• NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK XUSUSIYATLARI QATLAMNING BOSIMI
  • Neft va gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari




    Download 0.49 Mb.
    bet1/4
    Sana05.04.2024
    Hajmi0.49 Mb.
    #188891
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Neft va gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari
    Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test

    Neft va gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari

    Tayyorladi ;Sultamuratov Diyor

    Reja

    • KIRISH I.NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK XUSUSIYATLARI I.1. QATLAMNING BOSIMI 1.2.QATLAMNING BOSIMLARINI O’LCHASH 1.3.IZOBARALAR XARITALARI XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    • Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston dunyoda o‘z mavqiga ega bo‘lishning yangi ijtimoiy – itqisodiy rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Neft-gaz va yoqilg'i energetikasi O'zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og'ir industriya tarmoqlaridan biri bo'lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O'zbek mutaxassislari neft bo'yicha 100 yildan ortiq, gaz bo'yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan. Respublikamiz mustaqil bo'lishi natijasida Respublika oldida muhim vazifalardan biri bo'lgan yoqilg'i energitika ba'zasini yaratish va iqtisodiy mustaqillikka erishish edi.
    • Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, fuqarolarning turmushidagi farovonlik va iqtisodiyotdagi raqobatbardoshlilikni rivojiga katta ta'sir etuvchi omillar qatorida yoqilg'i- energetika kompleksi ahvoli asosiy o'rinni egallashi ko'p mamlakatlarda oydin kuzatilmoqda. Respublikamiz sanoatning keskin sur'atlarda rivojlanishi va neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir davrda Respublika iste'molchilari ehtiyojini keng assortimentda va etarli miqdorlarda, sifatli neft mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida yangi neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglerod xom ashyosining qidirib topiladigan zahira hajmlarini ko'paytirish neft va gaz tarmog'ida amaliy ko'rilayotgan tadbirlardir.

    NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK XUSUSIYATLARI QATLAMNING BOSIMI

    • Qatlam energiyasining asosiy manbalariga quyidagilar kiradi: chekka suvlar, qatlam osti suvlari, gaz va gaz qalpog’i bosimi; eritmadan gaz ajralib chiqishi paytida neftda erigan gaz bosimi; og’irlik kuchi; qatlam va uni to’yintiruvchi neft, suv va gaz tarangligi va b. Bu kuchlar alohida-alohida yoki birgalikda namoyon bo’lishi mumkin.
    • Neftli qatlamning energetika resurslari undagi mavjud bosim bilan tavsiflanadi. Bosim qancha yuqori bo’lsa, boshqa bir xil sharoitlarda energiya zaxirasi ko’p va neft zaxirasidan shunchalik to’liq foydalanish mumkin bo’ladi.
    • Neft uyumini ishlatish jarayonida energetika resurslarining talaygina qismining kamayishi kuzatiladi, neftning hali katta qoldiq zaxirasi bo’lishiga qaramay, uning qatlam bo’ylab quduq tubi tomon harakatlanishi sekinlashadi va oqibatda uyumdagi mavjud neft zaxirasini to’liq chiqarib olishning iloji bo’lmaydi.
    • Neft va gazni qatlam bo’ylab, quduq tomon harakatlantiruvchi kuch  bu quduq tubi bosimi hamda qatlam bosimlari orasidagi farqdan hosil bo’lgan kuchdir.
    • Bir uyumning turli nuqtalaridagi qatlam bosimi qiymatlari har xil bo’ladi. Ular konni ishlatish jarayonida vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi. Neft va gaz uyumlarining zaxiralarini hisoblash, loyihalash, shuningdek, ishlatish va nazorat qilish uchun quyidagi bosim turlari o’rganiladi:

    rasm. Neft va gaz qatlamlairidaga bosimlarning ko’rinishi

    Download 0.49 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari

    Download 0.49 Mb.