|
Jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda ta’lim metodlaridan foydalanish
|
bet | 1/12 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 217,71 Kb. | | #154125 |
Bog'liq JISMONIY TARBIYA FANINI
JISMONIY TARBIYA FANINI O‘QITISHDA TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH
Reja
Jismoniy tarbiya darsida qo’llaniladigan
Interfaol ta’lim tushunchasining mohiyati.
Interfaol ta’lim metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Treninglarni tashkil etishda intrefaol o‘qitish metodlaridan foydalanish yo‘llari.
Tayanch tushunchalar: interfaol, interfaol ta’lim, metod, interfaol ta’lim metodjlari: SWOT-tahlil, Assessment, Blits-o‘yin, FSMU va b.
Interfaol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya’ni o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. Bunday o‘zaro harakat turlariga “tinglovchi – o‘qituvchi” va “tinglovchi-tinglovchi”ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo‘lib, sportchilar bu faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Interfaol o‘qitish bu bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo‘lib, interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi o‘qitishning ob’ektidan o‘zaro hamkorlikning sub’ektiga aylanishi, o‘quv jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi.
O‘qitishning interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli o‘yinlardan foydalanish, muammolarni hamkorlikda yechishda ko‘rib chiqiladi.
Interfaol o‘qitish tinglovchilardan axborotlarni o‘zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta’lim maqsadlarining to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi. Bunda ta’limning quyidagi kontseptsiyalari fundamental asos sifatida hizmat qiladi:
o‘qituvchining jadal faoliyati – o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lib, u mazkur harakatning sub’ekti va tashkilotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi;
o‘quv faoliyatining asosiy negizi va natijasi, mazkur faoliyatning sub’ekti – tinglovchi hisoblanadi;
muvaffaqiyatli o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi, uning natijasi sportchilarning fikrlash usullarini o‘rganish va amaliy masalalarni ijodiy hal etish, erkin, mustaqil harakat qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat;
o‘quv faoliyatning asosiy ko‘rsatkichi o‘quv topshiriqlari xisoblanadi. Bunda ta’lim jarayonining asosiy sub’ekti bo‘lgan tinglovchida fikrlash, bilish harakati usullarini rivojlantiruvchi o‘qitish taktikasi muhim o‘rin tutadi;
o‘quv faoliyatini amalga oshirish jarayoni tinglovchidan o‘zining shaxsiy bilish mahorati va ko‘nikmalarini o‘zlashtirib olishi uchun zamin hozirlashdan iborat.
O‘quv jarayonining interfaol TTga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto “bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg’otadi. Biroq, bunda o‘qituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega bo‘lishi talab qilinadi (1-rasm):
SHu bilan birga interfaol TTni qo‘llash samaradorligi quyidagi Odatda interfaol TTga asoslangan ta’limiy harakatlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi: individual, juftlik, guruh, jamoa bilan ishlash
Interfaol TTni qo‘llash jarayonida tinglovchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olish;
fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash;
o‘z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan
chiqa olish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish
Interfaol ta’lim muayyan belgilarga ega. Quyidagilar interfaol
Izoh: Refleksiya (lot. “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining o‘z xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib etishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg’ulari va o‘y-xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash), o‘z-o‘zini tahlil qilishi.
Bugungi kunda ilg’or tajribalar asosida interfaol ta’limning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum (3-rasm):
|
| |