|
Jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda ta’lim metodlaridan foydalanish
|
bet | 7/12 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 217,71 Kb. | | #154125 |
Bog'liq JISMONIY TARBIYA FANINIMetodning maqsadi: mazkur metod tinglovchilar yoki qatnashchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg’ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
sportchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);
sportchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga yetgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning to‘g’ri va tuliq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan to‘g’ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Namuna: “Ta’limdagi innovatsiyalar” mavzusidagi kirish ma’ruzasi uchun.
Tushunchalar
|
Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?
|
Qo‘shimcha ma’lumot
|
Ta’lim mazmuni
|
|
Bilim, ko‘nikma, malakalar tizimi, yig’indisi
|
Ta’lim sifati
|
|
Ta’lim mazmunining shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlariga muttanosibligi
|
Kvalimetriya
|
|
Sifat o‘lchovi
|
Deontologiya
|
|
Kasbiy etika
|
Andragogika
|
|
Kattalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi soha
|
Kompetentlik
|
|
Faoliyat talablariga
yaroqlilik, layoqatlilik
|
Moderator
|
|
Yangilik yaratuvchi, tashabbuskor shaxs
|
Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo‘shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.
“CHarxpalak” texnologiyasi.
|
| |