|
NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK
|
bet | 3/7 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #126598 |
NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK
XUSUSIYATLARI
QATLAMNING BOSIMI
Qatlam energiyasining asosiy manbalariga quyidagilar kiradi: chekka suvlar, qatlam osti suvlari, gaz va gaz qalpog’i bosimi; eritmadan gaz ajralib chiqishi paytida neftda erigan gaz bosimi; og’irlik kuchi; qatlam va uni to’yintiruvchi neft, suv va gaz tarangligi va b. Bu kuchlar alohida-alohida yoki birgalikda namoyon bo’lishi mumkin.
Neftli qatlamning energetika resurslari undagi mavjud bosim bilan tavsiflanadi. Bosim qancha yuqori bo’lsa, boshqa bir xil sharoitlarda energiya zaxirasi ko’p va neft zaxirasidan shunchalik to’liq foydalanish mumkin bo’ladi.
Neft uyumini ishlatish jarayonida energetika resurslarining talaygina qismining kamayishi kuzatiladi, neftning hali katta qoldiq zaxirasi bo’lishiga qaramay, uning qatlam bo’ylab quduq tubi tomon harakatlanishi sekinlashadi va oqibatda uyumdagi mavjud neft zaxirasini to’liq chiqarib olishning iloji bo’lmaydi.
Neft va gazni qatlam bo’ylab, quduq tomon harakatlantiruvchi kuch bu quduq tubi bosimi hamda qatlam bosimlari orasidagi farqdan hosil bo’lgan kuchdir.
Bir uyumning turli nuqtalaridagi qatlam bosimi qiymatlari har xil bo’ladi. Ular konni ishlatish jarayonida vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi. Neft va gaz uyumlarining zaxiralarini hisoblash, loyihalash, shuningdek, ishlatish va nazorat qilish uchun quyidagi bosim turlari o’rganiladi:
r asm
Neft va gaz qatlamlairidaga bosimlarning ko’rinishi
qatlam bosimi qatlamning ishlayotgan qo’shni burg’ quduqlarining depressiya voronkasi ta’siridan holi bo’lgan ma’lum bir nuqtasidagi bosim.
2) qatlamning boshlang’ich bosimi qatlamdagi statik muvozanat buzulgunga qadar, ya’ni quduqning ushbu qatlamni ochib, undan sezilarli miqdorda qatlam flyuidini chiqarib olgunga qadar mavjud bo’lgan bosimi.
qatlamning joriy statik bosimi, yoinki quduqda nisbiy statik muvozanat o’rnatilgandan so’ng, quduq tubidagi u yoki bu vaqt holatiga ko’ra o’lchangan statik bosim.
quduqning dinamik bosimi ishlayotgan quduqning tubidagi o’lchangan bosim.
qatlamning dinamik bosimi ishlayotgan qatlam bosimi yoki ishlayotgan quduq tubida statik muvozanat yo’q sharoitdagi bosim.
Haqiqiy qatlam bosimini aniqlash murakkabligi bois quduq tubi bosimi o’lchami qiymatini odatda qatlam bosimi deb yuritiladi.
Yonma-yon ishlayotgan quduqlardan biri to’xtatilgandan so’ng, unda o’lchangan quduq tubi statik bosimi aslida qatlamning dinamik bosimi hisoblanadi. Bu boshqa quduqlar ishlashini davom ettirayotgani va qatlamda mutlaq statik muvozanat o’rnatilmaganligi bilan izohlanadi. Qatlamning odatdagi statik bosimini aniqlash uchun uyumda ishlatilayotgan barcha quduqlarni to’xtatish lozim bo’ladi. Lekin bu vazifa amalda deyarli bajarilmaydi. SHuning uchun ham nisbiy statik muvozanat o’rnatilgan va ishlashi to’xtatilgan quduqlarda o’lchangan bosimni bundan buyon shartli ravishda qatlamning statik bosimi, ishlayotgan quduqlarda o’lchangan bosimni esa qatlamning dinamik (quduq tubi) bosimi deb ataymiz. Ayrim quduqlarda o’lchangan qatlamning boshlang’ich yoki joriy bosim qiymati butun uyum bo’yicha qatlamning boshlang’ich yoki joriy bosimining o’rtacha qiymatini ifoda eta olmaydi.
Qatlamning o’rtacha boshlang’ich yoki o’rtacha joriy bosimi aniqlanayotgan maydon chegarasi sifatida ko’pincha ishlatish quduqlarining tashqi qatoridan quduqlar oralig’idagi masofaga teng uzoqlikdan o’tgan chiziq qabul qilinadi. Bu maydon konni ishlatish amaliyotida tanlash zonasi nomi bilan yuritiladi.
Shunday qilib, ushbu maydon chegarasida o’lchangan qatlam bosimi o’rtacha bosimni faqat tanlash zonasidagina ifodalaydi. Bu bosim neft va gaz zaxirasini hisoblashdan ko’ra konni ishlatishni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Neft va gaz xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning zaxiralarini hisoblashda asosan hajmiy va moddiy balans metodlaridan foydalanilanganda, neftlilikning boshlang’ich tashqi chegarasi bilan cheklangan maydondagi neftli qatlamning boshlang’ich va joriy bosimining o’rtacha qiymatlari ma’lum bo’lishi zarur. Qatlam energiyasidan samaraliroq foydalanish maqsadida konni ishlatishning oqilona tizimini amalga oshirish uchun bosim va uning tartibga solinishini muntazam nazorat qilib turish lozim. Bu esa katta amaliy ahamiyatga ega. CHunki qatlam va uning tarkibidagi suyuqlik va gazlarning ishlatish hamda gidrodinamik xususiyatlari qatlam bosimining o’zgarishi bilan chambarchas bog’liq.
Sobiq Ittifoq va chet ellardagi neft konlarida o’lchangan ko’pdan-ko’p qatlamlarning boshlang’ich bosimi qiymati shuni ko’rsatdiki, chuqurlik ortishi bilan qatlam bosimi ham ma’lum qonuniyatga bo’ysungan holda ko’tarilib boradi. Qatlam bosimi har 10 m chuqurlikda 0,08-0,12 MPa ga o’zgarib boradi va o’rta hisobda har 10 m da 0,1 Mpa ga ortadi. Bu suvning gidrostatik bosimiga mos keladi.
Shunday qilib, ko’pchilik neft konlarida qatlam bosimi qiymati qatlamning yotish chuqurligi bilan uzviy bog’liq va u odatda qatlamning ochilgan chuqurligiga mos keluvchi suv ustuni bosimidan yuqori bo’lmaydi.
Lekin sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, G’arbiy Ukraina, SHimoliy Kavkazda hamda xorijiy mamlakatlarning bir qator hududlarida shunday neft konlari borki, ularda qatlam bosimi gidrostatik bosim qiymatidan ancha yuqoriligi aniqlangan. CHunonchi, Karadaga (G’arbiy Apsheron) quduqlarining birida bosim gradienti 0,15 MPa/10 m ni tashkil etgan, Baba-Zanan (Kuraoldi pasttekisligi) maydonida 0,146 MPa/10 m, Ventura-Avenyu (AQSh) konida 0,24 MPa/10 m, Lak (Frantsiya) konida qariyb 0,18 MPa/10 m va h.k.
Ozarbayjon konlarida qatlamning me’yoridan ortiq darajada yuqori bosimga ega bo’lishiga asosiy sabab, V.S. Melik-Pashaev aniqlagan ma’lumotlar bo’yicha, balchiqli vulkan strukturalarining o’ziga xos tuzilishi va burmaning o’q qismidan o’tgan bo’ylama buzilishlarda zichligi qariyb 2,0 g/sm3 bo’lgan suyuq balchiq sopkasi ulkan massasining mavjudligidir.
Ba’zan qatlam bosimining gidrostatik bosimga nisbatan ortishi tektonik kuchlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunda tektonik kuchlar hosil bo’lgan uyum burmasining o’sishiga va shu sababli, qatlamning boshlang’ich bosimi saqlangan holda, neftli qatlamning yotish chuqurligining kamayishiga olib keladi. SHuningdek, anomal yuqori bosim ushbu qatlamni pastda joylashgan yuqori bosimli gaz qatlami bilan tektonik yoriqlar orqali bog’langanligi natijasida ham hosil bo’lishi mumkin.
Nihoyat, gaz uyumi balandligining yuqoriligi anomal qatlam bosimini keltirib chiqarishi mumkin. Chunki, butun uyum bo’yicha bosim asosan gaz-suv tutash zonasidagi qatlam bosimi qiymati bilan aniqlanadi. Masalan, agar gaz-suv tutash zonasi 1500 m chuqurlikda joylashgan va gazli katlamning eng yuqori nuqtasi 1000 m chuqurlikda bo’lsa, uyumning qubba qismidagi qatlam bosimi gidrostatik bosimdan 1,5 marta ortiq bo’ladi.
Neftgazlilik qavati baland bo’lgan neft-gaz uyumidagi bosimning taqsimlanishi aks ettirilgan. Bu yerda 2000 m chuqurlikda (SNTYU suv-neft tutash yuzasi) bosim SNTYU=20 MPa (normal gidrostatik) va bosim gradienti 0,1 MPa/10 m; neft uyumi balandligi 200 m va neft zichligi 0,8 g/sm3 bo’lgandagi gaz-neft tutash yuzasida qatlam bosimi MPa va bosim gradienti (1800 m chuqurlikda) 0,102 MPa/10 m ni tashkil etadi.
Gazlilik qavati 300 m bo’lgan gaz uyumining eng yuqori nuqtasidagi gaz zichligi suvnikiga nisbatan 0,17 g/sm3 ga teng, chunki
va
Bunda, g=0,7 gazning havoga nisbatan zichligi; 7734 m 0,1 MPa bosimga ekvivalent havo ustunining balandligi. Qatlam bosimi quydagicha hisoblanadi:
MPa.
Chuqurlik 1500 m bo’lganda bosim gradienti 0,119 MPa/10 m ga teng.
|
| |