferada ishlaganda, tayanch izolatsiya balandligi iflos atmosfera sharoitidan va izolattor yuzasi namlanishidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bunday izolatsiya balandligi uzilgan kontaktlar orasidagi masofadan katta bo'lishi mumkin.


Keluvchi shinalar, qo‘zg‘almas kontaktlar va ajratgich pichog‘idan kontur hosil bo‘ladi. Bu konturdan QT toki o‘tganda shunday kuchlar hosil boiadiki, natijada ular kontumi to‘g‘rilashga harakat qiladi. Bu kuchlar tok o'zgarishi keskin bo‘lganda, kattalashib ketadi. 1a-rasm pichoqni kontaktdan chiqarib tashlashga harakat qiluvchi kuchlar 1b- rasm dagidan ko‘proq bo‘ladi, chunki birinchi holda tok (uning konturdagi yo‘li punktir chiziqlarda ifodalangan) konturdan o‘tganda o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartiradi, ikkinchi holda esa umuman o'zgartirmaydi. Shuning uchun 1a-rasmda ko‘rsatilgan tezkor shtanga orqali boshqariladigan bir qutbli ajratgichlar mexanik qutblarga ega bo‘lishi kerak. Bu qulflar QT vaqtida o‘z-o‘zidan ajratgich pichog'ini kontaktdan chiqib ketishga yo‘l qo‘ymaydi. Yuritma orqali boshqariluvchi ajratgichlarda qulfga hojat yo‘q, chunki ajratgich pichog‘i yuritma mexanizmi tomonidan ushlab turiladi.
Yolg'on yoki xato operatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ajratgichning asosiy va yerlantiruvchi qo‘zg‘aluvchi kontaktlari qoida bo‘yicha mexanik blokirovkali bo‘lishi zarur, ya’ni asosiy kontaktlar ulanganda yerlatuvchi kontakt uzilgan bo‘lishi shart, aksincha, yeriashtiruvchi kontakt ulanganda asosiylari uzilgan bo‘ladi. Ajratgichlarda mexanik blokirovka o‘miga yuritma orqali blokirovka ham qo‘llanilishi mumkin. Agar asosiy kontaktlar va yerlatuvchi kontakt alohida-alohida yuritmalarda harakatlansa, boshqacha aytganda, individual yuritmalar qo‘llanganda mexanik blokirovkani elektr blokirovkaga almashtirish mumkin. Ajratgichning umumiy va alohida elementlarining mexanik turg‘unligi uning shikastsiz ishlash operatsiyalar soni bilan belgilanadi. Rossiya ishlab chiqargan nominal kuchlanishi 35 kV gacha, nominal toki 6300 A gacha ajratgichlami shikastsiz 2000 marotaba ulab-uzishi mumkin. Nominal kuchlanishi 110 va undan ortiq. kV bo‘lgan ajratgichlarda aytib o‘tilgan son 1000 dan kam emas. Bu motori kuchlanishi katta bo‘lganda 25 uzilish soniga ushbu yuritma orqali bajarilishi va pnevma yuritma esa ushbu ko‘rsatgichlar havo bosimi juda katta bo‘lganda kafolatlanishi kerak.
Ulovchi pichoq holatini nazorat qilish yordamchi zanjir kontaktlari orqali olib boriladi. Har yuritmaga joylashtirilgan bo‘ladi. Bir qutbli operativ shtanga bilan boshqariluvchi ajratgichlarda yordamchi zanjir kontaktlari ajratgich ramasiga o‘matiladi va pichoq izolatsiyalangan tortgichi bilan birlashtiriladi. Ba’zi bir qutb pichoqlarining bir-biridan orqada qolishi 35 kV li ajratgichlarda 3 mm. dan oshmasligi kerak. Boshqa konstruksiyali ajratgichlarda bunday orqada qolishliklar o‘lchami normallanmagan ajratgich ramasi (sokoli)da yerlashtirish uchun alohida bolt ko‘zda tutilgan va uning maydonchasiga yer (zemlya) degan so‘z yozib qo‘yilgan bo‘ladi.
Ajratgichlami puxta ishlashi va havfsizligini oshirish maqsadida iloji boricha uch qutblilarini qo‘llash ma’qul. Operatsiyalarda xato harakatlar bo'lmasligi uchun elektrii yoki mexanikali blokirovkalardan foydalanish zarur. Ular ajratgichni uzgichdan keyin uzilishi mumkinligini kafolatlaydi. Ka — elektr apparatining mumkin bo‘lmaydigan o‘ta yuklanishning normallangan koeffitsiyenti. Ajratgichlar yana qurilma turi, konstmktiv tuzilishi (bir yoki uch qutbli) bo‘yicha ham va xuddi uzgichlardagi kabi shartlar va formulalar bilan tanlanadi. Farqi shundaki, tanlangan ajratgichlar chegaraviy uziladigan tok va quwatga tekshirilmaydi, chunki QT zanjimi uzishlik ajratgichlar vazifasiga kirmaydi.

Download 472,74 Kb.
  1   2




Download 472,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori Kuchlanishli ajratgichlar. Ishlash sharoiti va ajratgichlaming tur belgilari

Download 472,74 Kb.