MA’RUZA 14
TALABALARNING KONSTRUKTORLIK-TEXNOLOGLIK TAFAKKURINI
SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT ELEMENTLARINING AHAMIYATI.
Reja:
14.1.Axborot elementlarining ta’rifi (jarayon, video tasvir, foto).
14.2. Axborot elementlarining ta’rifi (jadval, matn, og’zaki bayon).
Ma’lumki, tabiiy fanlar ichida kimyo fani bilimlarning o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu fanda esa ko’pchilik qonuniyatlar muayyan sharoitlardagina amal qiladi. Bunga misol qilib ideal gaz holati tenglamalarini, valentlik tushunchasini keltirish mumkin. Agar kimyoviy bilimlar chizma, sxema, grafik, jadval va h.k. shaklida ifodalansa, ya’ni darsning illyustrativligi oshirilsa, kimyoviy bilimlarni samarali o’zlashtirishga erishish mumkin.
Endi yuqorida keltirilgan har bir axborot elementini alohida izohlab o’tamiz.
Jarayon. Jarayonni kuzatayotgan, ya’ni ob’ekt bilan bevosita muloqotda bo’layotgan talabada o’rganilayotgan ob’ekt haqida yaxlit tasavvur bo’ladi. Ya’ni talabalar ob’ektni hayotda jonli shaklda ko’radilar. Uning modeli bilan emas, balki o’zi bilan ishlash imkoniga ega bo’ladilar. Agar keltirilgan barcha axborot elementlarini tarozining bir pallasiga qo’ysak, boshqa pallasiga “jarayon”ni qo’yadigan bo’lsak, u holda tarozi muvozanat holatida bo’ladi. Ya’ni “jarayon” elementi shunisi bilan ahamiyatliki, bunda barcha sezgi organlar (ko’rish, sezish, eshitish, hid bilish, ta’mini bilish va h.k.) ishlaydi va ob’ekt haqida yaqqol va eng oson usul bilan tasavvur hosil bo’ladi.
Hissiy qabullov darajasi “jarayon”elementida eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi.Kimyoviy texnologik fikrlashni shakllantirishning eng samarali usuli – bu “jarayon” elementini qo’llashdir. Agar hamma elementlarni piramida shaklida teradigan bo’lsak, u holda piramidaning asosini “jarayon” elementi tashkil qiladi.
Kimyoviy texnologik fikrlash o’zi nima? Bu – ob’ektni kimyoviy fikrlash qobig’iga o’ralgan modelini insonda paydo bo’lishidir. Ya’ni uni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bundan keyingi elementlarda ob’ektning o’zi bilan emas, balki uning modeli bilan ish ko’riladi. Model o’zi nima? Model – bu mantiqning miqdoriy tasvir qobig’idagi ko’rinishi. Model bilan ishlash ancha sodda va kam xarajatlidir. Chunki jarayonni tashkil qilish murakkab va har gal amalga oshavermaydi. Model bilan ishlash arzon usullardan bo’lganligi sababli, ular ustida ko’proq ishlash maqsadga muvofiqdir, bu esa mehnatni qiyinlashuviga olib keladi.
Shuni ta’kidlash joizki, pedagogikada ekstensiv va intensiv ishlash usullari mavjud bo’lib, bizning fikrimizcha xozirgi davrda intensiv usul bilan ishlash maqsadga muvofiqdir. Chunki intensiv usulda talaba aynan jarayon bilan emas, balki uning modeli bilan ish ko’radi. Bunga misol tariqasida xozirda keng miqyosda qo’llanilayotgan elektron darsliklarni misol keltirish mumkin. Ekstensiv usulda esa aksincha, talaba ish bajarishi uchun hamma sharoitlar yaratilishi kerak, ya’ni laboratoriya ishini bajarishi uchun shtativ, probirkalar, kolbalar, reaktivlar va h.k.lar kerak bo’ladi.
Agar biz ekstensiv usulni moddiy qobiq sifatida ifodalaydigan bo’lsak, intensiv usulni tafakkur qobig’i deb ifodalaymiz. Moddiy qobiq bilan ishlash faqat “Jarayon”ga hos, tafakkur qobig’i bilan ishlash esa qolgan barcha elementlarga hosdir. Tafakkur qobig’ida ko’rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish, his qilish kabi sezgilar moddiy holda emas, balki bir-biri bilan bog’liq holda ta’sirlashishadi. Agar ish jarayonida qaysidir sezgi organi ishtirok etmasa, u holda tafakkur qobig’ini mutsahkamlash uchun boshqa komponentlar ishtirok etadi. Buni keyingi elementlarni ta’riflayotganimizda ko’rish mumkin.
Video tasvir. Jarayondagi hodisalar ekranda, ya’ni tekislikda video tasma orqali aks ettiriladi. Bunda “jonlilik” xissi yo’qoladi va ko’rish, eshitish sezgilaridan boshqa sezgilar ishtirok etmaydi, ya’ni ushlab, hidlab bo’lmaydi. Ko’rinib turibdiki, “video tasvir”da uchta sezgi elementi yo’qolayapti. Tafakkur qobig’i juda ojizlashib qolmasligi uchun va ob’ekt haqida to’liqroq ma’lumot olish uchun, “jarayon”dan farqli o’laroq, bunga fantaziya, imitatsiya, harakat elementlari qo’shilmoqda. Ayniqsa, kimyoviy reaktsiyalarni borishini video tasvir orqali tasvirlamoqchi bo’lsak, undagi portlash, yonish kabi omillarni bemalol ko’rsatish mumkin. Yoki laboratoriya ishlarini bajarganda xatoliklarga yo’l qo’yilsa, qanday oqibatlarga olib kelishini ham video tasvir orqali ko’rsatish mumkin. “Jarayon”da esa bitta tajribani bir necha marta ko’rsatish imkoniyati yo’q, chunki bu ko’p vaqt talab qiladi va sarf-xarajatlarga olib keladi.
Foto – bunda ob’ekt haqidagi ma’lumotlar foto suratlar orqali olinadi. Ya’ni yuqoridagi elementlarga nisbatan harakat va ovoz elementlari yo’qoladi, faqat ko’rish sezgisi ishlaydi. Diqqat va tasvir elementlari vositasida tafakkur qatlami yanada mustahkamlanadi. Chunki xarakatsiz suratlarga qaraganda diqqatni jamlash osonlashadi. Demak, shu elementdan boshlab bilimlar kontsentratsiyalashuvi ortib boradi, talaba faolligi oshadi. Bilimlar kontsentratsiyalashuvining ortib borishi ham tafakkur qatlamini mustahkamlashga yordam beradi. “Foto” elementlaridan ko’pincha darsliklarda jarayon haqida to’laroq ma’lumot berish maqsadida foydalaniladi. Masalan, reaktsiyaga kirishguncha moddalar qanday ko’rinishga ega bo’lgan va reaktsiyadan keyin qanday shakl va rangga kirganini foto suratlar orqali ifodalash mumkin. Foto suratlar rangli va oq-qora bo’lishi mumkin. Psixologik jihatdan qaraganda, rangli suratlar talabalarda ko’proq taassurot qoldiradi.
|