• Sharq va G‘arb falsafasida inson omili Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi. Falsafada qonun va kategoriyalarning
  • Topshirdi: baxriddinov sh. Tekshirdi: tursunov. A




    Download 172.76 Kb.
    bet1/4
    Sana08.11.2023
    Hajmi172.76 Kb.
    #95596
      1   2   3   4
    Bog'liq
    BAXRIDDINOV FALSAFA 3
    kalit test javobiga , 6-ai, estitik tarbiya, AKT TAQDIMOT (1), Jo\'rayev Rajab 7-12 gacha, Халқимизда, 10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Re, автореф. Боратова 119. 18.08. печатли, AKT 80, Mavzu Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlashda mobil ilovalardan -fayllar.org, 18-mavzu, gaz bere alıwshańlıq, 10-MAVZU. BADIIY ASARNING UMRBOQIYLIGI MASALASI. KURS ISHI. AZAMOV OTABEK, 2 5211142957641500868

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI


    “TELEKOMUNIKATSIYALAR “ FAKULTETI


    TT_13-23 GURUH TALABASINING
    FALSAFA FANIDAN
    MUSTAQIL ISH 3

    TOPSHIRDI: BAXRIDDINOV SH.

    TEKSHIRDI: TURSUNOV. A

    MAVZU:


    1. Sharq va G‘arb falsafasida inson omili

    2. Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi.

    3. Falsafada qonun va kategoriyalarning

    ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.

    1. Sharq va G‘arb falsafasida inson omili

    Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yahlit bir butunlik sifatida inson, shahs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma`nodosh bo’lsa ham, bir-biridan farqlanadi.
    Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psihik hususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik hususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar hos.
    Inson boshqa mavjudotlardan sosial hususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste`mol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruhsat va ta`qiqlash) shular jumlasidandir. Insonning psihik hususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi.
    Inson shu hususiyatlari orqali yahlit bir tizimni tashkil etadi. U yahlit mavjudot sifatida o’z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta`minlaydi. Insonga hos bo’lgan biologik hususiyatlarni ijtimoiy hususiyatlardan ustun qo’yish yoki psihologik hususiyatlarni bo’rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.
    Falsafa tarixida inson tug’risidagi ta`limotlarda biologizm, sosiologizm, psihologizm kabi yo’nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik hususiyatlariga, sosiologizm insonning ijtimoiy hususiyatlariga, psihologizm esa, ma`naviy, ruhiy, psihologik hususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi.
    Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shahs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash muhimdir. Shahs o’zida sosial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shahs bo’lib tug`ilmaydi, balki jamiyatdagina shahs bo’lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga hos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo’l bilan o’tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy ahborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi.
    Inson ta`lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy me`yorlar, siyosiy G’oya, milliy mafkura kabi omillar ta`sirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya`ni shahs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi.
    O’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini tarbiyalash, yuksak mas`uliyatni his etish, G’oya uchun kurashish, mustahkam e`tiqodga ega bo’lish, o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shahsga hos belgilardir. Shahsning maqsad G’oya va ideallari jamiyatdagi mavjud G’oya va mafkura bilan uzviy bog’liq ravishda shakllanadi. Milliy G’oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo’lida hatto hayotini qurbon qilish shahs hayotining bosh maqsadiga aylanadi.
    Shaxs mustahkam iymon-e`tiqod, G’oya va insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, Vatan, millat tuyg’usi bilan yashaydigan, o’zida davr hususiyatlarini ifoda etadigan insondir.
    Jamiyat o’z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shahsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir o’zgargan tarixiy sharoitda shahs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa shakldagi shahslar timsoli aks ettirilmoqda.
    O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish sharoitida fozil va barkamol inson shahsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi. Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’z oldiga ana shunday shahsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi.
    Inson tarihning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta`minlaydi. U o’z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o’z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi, o’z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bo’lib hizmat qiladi.
    Tabiat va jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini ta`minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va targ`ib etishi kabi hususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi.
    Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo’lishi va rivojlanishini ruh bilan bog`laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga hos bo’lgan biror-bir hususiyatga alohida urg`u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi ahloqiy jihatlarga ko’proq e`tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta`riflagan. Vladimir Solov’ev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig`inish kabi hususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o’zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig`inish insongagina hos.
    Inson tabiati — G’oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma`naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’taradi.
    Insonni o’rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.
    Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga hos hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shahs insonning mustaqilligini ifoda etadi.
    Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig`ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma`nosi faqat moddiy ne`matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga hos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma`rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma`naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma`naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydi.
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma`naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir.
    Insonning ma`naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini tug’ri tushunishga halaqit berishi mumkin
    Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma`naviylikni uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag`batlantiradi. Yuksak ma`naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, sahiy va olihimmat bo’lishga undaydi.



    1. Download 172.76 Kb.
      1   2   3   4




    Download 172.76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshirdi: baxriddinov sh. Tekshirdi: tursunov. A

    Download 172.76 Kb.