|
-rasm. Neftgazlilik qavati yuqori bo’lgan gaz-neft uyumidagi bosim
|
bet | 4/7 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #126598 |
1-rasm. Neftgazlilik qavati yuqori bo’lgan gaz-neft uyumidagi bosim. GNTYU – gaz-neft tutash yuzasi, SNTYU – suv-neft tutash yuzasi
Buni qatlam bosimining taqsimlanishini tahlil qilishda, ayniqsa neftlilik (va gazlilik) qavati yuqori bo’lgan neft va gaz uyumlarida inobatga olish zarur.
Burg’ilashda qatlamning yuqori anomal bosimining namoyon bo’lishi murakkabliklar keltirib chiqaradi. Buning oqibatida neft va gaz konlarini razvedka qilish qiyinlashadi. Burg’ilash paytida yuqori bosimli gorizontlarning yuzaga kelishining oldini olish uchun shunga o’xshash strukturalarda og’irlashtirilgan eritmalar ishlatish talab etiladi. Bu quvurorti bo’shlig’ida yaxlit sement halqasi hosil bo’lishiga to’sqinlik qilib, suvning yorib chiqishiga imkon yaratib beradi. SHuningdek, og’irlashtirilgan gil eritma qatlam g’ovaklariga singib, neftli va gazli qatlamlarni sinashda juda noqulay sharoitlarni yuzaga keltiradi. Chunki bunday sharoitda quduqlarda katta depressiya hosil qilishga to’g’ri keladi va bu ishlatish quvurlari birikmasining sinishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun qatlam bosimi normadan ortiqcha konlarda quduqlarni bosim ostida burg’ilash kerak. Ammo quduq qazishning bu ilg’or usuli, afsuski, hozirgi vaqtda etarli qo’llanilmayapti. Razvedka jarayonida qatlamning anomal yuqori bosimi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun uning kelib chiqish sabablarini o’rganish kerak. Bu nazariy va katta amaliy ahamiyatga ega.
1.2.QATLAMNING BOSIMLARINI O’LCHASH
Qatlamning ishlatish jarayonini kuzatish uchun ishlatish quduqlarida qatlam bosimini muntazam o’lchab turish lozim. O’lchash ishlari chuqurlik monometrlarida amalga oshiriladi. Chuqurlik monometrlarining ikki xili mavjud: maksimal monometr, ko’rsatkichlarni uzluksiz yozuvini qayd qiluvchi monometr.Rossiya Federatsiyasi va O’zbekistondagi konlarda turli konstruktsiyadagi monometrlardan keng foydalaniladi. Qatlam bosimini quduq tanasi bo’ylab monometrda o’lchash orqali suyuqlik va gazning haqiqiy zichligini, bosimi va temperaturasini, suv-neftli aralashmada erigan gazning mavjudligini aniqlash mumkin. Olingan ma’lumotlar izobara xaritasini tuzishda qo’l keladi.Quduqlarni ishlatishning favvorali yoki kompressorli usuli
bilan aniqlanadi. Bu formulalar qatlam bosimining haqiqiysiga yaqin keladigan miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Quduqlarni chuqur nasosli ishlatish usulida quduq tubidagi bosimni hisoblash yo’li bilan aniqlashda quduqdagi suyuqlikning statik sathi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Quduqlarda suyuqlik sathi (quvurorti bo’shlig’ida) YAkovlev lebedkasi yordamida tushirilgan maxsus jelonka yoki exolotda o’lchanadi. Quduqdagi neft va suv sathlari ma’lum bo’lsa, quduq tubi bosimini (rqt) quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
(1.1)
bunda hn, hs quduqdagi neft va suvning mos ravishda ustuni balandligi, m; n, s nef va suvning mos ravishda zichligi.
Nasos bilan ishlayotgan quduqning statik quduq tubi bosimini taqribiy qiymatini tajriba ma’lumotlaridan foydalanib, empirik formula yordamida aniqlasa bo’ladi:
, (1.2)
bu yerda, Q quduqdagi suyuqlik debiti, t/sut; K quduqning mahsuldorlik koeffisienti, (t/sut) MPa; rqat o’rganilayotgan quduqni ishlatish to’xtatilgandan so’ng o’lchangan qatlam bosimi, MPa; rqt berilgan ish rejimidagi quduq tubi bosimi, MPa; rq - rqt quduq tubi depressiyasi (R), MPa; n filtratsiyaning chiziqli qonunida birga teng deb olinadigan daraja ko’rsatkichi. Tajriba suyuqlik chiqarish chog’ida quduq tubida yuzaga kelgan ikki xil depressiyalar qiymati mos holda quydagicha aniqlanadi:
Q1=K(rqat-r1qt) va Q2=K(rqat-r2qt)
bunda Q1 va Q2 mos ravishda birinchi va ikkinchi depressiyadagi debit, t/sut; p1qt va r2qt mos ravishda birinchi va ikkinchi depressiyadagi quduq tubi (dinamik) bosimi, MPa.
Ushbu nisbatlarning birini ikkinchisiga bo’lib va ularni soddalashtirib quyidagi ifodaga erishamiz:
(1.3)
Gazli quduqda quduq tubi bosimini hisoblash yo’li bilan yanada aniqroq natijaga erishish mumkin.
Gazli quduqdagi statik quduq tubi bosimini og’zi yopilgan quduqqa o’rnatilgan monometr ma’lumotlaridan foydalanib, hisoblash formulasining soddalashtirilgan ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
, (1.4)
bunda rqt yopiq quduqning tubining statik bosimi, MPa; rm yopiq quduqning og’zidagi monometrda o’lchangan bosim, MPa; N quduq chuqurligi, m; g gazning havo bo’yicha zichligi.
Bu formulada chuqurlik ortishi bilan gazning o’z og’irlik kuchi ta’sirida zichligining o’zgarishi hisobga olinmagan. Gaz zichligining qayd qilingan o’zgarishini hisobga olgan holda statik quduq tubi bosimini yanada aniqroq quyidagi formula orqali topsa bo’ladi:
, (1.5)
bunda N gaz qudug’i chuqurligi, m.
O’z-o’zidan ma’lumki, bosimni o’lchashda gazning sirqib chiqib ketishining oldini olish va xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun quduq og’zi tegishli ravishda zich yopilgan bo’lishi kerak.
|
| |