Mavzu: Qatlam bosimini saqlash usulidagi hisoblashlar reja kirish I. Neft-gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari I qatlamning bosimi




Download 0,78 Mb.
bet1/7
Sana22.12.2023
Hajmi0,78 Mb.
#126598
  1   2   3   4   5   6   7


Mavzu: Qatlam bosimini saqlash usulidagi hisoblashlar
REJA

KIRISH
I.NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK XUSUSIYATLARI
I.1. QATLAMNING BOSIMI
1.2.QATLAMNING BOSIMLARINI O’LCHASH
1.3.IZOBARALAR XARITALARI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston dunyoda o‘z mavqiga ega bo‘lishning yangi ijtimoiy – itqisodiy rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Neft-gaz va yoqilg'i energetikasi O'zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og'ir industriya tarmoqlaridan biri bo'lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O'zbek mutaxassislari neft bo'yicha 100 yildan ortiq, gaz bo'yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan. Respublikamiz mustaqil bo'lishi natijasida Respublika oldida muhim vazifalardan biri bo'lgan yoqilg'i energitika ba'zasini yaratish va iqtisodiy mustaqillikka erishish edi.
Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, fuqarolarning turmushidagi farovonlik va iqtisodiyotdagi raqobatbardoshlilikni rivojiga katta ta'sir etuvchi omillar qatorida yoqilg'i- energetika kompleksi ahvoli asosiy o'rinni egallashi ko'p mamlakatlarda oydin kuzatilmoqda. Respublikamiz sanoatning keskin sur'atlarda rivojlanishi va neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir davrda Respublika iste'molchilari ehtiyojini keng assortimentda va etarli miqdorlarda, sifatli neft mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida yangi neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglerod xom ashyosining qidirib topiladigan zahira hajmlarini ko'paytirish neft va gaz tarmog'ida amaliy ko'rilayotgan tadbirlardir.
O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng barcha sohada bo'lgani kabi, jumladan, neft va gaz qazib chiqarish va undan foydalanish sohasida ham o'z mustaqilligiga erishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki hozir gurkirab o'sayotgan respublikamizni neft va gaz maxsulotlarisiz tassavur qilib bo'lmaydi. Neft va gaz sanoatini xalq xo'jaligi tarmoqlarida tutgan o'rni beqiyosdir, chunki sanoatning hamma tarmoqlarini neft va gaz hamda uning maxsulotlarisiz rivojlantirib bo'lmaydi.
Mamlakatimizning iqtisodiy saloxiyati tobora yuksalib bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotni modernizasiyalash va diversifikasiyalash, zamonaviy biznes infratuzilmasini rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamiz sanoatning keskin sur'atlarda rivojlanishi va neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir davrda Respublika iste'molchilari ehtiyojini keng assortimentda va etarli miqdorlarda, sifatli neft mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida yangi neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglerod xom ashyosining qidirib topiladigan zahira hajmlarini ko'paytirish neft va gaz tarmog'ida amaliy ko'rilayotgan tadbirlardir. So'rg'il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligining yuksak namunasidir.
Ustyurt gaz-kimyo majmuasi neft-kimyo soxasida dunyodagi eng yirik loyxalardan biridir.
Bugungi kunda neft, gaz va gazkondensat maxsulotlariga bo'lgan talabni oshib ketganligi sababli xamda axolini toza gaz bilan ta'minlash transport vositalarini yoqilg'i resurslari bilan ta'minlash uchun geologik qidiruv ishlarini kuchaytirish yangi maydonlarni ochish konlarini ishga tushirish, eski konlarni yangi texnika va texnologiyalar bilan jixozlash zarur.
O'zbekiston Respublikasining neft mahsulotlari bilan ta'minlaydigan konlarni asosiysi janubiy hududlarda joylashgan, qatlam bosimini pasayib ketishi qazib olish ko'rsatgichlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jahon amaliyotida neft va gaz gazkondensat qazib olishni oshirish maqsadida yangi gorizontlar va radial usullarda burg'ilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Download 0,78 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Qatlam bosimini saqlash usulidagi hisoblashlar reja kirish I. Neft-gazli qatlamlarning energetik xususiyatlari I qatlamning bosimi

Download 0,78 Mb.