Biotexnologik jarayonlardan foydalanishda texnika xavfsizligi




Download 35.14 Kb.
bet1/4
Sana09.11.2023
Hajmi35.14 Kb.
#96361
  1   2   3   4
Bog'liq
Biotexnologik jarayonlardan foydalanishda texnika xavfsizligi-hozir.org
ДИЛМУРОД ДОГОВОР

Biotexnologik jarayonlardan foydalanishda texnika xavfsizligi
Biotexnologik jarayonlardan foydalanishda texnika xavfsizligi

Reja:
1.Kirish
2. Tarkibiy qism
2.1. Xavfsizlik haqida umumiy tushuncha.
2.2 Biomuxandislik va transgenozda biologik xavfsizlik va genetik xavf.
2.3 Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olinadigan maxsulotlarni biologik xavfsizlikka ta'siri.
2.4 Gen muhandisligi, genetik õzgartirilgan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlar ustidan davlat nazorati va boshqaruvi.
2.5 AQShda genetik õzgartirilgan organizmlar bõyicha biologik xavfsizlikni nazorat qilishda davlat boshqaruvi.
2.6 Biotexnologiya va Biomuxandislikda standartlash.
2.7 Biotexnologiya va Biomuxandislikni rivojlantirish bõyicha olib borilayotgan ishlarga jahon hamjamiyatlarining qarashlari.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
1.KIRISH.

Biooexnologiya va uning fundamental, strategik yadrosi bo‘lgan biomuxandislik-tirik organizmlarning asosiy xususiyatlari avloddan-avlodga o‘tish, o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik, chidamlilik, energiya va massa almashinuvi, hosildorlik va sifat singari xususiyatlarini hosil bo‘lish mexanizmlarini o‘rganadi va shu mexanizmlarga tayanib ish tutadi. Biologik ob’ektlarni xususiyatlarini o‘zgartirish maqsadida ularnigenetik tuzilishiga tashqaridan “ta’sir ko‘rsatish”, ularni modifikatsiya qilish yo‘lidagi harakatlar ob’ektlarning tuzilishi va asosiy vazifalarini qayta qurilishiga olib keladi. Bunday o‘zgarishlar oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan voqealarga sabab bo‘lishi mumkinligi, ko‘pchilik insonlarni tashvishga solib kelmoqda. Tabiatni, qolaversa, insoniyatning har xil genetik o‘zgartirilgan, o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlardan himoya qiluvchilar harakati yildan - yilga ko‘payib borishi biotexnologiyaning, ayniqsa, uning strategic yadrosi bo‘lgan biomuxandislik fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, iqtisodiy zararga olib kelishi mumkin. Biotexnologiya va biomuxandislik fani erishgan yutuqlarni hamda XXI asrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalarni bu yo‘nalishda sodir bo‘ladigan hatti-harakatlarni qiyosiy o‘rganish natijasida dunyoning ko‘pchilik olimlari ilmiy va iqtisodiy asoslangan, real voqeylikka ega bo‘lgan ishonch bilan, biotexnologiya - bu XXI asrda rivojlanishi zarur bo‘lgan, insoniyat uchun xizmat qiladigan asosiy fanlardan biri ekanligini xitob qilmoqdalar. Bu haqda zamonaviy biotexnologiya va biomuxandislik fanlari paydo bo‘lgandan beri o‘tgan yarim asr davomida erishilgan yutuqlar ham guvohlik berib turibdi. Shunday ekan, bundan keyin biotexnologiya va biomuxandislikni rivojlantirish hamda bu rivojlanish natijasida insoniyat va atrof-muhit uchun xavf tug‘ilmasligiga qanday ilmiy asoslar bor?


2.1 XAVFSIZLIK HAQIDA UMUMIY TUShUNChALAR
Tabiiy, texnologik va boshqa omillar inson va uni o‘rab turgan muhitga doimiy ravishda ta’sir ko‘rsatib turadi. Bunday ta’sir foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. Fan, jamiyat, davlat, inson va atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan himoya qilishni har tomonlama asoslangan tizimini ishlab chiqishi va undan unumli foydalanmog‘I lozim. Inson, jamiyat va davlat borligi hamda ularning faoliyati har qanday ichki va tashqi ta’sirlardan muhofaza qilinmog‘i kerak. Har qanday jamiyat va davlatni oldida turgan asosiy vazifalardan biri ana shundan iboratdir. Mana shu umumiy holatlardan inson, jamiyat va davlat xavfsizligining asosiy tushunchasi va undan har bir inson, jamiyat va davlat qiziqishlarini tashqi va ichki xavfdan himoya qilish zarurligining asl ma’nosi kelib chiqadi. Xavfsizlikning bosh mezoni bu-insondir. Inson xavfsizligini, uning hayot faoliyati, inson yashab turgan jamiyat xavfsizligini, atrof-muhitni himoya qilmasdan turib, to‘laqonli ijoimoiy-iqoisodiy faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Xavfsizlikning asosiy prinsiplaridan biri-inson, jamiyat va davlat o‘roasidagi o‘zaro javobgarlikdir. Xavfsizlikka erishish - bu hayotiy zarur qiziqishlarni ichki va tashqi xavfdan mustahkam muhofaza qilishga qodir bo‘lgan tizimni ishga solishdir. Xavfsizlik - inson, jamiyat, davlat va butun borliqqa tegishli biologik, ekologik, ijoimoiy, iqoisodiy, oziq-ovqat, harbiy va boshqa omillar bo‘lishi mumkin. Xavfsizlikni har xil turlari va ularni biotexnologiyaga ta’sirini O.Ye.Popova tomonidan yaratilgan quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.


Download 35.14 Kb.
  1   2   3   4




Download 35.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biotexnologik jarayonlardan foydalanishda texnika xavfsizligi

Download 35.14 Kb.