|
2. Gidravlik yuritmalar va elektr yuritmalar
|
bet | 1/5 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 2,9 Mb. | | #138967 |
Bog'liq Презентация Norpulatov Sh.Sh Qurilish mashinalarining kuch uzatmalari va yuritmalari transmissiyaning yig‘ma birliklari. Gidravlik yuritmalar. Elektr yuritmalar. Ichki yonuv dvigatellari. Reja: 1. Qurilish mashinalarining kuch uzatmalari va yuritmalari transmissiyaning yig‘ma birliklari. Gidravlik yuritmalar. Elektr yuritmalar. Ichki yonuv dvigatellari. 2. Gidravlik yuritmalar va elektr yuritmalar. 3. Ichki yonuv dvigatellari. Qurilish mashinalarining kuch uzatmalari va yuritmalari transmissiyaning yig‘ma birliklari. Gidravlik yuritmalar. Elektr yuritmalar. Ichki yonuv dvigatellari. Qurilish mashinalarining quvvat manbalari dvigatellarining soniga qarab, bir motorli va ko‘p motorli, turiga qarab o‘zgarmas va o‘zgaruvchan elektr toki bilan ishlaydigan motorli, ichki yonuv dvigatelli IYoD hamda ko‘p motorli kombinatsiyalashgan yuritmalar (elektrik dizel, gidravlik dizel) dan iborat bo‘ladi. Bir va ko‘p motorli yuritmalar. Bir motorli yuritmalarda bitta kuch manbai hamma mexanizmlarni harakatga keltiradi. Ko‘p motorli yuritmalarda esa, har qaysi mexanizm alohida motor bilan harakatga keltiriladi. Bunda yuritmada turli tuzilishdagi muftalar yordamida mashinaning ayrim mexanizmlari ishga tushiriladi va to‘xtatiladi. Ko‘p motorli yuritmada esa har qaysi mexanizm yoki ularning guruhi alohida dvigatellar (motorlar) bilan harakatga keltiriladi. Ko‘pincha ko‘p motorli yuritmalarda ichki yonuv dvigateli elektr generatorni harakatga keltiradi, generator esa alohida mexanizmlarning elektr yuritmalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Ichki yonuv dvigateli gidronasosni harakatga keltirishi, gidronasos esa suyuqlikni alohida dvigatellarning gidrodvigatellariga uzatishi mumkin. Bir motorli yuritmalarning afzalligi shundaki, bu yuritmaning massasi ko‘p motorli yuritmaning barcha yuritmalarining umumiy massasidan kam bo‘ladi, tayyorlanishi oddiy va arzonga tushadi. Ko‘p motorli yuritmada alohida mexanizmlarning ishini bir-biridan mustaqil ravishda rostlash, transmissiyalar sonini ancha qisqartirish, oson avtomatlashtirish mumkin. Ko‘p motorli yuritmalarning bu afzalliklari gidroyuritmalarning tuzilishi takomillashtirilishi munosabati bilan ulardan tobora keng foydalanishga imkon beradi. Bunda ko‘p motorli yuritmalarning massasi bir motorli yuritmalarning transmissiya bilan birgalikdagi massasiga yaqinlashadi. Bir motorli yuritmaning kamchiligi shundan iboratki, unda alohida mexanizmlarga harakat uzatish uchun ko‘p sonli transmissiya talab etiladi. Bundan tashqari, bir motorli yuritmada harakatga keltiriladigan mexanizmlar o‘rtasida quvvatni mustaqil ravishda taqsimlab bo‘lmaydi. Yuritma, binobarin, dvigatel ish yuklamalarining o‘zgarishini hisobga olgan holda tanlanadi. Mashinaning ish tartibi yuklamalarning o‘zgarish amplitudasi va takroriyligiga, vaqt birligi ichida ulanishlar soniga, reversivligiga va uzluksiz ishlash davomiyligiga bog‘liq.
|
| |