2. Gidravlik yuritmalar va elektr yuritmalar




Download 2,9 Mb.
bet2/5
Sana16.01.2024
Hajmi2,9 Mb.
#138967
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация Norpulatov Sh.Sh

Ichki yonuv dvigateli gidronasosni harakatga keltirishi, gidronasos esa suyuqlikni alohida dvigatellarning gidrodvigatellariga uzatishi mumkin. Bir motorli yuritmalarning afzalligi shundaki, bu yuritmaning massasi ko‘p motorli yuritmaning barcha yuritmalarining umumiy massasidan kam bo‘ladi, tayyorlanishi oddiy va arzonga tushadi. Ko‘p motorli yuritmada alohida mexanizmlarning ishini bir-biridan mustaqil ravishda rostlash, transmissiyalar sonini ancha qisqartirish, oson avtomatlashtirish mumkin. Ko‘p motorli yuritmalarning bu afzalliklari gidroyuritmalarning tuzilishi takomillashtirilishi munosabati bilan ulardan tobora keng foydalanishga imkon beradi. Bunda ko‘p motorli yuritmalarning massasi bir motorli yuritmalarning transmissiya bilan birgalikdagi massasiga yaqinlashadi. Bir motorli yuritmaning kamchiligi shundan iboratki, unda alohida mexanizmlarga harakat uzatish uchun ko‘p sonli transmissiya talab etiladi. Bundan tashqari, bir motorli yuritmada harakatga keltiriladigan mexanizmlar o‘rtasida quvvatni mustaqil ravishda taqsimlab bo‘lmaydi. Yuritma, binobarin, dvigatel ish yuklamalarining o‘zgarishini hisobga olgan holda tanlanadi. Mashinaning ish tartibi yuklamalarning o‘zgarish amplitudasi va takroriyligiga, vaqt birligi ichida ulanishlar soniga, reversivligiga va uzluksiz ishlash davomiyligiga bog‘liq.

Transmissiyaning yig‘ma birliklari

Transmissiya deb shunday tizimga aytiladiki, uning yordamida Mashinaning alohida tugunlari kinematik bog‘lanib, harakat kuch qurilmalaridan ishchi organlarga yoki boshqa ijrochi organlarga uzatib beriladi.

Transmissiya na faqat harakatni uzatadi, undan tashqari tezlik, burovchi moment, zuriqish kuchlarini qiymati va yo‘nalishini o‘zgartiradi. Transmissiyalar mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrik va kombinatsiyalashgan bo‘ladi. Qurilishda ishlatiladigan mashinalarda mexanik, gidravlik, va kombinatsiyali transmissiyalar keng tarqalgan.

Mexanik kuch uzatmalarining eng oddiy elementlari ya’ni, detallar, zvenolar va uzatmalar transmissiya tarkibida murakkabroq tuzilmalarni ya’ni, kinematik zanjir va mexanizmlarni tashkil qiladi. Kinematik zanjir deb uzatmalar vositasida o‘zaro bog‘langan zvenolar qatoriga aytiladi. Mexanizm qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan bir zvenoli kinematik zanjirdan iborat. Bu zvenoda bir yoki bir necha (yetakchi) zvenolarga harakat berilganda boshqa (yetaklanuvchi) zvenolar ma’lum yo‘nalishda harakatlanadi.


Download 2,9 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Gidravlik yuritmalar va elektr yuritmalar

Download 2,9 Mb.