|
Yaponiyada kreditlash shakllarining tasniflanishi
|
bet | 6/16 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 483,63 Kb. | | #255001 |
Bog'liq Renat Yaponiyada kreditlash shakllarining tasniflanishi. Jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, Yaponiya banklari tomonidan aksariyat kreditlar qarz majburiyatlari va veksellarni garovga olish orqali beriladi va ular muddati jihatdan ham farq qiladi va bu kunchiqar mamlakat banklari kreditlash amaliyotining o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan mamlakatlarning kreditlash amaliyotini o‘rganar ekanmiz ularning tijorat banklari zamonaviy kreditlash shakllaridan keng ko‘lamda foydalanishini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa ana shu mamlakatlar iqtisodiyoti va ishlab chiqaruvchilarinig yetarli darajada pul mablag‘lari bilan ta’minlanishiga zamin yaratadi. 4. O’zbekistonda tijorat banklari kredit operatsiyalari amaliyotining zamonaviy holati va tahlili Jamiyatning rivojlanishi hamda bozor munosabatlarining qaror topishi ko‘p sonli banklar va ularning xilma-xil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarga aylanishiga zamin yaratadi. Banklar orqali iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash, qimmatli qog‘ozlar va chet el valyutalarini sotib olish hamda sotish operatsiyalari, korxonalarga tegishli mulklarni boshqarish operatsiyalari va boshqa qator moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan tijorat banklari faoliyatida kredit operatsiyalarining o‘rni alohida bo‘lib, birlamchi ahamiyatini saqlab qoldi. Ayni vaqtda, banklar faoliyatida kreditlash amaliyotining o‘rni va ahamiyati kundan - kunga oshib bormoqda. Xalqaro bank amaliyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu ko‘rsatkichning o‘rtacha darajasi 42 foizni, Yaponiyada 64 foizni, Rossiyada 17 foizni tashkil etgan. Bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining oshishi iqtisodiyotning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini oshayotganligidan dalolat beradi. Bu jarayon, pirovard natijada, iqtisodiy o‘sish uchun qulay zamin hozirlaydi. Shunday ekan kreditlash amaliyotining tijorat banklari faoliyatida tutgan o‘rnini baholashda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi xamda tijorat banklarining aktivlaridagi salmog‘ini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |