|
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
|
bet | 2/16 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 483,63 Kb. | | #255001 |
Bog'liq RenatUchinchidan, muammoli kreditlar. Ushbu kreditlarni iloji boricha kamaytirish uchun avvalo kreditlarni skoring qilishni mamlakatimiz barcha banklarida (hozirda ba’zi banklar foydalanadi) joriy qilish, bunda faqatgina mijoz faktorini xisobga olmasdan inson omolini qo‘shishimiz zarur. Bundan tashqari xozirda “garov reestri”ga faqatgina garovlarni registratsiya qilmasdan kafilliklarni ham qo‘shish lozim. Fikrimizcha ushbu orqali muammoli kreditlarni kamaytirish mumkin. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib tijorat banklarining kredit operatsiyalarini o‘rganishni, takomillashtirish xamda ushbu jarayonni tahlil qilishni lozimligini ko‘rsatadi. 1. Tijorat banklari kreditlash amaliyotining mohiyati va asoslari Kredit qadimdan ma’lum bo‘lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo‘lgan bo‘lib, kredit avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘zida ifoda etgan. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo‘lmaydi, naqd pul ma’lum muddatdan so‘ng ega bo‘lishi mumkin. Bu vaqt oralig‘ida tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin. Shu va boshqa holatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomalasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan bog‘liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo‘ldi. Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo‘lib pul egalari va unga vaqtincha muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilikdir Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog‘liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o‘z pullarini banklarda saqlashi va boshqa hollarda vaqtinchalik bo‘sh bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘lgani holda boshqa korxona va tashkilotlarda o‘z faoliyatlarini uzluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag‘iga ehtiyoj sezadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga va aholiga kreditlar berish tarixan tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Tijorat banklarining paydo bo‘lish tarixiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, banklar birinchi navbatda kredit operatsiyalarini bajarish zaruriyati tufayli yuzaga kelganligini guvohi bo‘lamiz. Aksariyat mualliflarning qarashlariga ko‘ra, banklar tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda emas, balki keng ko‘lamdagi kredit operatsiyalarini amalga oshirish zaruriyati tufayli paydo bo‘lgan
|
| |