|
2. Gidravlik yuritmalar va elektr yuritmalar
|
bet | 4/5 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 2,9 Mb. | | #138967 |
Bog'liq Презентация Norpulatov Sh.ShGidravlik yuritma nasoslar, ish suyuqligi solingan idish, ilgarilanma (gidravlik silindrlar) va aylanma (gidromotorlar) harakatli gidravlik dvigatellar, nasosdan keladigan ish suyuqligi oqimini gidravlik silindr va gidravlik motorlarga taqsimlovchi gidravlik taqsimlagichlar, suzgichlar, gidravlik trubalar sistemasi va gidravlik bosimni sozlovchi qurilmalardan iborat. Gidravlik nasoslarda ish suyuqligi hosil qilgan bosim ish jihozlari bilan bog‘langan porshen hamda shtok yordamida ilgarilama harakatga, rotor yordamida esa aylanma harakatga o‘zgartirib beriladi. Nasos mashinasining asosiy dvigatelidan harakat oladi. Nasoslar yuritmaning mexanik energiyasini ish suyuqligining oqim energiyasiga o‘zgartirib beradi, ular hosil qilgan bosim va ish unumdorligi bilan xarakterlanadi. Gidromotorlar esa ish suyuqligi oqimining energiyasini mexanik energiyaga o‘zgartirib, mexanizmlarning vallarini aylantiradi va hosil qiladigan burovchi moment hamda valning aylanish takrorligi bilan xarakterlanadi (2.5-rasm). Elektr yuritmalar Elektr yuritmalar Elektr yuritma ko‘pincha qurilish mashinalari statsionar (turg‘un) bo‘lgan holda ishlatiladi. Elektrik energiya mavjud bo‘lganda elektr uzatish liniyalaridan, kabellar orqali ulanadi. Ba’zan qurilish mashinalarining dizel dvigateli qo‘llanilib, generatorga ulanadi, generator energiya hosil qilib boshqa qismlarga uzatadi. Elektr yuritmaning asosiy afzalliklari: Tejamliligi; Avtomatlashtirishni imkoni borligi; Birdaniga yurgazib yuborish oson, qizdirish talab etilmaydi; Boshqarish qulayligi; Qurilish mashinalarini avtomatik ravishda boshqarish mumkinligi. Elektrik yuritmani kamchiligi elektr energiya tashqi manbadan olinadi. Quvvati 10 kvt gacha bo‘lgan mashinalarga 220/380 V kuchlanishda ishlaydigan qisqa tutashtirilgan 3 fazali asinxron dvigatellar ishlatiladi.
|
| |