“Hamkorbank” ATB Samarqand viloyat Urgut filiali bankning kreditlash tahlili




Download 483,63 Kb.
bet10/16
Sana27.05.2024
Hajmi483,63 Kb.
#255001
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Renat

5. “Hamkorbank” ATB Samarqand viloyat Urgut filiali bankning kreditlash tahlili

  • Xalqaro ekspertlarning tahlillariga ko‘ra, jahon savdosining 80-90 foizi rivoji bevosita moliyaga bog‘liq. Shu bois, ularning fikricha, moliya bo‘lmasa, savdo ham amalga oshmaydi, savdoga oid moliyalashtirish uni qo‘llab-quvvatlashning muhim omili sanaladi.
  • Asosiy e’tibor savdoni moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlari va eksportni moliyalashtirish, uni sug‘urtalash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan xalqaro tajribalar bilan tanishtirish, shuning-dek, O‘zbekistonda savdoga oid moliyalashtirish jarayonini rivojlantirish muhim hisoblanadi.

Xalqaro tajriba tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, eksportni rag‘batlantirishning amaldagi vositasi bu korxonalarni savdoni moliyalashtirish shaklida qo‘llab- quvvatlash hisoblanadi. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 114 ta davlat tadbirkorlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, bu jarayon eksport-importni moliyalashtirish hajmini 25 foiz, ishlab chiqarish ko‘lamini o‘rtacha 30 foiz, aholi bandligini 25 foiz ko‘paytirish, biznesni esa 19 foiz rivojlantirishga olib keladi. Tijorat banklari tomonidan eksportni qo‘llab-quvvatlashga bevosita ta’sir qiluvchi kreditlar taqdim etilayotgani, pul va valyuta bozorlaridagi operatsiyalar, forfeyting, faktoring, lizing, savdoni moliyalashtirish, bank kafolatlari, hujjatlashtirish operatsiyalari, akkreditivlar, inkasso, shartnomalar ijrosi, eksportyorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash, loyihaviy moliyalashtirish kabi xizmat turlari ko‘rsatilayotgani qayd etildi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashdagi zarur shartlardan biri hisoblanadi. Birgina 2022 yilda mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 24,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Bunda tashqi savdo balansining ijobiy saldosi 453,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, 2023 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va qarorlari mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 maydagi PF-5057-sonli «Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta’minlashni yanada rag‘batlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, xo‘jalik sub’ektlariga 2023 yil 1 yanvardan boshlab, o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni xorijiy valyutada oldindan to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmay hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz eksport qilish huquqi berildi. 


Download 483,63 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 483,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Hamkorbank” ATB Samarqand viloyat Urgut filiali bankning kreditlash tahlili

Download 483,63 Kb.