|
Transmissiya turlari va agregatlari konstruksiyasi Reja
|
bet | 1/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 15,23 Mb. | | #132992 |
Transmissiya turlari va agregatlari konstruksiyasi
Reja:
Avtomobil va traktorlarning transmissiyalari vazifasi va tasniflanishi.
Transmissiyalarning turlari.
Mexanik, gidromexanik, gidroxajmli, elektromexanik transmissiyalar konstruktsiyasi va ishlashi.
Transmissiyalarning tarkibiy tuzilmalari va ularni taqqoslash.
Transmissiyaning vazifasi va turlari
Vazifasi: transmissiya dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga burovchi momentni yo‘nalishini, qiymatini o‘zgartirib, uzatish va yetakchi g‘ildiraklarga bo‘lib berish uchun xizmat qiladi.
Transmissiya dvigatel bilan yetakchi g‘ildiraklar orasidagi bog‘lanishga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
mexanik;
gidrohajmli;
elektr;
kombinatsiyalashgan (gidromexanik va elektromexanik).
Mexanik kuch uzatma
Avtomobil harakatlanganda unga ta’sir etuvchi kuchlar har bir daqiqada uzluksiz va ixtiyriy ravishda o‘zgarib turadi. Avvalambor, avtomobilga ta’sir etayotgan kuchlarning o‘zgarishi yo‘l sharoitiga, uning tezligi va tezlanishiga bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning vaziyatiga qarab avtomobilning yetaklochi g‘ildiraklariga dvigateldan kelayotgan burovchi momentni o‘zgartirib turish lozim bo‘ladi. Bu vazifani bajarish uchun avtomobillarda kuch uzatmasi qo‘llaniladi.
Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik transmissiya qo‘llanilib, ular avtomobillarning vazifasi va agregatlarning o‘zaro joylashishiga qarab turli sxemalarda tayyorlanishi mumkin.
Klassik sxemaga ega bo‘lgan mexanik transmissiya 1-rasmda keltirilgan (Damas, VAZ 2101, 2107, Volga, Uzotayo‘l va hokazo).
Oldi g‘ildiraklari yetaklovchi bo‘lgan zamonaviy avtomobillarning transmissiyasining sxemasi 2-rasmda keltirilgan (Neksiya, Tiko, VAZ-2108 va hokazo).
Burovchi moment dvigateldan I, ilashish muftasi II orqali, uzatmalar qutisi III ga uzatiladi. Uzatmalar qutisi burovchi momentning qiymati (ulangan pog‘onaga mos ravishda) va yo‘nalishi (orqaga harakat qilganda) o‘zgaradi va kardan uzatmasi IV orqali asosiy uzatma V ga uzatiladi, asosiy uzatmada burovchi moment qiymati uning uzatishlar soniga mos ravishda oshadi va differentsiallda teng ikkiga bo‘linib, yarim o‘qlar VI orqali yetakchi g‘ildiraklar VII ga uzatiladi 105-rasm.
|
| |