• Texnologiyani amalga oshirish tartibi
  • Namuna. Fikr
  • Jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda ta’lim metodlaridan foydalanish




    Download 217,71 Kb.
    bet3/12
    Sana10.02.2024
    Hajmi217,71 Kb.
    #154125
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    JISMONIY TARBIYA FANINI

    «FSMU» metodi.
    Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
    Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg’ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg’ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
    Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

    • qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g’oya taklif etiladi;

    • har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni tarqatiladi:

    F – fikringizni bayon eting.
    S – fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
    M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring.
    U – fikringizni umumlashtiring.

    • ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.

    FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
    Namuna.
    Fikr: “Pedagogika ijtimoiy fan. Ijtimoiy fanlar tobora muhim ijtimoiy-o‘zgartiruvchi kuch bo‘lib qolmoqda. Faqat tabiiy-texnik fanlargina bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib boradi”.
    Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.
    Taqdimot: F- bu asosli fikr emas.
    S – pedagogika fani tavsiyalari insonning mehnat faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu bilan uning umumiy va kasbiy tayyorgarligi, ijodiy imkoniyatlari rivojlanadi. Mazkur ko‘rsatgichlar moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadi.
    M – o‘zluksiz ta’limning imkoniyatlari.
    U- pedagogika ijtimoiy fan sanalsada, uning qonuniyatlari jamiyatning rivojlanishida metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Bu esa fanni o‘rganishga nisbatan innovatsion yondoshuvni shakllantiradi.



    Download 217,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 217,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda ta’lim metodlaridan foydalanish

    Download 217,71 Kb.