|
Ajrattichlami tanlash va tekshirish
|
bet | 2/2 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 472,74 Kb. | | #101947 |
Bog'liq mus motj2Ajrattichlami tanlash va tekshirish
Uzgich ya ajratgich yuritmalari.
Yuqori kuchlanish elektr tarmoqlarini ma’lum bir uchastkalarini ulash, uzish va yerlashtirish tegishli kommutatsion apparatlar yordamida bajariladi. Bu apparatlami qo'llash va xavfsiz foydalanish puxta ishlamaydigan yuritmalarsiz mumkin emas.
Yuritma — bu maxsus qurilma bo‘lib, qo‘yiladigan talablarjpi bajarishda kerakli sharoitlar yaratadi. Kommutatsiyahi apparat xizmati va konstruktiv tuzilishiga qarab yuritar ikki guruhqa bo‘linadi: bir tomonlama harakatlanuvchi yuritmalar (ular faqat ulash yoki faqat o'chirish vazifalarini bajaradi) va ikki tomonlama harakatlanuvchi yuritmalar (ular har ikki tomonda ulash va o‘chirish vazifalarini bajaradi).
Tasnif. Ulash va uzishga sarflanuvchi energiya manbayiga qarab, yuritmalar quyidagilarga bo‘linadi:
— dastak, inson—operator muskuli harakati bilan ishlaydigan yuritmalar;
— motorli, tashqi energiya hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki awaldan o'zgartirilgan va boshqa energiya turlaridan foydalanib ishlovchi yuritmalar. O‘z navbatida, motorli yuritmalar harakat turlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
— elektr yuritmalar (elektr magnit va elektromotorli). Bu yuritma elektr energiyasi hisobiga harakatlanadi;
— pnevmatik yuritmalar (awaldan siqilgan havodan harakatlanadi);
— pnevmagidravlik yuritma (siqilgan havo hosil qiladigan kuchli bosim ta’siridagi suyuqlikdan harakatlanadi);
— yuk yuritma (oldindan ko'tarilgan yukning pastga tushayotgandagi energiyasi hisobiga harakatlanadi);
— pirotexnik' yuritma (portlovchi moddaning patron ichida portlaganida hosil bo‘ladigan energiyadan harakatlanadi). Energiyani yuritmaga yetkazish bo‘yicha: — bog'liqli yuritma (bunda kerakli energiya faqat kommutatsiyalash operatsiyasi davridagina yetkaziladi);
— mustaqil harakatli yuritma (bunda operatsiya uchun sarflangan energiya dastavval zaxiralanib, so‘ng u yoki bu operatsiya uchun sarflanadi);
— bog‘liqli yuritmalar ish jarayonida katta energiya iste’- mol qiladilar. Ular ulanish vaqtlari uzgichlarda ishlaganda 0, 1—1,0 s va ajratgichlarda bir necha soniyadan bir necha o‘nlab soniyagacha tashkil qiladi;
— mustaqil yuritmalarga dastakli va elektr magnitli, hamda ba’zi bir turdagi motorlar kiradi. Motor yuritmalar hozirda ishlab chiqarilmaydi, faqat eski chiqarilganlari b |’zi bir qurilmalarda saqlanib qolgan;
— mustaqil yuritmalar energiyani kommutatsiyalash apparat oldidan zaxiralanib (zaxiralash uchun 5—10 soniya hatto ba’zi bir hollarda 1 daqiqagacha vaqt ketadi), so‘ngra ulab-uzish operatsiyasini bajaradi. Bunda unga katta manba talab etilmaydi. Bu yuritmalaming kamchiligi sifatida kommutatsiyalash operatsiyalarga uzoq, vaqt sarflanishini ko‘rsatish mumkin;
— konstruktiv bog‘lanishlar va kommutatsiyalash apparatlar bo'yicha yuritmalar; — tashqariga chiqarilgan (alohida) yuritmalar, ular kommutatsiyalash apparat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki oraliq butin bilan birlashtiriladi;
— Uyg‘unlashgan yuritmalar, ular kommutatsiyalash apparatning ajralmas bo‘lagi hisoblanib, ko‘proq ichkariga o‘matiladi.
Ulanish va uzilish usuli bo‘yicha:
— noavtomatik (dastaki) yuritma (bunda operativ u labuzish faqat inson muskul kuchi xisobiga bajariladi);
— yarim avtomatik yuritma (bunda apparatni ulash inson muskul energiyasini hisobiga bo‘lsa, tezkor o‘chirish distansiyali rele (kalit) bilan yoki dastaki bajarilishi mumkin);
— avtomatik yuritma (bunda tezkor ulash va uzish rele (kalit) yordamida bajariladi. Shuningdek, o'chirish dastaki bo‘lishi ham mumkin).
Xizmat qiladigan apparatning turi bo‘yicha uzgichlar, ajratgichlar, qisqa tutashtirgichlar, cheklovchilar, maxsus apparatlar (o‘lchovchi va boshqalar). Yuritmaning asosiy elementlari. Yuritmaning asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
Kuch qurilmasi. U keltiruvchi energiyani mexanik energiyaga aylanitirish va kommutatsion apparat holatini o‘zgai$rish uchun xizmat qiladi. Dastali yuritmalarda richag (maxovik) bu vazifani bajaradi, motorli elektr yuritmalarda btf vazifa motor zimmasiga yuklangan;
Operatsiyalami bajaravchi va uzatuvchi mexanizm. Ular uch qurilmasidan harakatni apparat mexanizmiga uzatish va lexanizmni yangi holatda ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Operatsiya bajaruvchi mexanizm ham berkituvchi mexanizm bilan kontaktlami boshqaruvchi mexanizmlami tuzadi va past kuchlanishli boshqaruv zanjirlarini ulaydi. Uzgich yuritmasi operatsiyalami bajaruvchi mexanizmida erkin uziluvchi mexanizm bo‘lishi mumkin. Yuritmaning uzatish mexanizmi statik va dinamik ta’sirlarga beriluvchi bo‘ladi.
Berkituvchi (qotiruvchi) mexanizm. U yuritma uzatuvchi mexanizmining puxta ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, u apparatning qo‘zg‘aluvchi qismlaming ham. puxta ishlashiga xizmat qiladi.
Kontaktlami boshqaruv mexanizmi. U unga qo‘yilgan talablami bajarish va signalizatsiya zanjirlarini o‘chirishini ta’minlaydi.
Uzuvchi qurilma. Erkin ajralish mexanizmi yuritma konstruksiyasini murakkablashtiradi va oqibatda uning foydali ish koeffitsiyent qiymatini pasaytiradi.
Yuritmalarga umumiy talablar. Yuritma yaxshi ko‘rinadigan mexanik ko‘rsatkich bilan ta’minlangan. U kommutatsiyalovchi apparatning ulangan yoki uzilgan holatini va bu holatlar yozuvi (VKL va OTKL, V va O) ni ko‘rsatadi. Binobarin, richagli yuritmalarda ko'rsatgich sifatida dastak xizmat qilishi mumkin. Uzgichning o'ziga yoki uzgichga yaqin joydagi yuritmalarda ko'rsatgich bo'lmasligi mumkin. Bu uzgichning o‘zida bo‘ladi.
Prujinali yuritma yozuvlar yozilgan mexanik ko‘rsatmali bo‘ladi. Yerlashtiruvchi pichoqli ajratgich yuritmasi ham asosiy kontaktlar holatini hamda yerlangan pichoqning ulangan yoki uzilgan holatini ko'rsatuvchi mexanik ko‘rsatkichlarga ega.
Dastagi va prujinali yuritmasi bo'lgan uzgichlarda ajratgichlarishi bilan bog‘liq bo‘lgan mexanik bloklash ko‘zda tutilishi kerak. KRU li qurilmalarda bu blokirovka KRU ning o‘zida joylashgan. 35 kV gacha uzgichlar qurilma yuritmasi prujinali bo'lib, bitta operatsiyani qayta ulanmasligi uchun bloklash qo‘llangan.
Uzgich yuritmasi konstruksiyasi:
«mahalliy» tezkor va nooperativ uzishni dastak (richag, tugma va b.lar) yordamida bajarishni ko‘zda tutish kerak.
Ajratgich yuritmasi u ulanganda yoki uzilganda ikkala chet holatlaming eng chekkasiga taqalib turishi kerak. Unga na shamol va na boshqa tasodifiy kuchlar ta’sir ko‘rsata olmasligi kerak. Shuningdek, tok o‘tganida hosil bo‘ladigan elektrodinamik kuch ham ajratgichni o‘z-o‘zidan uzilishiga ta’sir eta olmasligi zarur.
Dastagi yuritmali ajratgichlarda asosiy va yerlatuvchi . kontaktlaming oxirgi-chekka holatlari tirgak bilan qotirilishi kerak, shuning uchun yuritma oxirgi holatlarida mexanizm qo‘llanishi lozim.
Barcha tizimli moyli va vakuumli uzgichlar uchun asosiy talablardan bin berkitish mexanizmining puxta ishlashidir. Bu mexanizm uzgich ulangandagi ulanish holatini puxta ushlab turishi kerak. Shuningdek, uzgichni zanjirdan uzish talab etilganda erkin uzish mexanizmi yordamida istalgan vaqtda uzgichni ushlab turuvchi kuch bor yoki yo‘q bo‘lishidan qat’i nazar, u uziladi, erkin ushlab turuvchi mexanizmga talab, ayniqsa, QT tokini rele himoyasi ishlab yuborganda, uzgichni uzishda katta ahamiyat kasb etadi.
Pnevmatik va gidravlik yuritmalar muhit ishchi bosimi qiymati og'ganda (bu, ayniqsa, boshqaruv klapani oldida— 10% ga o‘zgaiganda) puxta ishlashi talab etiladi; motorli yuritmalar kuchlanish qiymati og'ganda ( 10—20% gacha) ham puxta ishlashi lozim; inersion yuritmalarda ular energiyani to‘plovchi (maxovik) da puxta jamg‘arishlari shart. Barcha turdagi yuritmalarda bosim yoki kuchlanish keragidan pasayib ketsa yoki butunlay yo‘qolib qolsa ham, harakatlanuvchi kontaktlar oraliq holatda qolmaydigan bo'lishlari kerak.
Dastakli yuritmalar. Kuchlanish 35 kV gacha bo‘lgan ichki bir qutbli qurilmalarida operativ shtanga (3-rasm) qo‘llaniladi. U 30—35 mm. diametrli, uzunligi 1,5 dan to 2,7 249 m gacha bo‘lgan getinaksli trubadan tashkil topadi. Nominal kuchlanish qiymatiga qarab shtanga ikkita getinaksli trubalar (3) va b dan iborat bo‘lishi va bu trubalar o‘zaro po‘lat mufta (4) orqali birlashishi mumkin. Trubaga tirgak (6) mahkamlangan. U truba ishchi qismini dastakdan ajratib turadi. Trubaning chap qismiga po‘lat oboyma (2) kiygizilgan.
3- rasm. ShR – 10 turidagi 10kv li tezkor shtanga.
Nakonechnik 1. Truba ichiga presslab o‘matilgan va shtiftga nakonechnik (7) presslangan. Nakonechnik (1) ajratgich ulangan yoki uzilganda, uning pichog‘i teshigiga yoki richag validagi teshikka kirgiziladi.
Dastakli yuritmalar dchagli, shturvalli va chervyakli uzatmalarga ega. Ulash—«vkl» va uzish—«otkl» operatsiyalari richag yoki shturvallami GOST 690—69 bo’yicha ko‘rsatilgan tomonga buriladi. Dastagi richagli yuritmalar ichki qurilmalarda qo‘llanib, dastak uzunligi 200, 250, 350 va 425 mm, shturvallari esa uzunligi 32 0 va 500 mm qilib ishlatiladi. Bunda ajratish pichoqlariga to g ‘ri keladigan kuchlar 245 N dan oshmasligi kerak. Shturvalli va ikki elkali dastakli yuritmalarda statik kuch hir qo‘l bilan bajariladigan operatsiyaga mo‘ljallangan. RV turidagi ajratgichlarda richagli dastak yoki motorli yuritmalar qo‘llanishi mumkin. Dastagi richagli yuritmada (4-rasm) ajratgich vali 90° burchakka burilisfii mumkin. Elektr dinamikali kuchlar la’sirida uzilishi ro‘y bermasligi uchun mexanizm «o‘lik (myortviy))»holatiga yaqin boMishi kerak (shatun ( 1) va qisqa fichag (2) shamir 0 deyarli bir joyda joylashadi). Undan tashqari, o‘lchovchi richag (3) maxsus moslamalar yordamida ulangan va uzilgan holatlarda qayd etiladi. 3 kV toklarda richag (3) chervyak uzatgichga almashtiriladi. Bu shinaga ta’sir kuchini ko‘paytiradi.
6—10 kV lkA ichki kurimalaming 3 qutbli ajratgichlami boshqarish uchun PR—2 turidagi dastaki yuritmalar qo‘llaniladi. Ajratgich bosh pichoqlarini boshqarish uchun PR—3 yuritmasi ham qo‘llaniladi. U PR—2 dan kuchlanish va tok qiymatlarining yuqoriligi, dastak uzunligi va boshqalar bilan farqlanadi.
4-rasm. Ajratgichning richagli yuritmasi.
|
| |