|
- Rasm. Elektron transmissiyaning umumiy ko‘rinishi
|
bet | 4/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 15,23 Mb. | | #132992 |
110- Rasm. Elektron transmissiyaning umumiy ko‘rinishi.
Avtomobil transmissiyasi burovchi (aylantiruvchi) momenti dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga uzatish uchun xizmat qiladi. Bunda uzatilayotgan aylantiruvchi moment miqdor jihatidan o‘zgaradi va belgilangan nisbatda yetaklovchi g‘ildiraklar orasida taqsimlanadi.
108-rasmning b ko‘rinishida ZAZ-968 “Zaparojes”, kuch uzatmasining tizmali chizmasi berilgan. Bunda kuch uzatma avtomobilning orqa qismida dvigatel 1 bilan birga bir blokda joylangan bo‘lib, ularga ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3, yetakchi ko‘prik 5 ning ichida joylashgan asosiy uzatma, differensial mexanizmi va yarim o‘qlar kiradi.
108-rasmning c ko‘rinishi VAZ-2108, 2109 “Jiguli” yoki Moskvich-2141 zamonaviy yengil avtomobillarga mansub bo‘lib, bunda esa avtomobilning old qismida o‘rnatilgan dvigate kuch uzatma bilan bir butun qilib yig‘ilgan holda joylashtirilgan.
Keltirilgan kuch uzatmalarning tizimli chizmasida uzatmalar qutisi va yetaklovchi ko‘prik bir blokda joylashtirilganligi sababli, kardanli uzatma bo‘lmaydi. Lekin, bunda yetaklovchi g‘ildiraklarning tezliklari bir xil bo‘lgan kardanli sharnir 6 li kardan uzatma xizmat qiladi. Agarda avtomobil asosan takomillashtirilmagan og‘ir yo‘l sharoitida harakatlanishga mo‘ljallangan bo‘lsa, yetakchi g‘ildiraklar o‘rnatilgan o‘qlar soni ikkita, uchta va ba’zan to‘rtta ham bo‘lishi mumkin. Bu holarda dvigatelning burovchi momenti yetakchi ko‘prik g‘ildiraklarining hammasiga yoki ketingi ikkita ko‘prik g‘ildiraklariga uzatiladi. Bunday avtomobillarda g‘ildiraklar formulasi (4x4, 6x4, 6x6, 8x8) bo‘lishi mumkin.
Ilashish muftasi konstruksiyasi
Reja:
Avtomobil va traktorlarning ilashish muftalari vazifasi va turlari.
Ikki oqimli ilashish muftalari.
Gidromuftalar.
Ilashish muftalarining mexanik, servomexanik, gidromexanik yuritmalari.
Mustaqil quvvat olish vallarining yuritmalari.
|
| |