Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi




Download 172.76 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi172.76 Kb.
#95596
1   2   3   4
Bog'liq
BAXRIDDINOV FALSAFA 3
kalit test javobiga , 6-ai, estitik tarbiya, AKT TAQDIMOT (1), Jo\'rayev Rajab 7-12 gacha, Халқимизда, 10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Re, автореф. Боратова 119. 18.08. печатли, AKT 80, Mavzu Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlashda mobil ilovalardan -fayllar.org, 18-mavzu, gaz bere alıwshańlıq, 10-MAVZU. BADIIY ASARNING UMRBOQIYLIGI MASALASI. KURS ISHI. AZAMOV OTABEK, 2 5211142957641500868
Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi.

Jamiyat va uning asosiy belgilari
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan bog’lab izohlashdir.
Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish imkonini bergan.
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari  oila, davlat, jamoa (qishloq, shaxar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, xuquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular moxiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti xisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, maxalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z moxiyatini yo’qotadi.
Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini ximoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy extiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl moxiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladiMamlakatimizda ma’naviyat masalalariga aloxida e’tibor berilayotganining sababi xam ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayoti kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy boliq xolda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy xayotiga quyidagilar kiradi:
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqili, kommunikasiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralarI
Jamiyatning ma’naviy xayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muxim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-xuquqiy jixatlari xam muximdir. Kishilar tamonidan siyosiy va xuquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muxim axamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari qondirilishida mexnat, mulk va mexnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos axamiyatga ega. Mexnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shuullanadigan toifalar, gurux, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan xissa qo’shadi.
Jamiyat xayotiga barqarorlik va beqarorlik xam xos. Xar bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo’lgani kabi, jamiyat xam o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka extiyoj sezadi.
Ijtimoiy tizim - murakkab ichki tuzilishga ega bo'lib, tartibli, bir butun, o'ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi.har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma'naviy, ijtimoiy turmush, fan va shu kabi sohalarda to alohida olingan insongacha bo'lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Avvallo biz jamiyatni sosiologik nuqtai nazardan quyidagicha o'rganamiz:
1. Jamiyat tuzilishi va tarkibi o'rganiladi (Jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansub?).
2. Jamiyatda yashayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat. (ularning o'zaro munosabatlaridagi xarakterlari)?
3. Jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai nazaridan o'rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o'tish bilan o'zgaradi.
Jamiyatni to'liq tushinish uchun faqat uning tuzilishi va rivojlanishinigina emas, balki o'tmishini, tarixini ham sinchiklab o'rganish bu jamiyatning qanday
tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilishga, jamiyatni to'liq tushunishga imkon yaratadi.
Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Jamiyat elementlari:
- ijtimoiy faoliyatning belgilangan sosial statusiga ega;
- o'zida ijtimoiy me'yor va qadriyatlarni aks ettiradi;
- individual sifatlar (shaxs ijtimoiy belgisi, qiziqishlari, qadriyatlari yo'nalishi, shaxs motivlari)dir.
Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish tarakqiyotida ma'lum bir funksiyalarni bajaradi:
- iqtisodiy munosabatlar - moddiy ishlab chiqarish funksiyasi;
- ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiylashuvni – sosializasiya;
- siyosiy munosabatlar - ijtimoiy boshqaruvni (eleientar nazorati);
- mafkuraviy munosabatlar - ma'naviy ishlab chiqarish funksiyasi va boshqalardir.
Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sosiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar 2 xil munosabatda mavjud bo'ladi:
1. Sotsietal munosabatlar;
2. Ijtimoiy munosabatlar.
- 1. Sotsietal munosabatlar sistemasiga jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega. Sotsietal sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. Ya'ni, bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo'ladi. Demak, Sosietal munosabatlar sistemasi tuzilishi:
- iqtisodiy: (asoschisi A.Smit: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsuli, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o'zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ham ishlashga majbur bo'ladi, u boshqalar uchun ishlaganda o'zi uchun ham ishlaydi);
- ijtimoiy: a) ijtimoiy munosabatlarning asosiy elementini ijtimoiy jamoalar tashkil etadi (sinflar, millatlar professional, demografik, hududiy, siyosiy guruhlar); b) elementi kishilar (jamoaga birikadigan insonlar); v) oila tashkil etadi.


  1. Download 172.76 Kb.
1   2   3   4




Download 172.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi

Download 172.76 Kb.