• Pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
  • Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida falsafa fanidan alohida soha bo‘lib ajralib chiqqan. «Pedagogika»




    Download 31,5 Kb.
    bet1/5
    Sana20.01.2024
    Hajmi31,5 Kb.
    #141730
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ped nazariya


    Pedagogika ijtimoiy fan sifatida
    . Pedagogika ijtimoiy fan
    sifatida falsafa fanidan alohida soha bo‘lib ajralib chiqqan.
    «Pedagogika» atamasi Qadimgi Yunonistonda (miloddan avvalgi
    5-4-asrlar) paydo bo‘lgan. Pedagogika o‘z nomini yunoncha
    «paidos» – bola va «ago» – yetakchilik so‘zlaridan oldi. So‘zma
    so‘z tarjimada «pedagogika» so‘zi «bola yetaklovchi» degan
    ma’noni anglatadi. Qadimgi Yunonistonda o‘qituvchi o‘z
    xo‘jayinining bolasini maktabga kuzatib boradigan, unga sinfda
    va sinfdan tashqarida xizmat qiladigan qul edi. Jamiyat
    rivojlanishi bilan o‘qituvchining roli sezilarli darajada o‘zgardi,
    bu tushuncha kengroq ma’noda bolani hayot davomida
    boshqarish san’ati – o‘qitish, tarbiyalash, ma’naviy va jismoniy
    rivojlantirish san’atiga nisbatan qo‘llanila boshladi.
    Pedagogika – shaxsni tarbiyalash, o‘qitish, ta’lim berish
    haqidagi fan. Pedagogika ijtimoiy tarbiyaning umumiy
    qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga
    muvofiq yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalashning mohiyati
    va muammolarini tadqiq etuvchi ta’lim hamda tarbiya jarayonini
    yaxlit tarzda o‘rganadigan fan sifatida belgilanadi. Fanning
    obyektini belgilashda falsafaning obyektiga murojaat qilinadi.
    Jumladan, falsafa insonning dunyoda tutgan o‘rni va
    dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi ma’naviy
    faoliyatining bir shakli sifatida namoyon bo‘ladi, fanning obyekti
    olam va odam rivojlanish jarayonlarini qamrab oladi. Pedagogika
    fanining obyektini ta’lim va tarbiya tashkil etadi.


    Pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
    Kategoriyalar
    (yunoncha: «kategoria» – bayon, ta’rif, belgi) fanning mohiyatini,
    uning o‘rnatilgan va tipik xususiyatlarini aks ettiruvchi eng keng
    qamrovli va umumiy fundamental tushunchadir. Ta’lim va
    tarbiya jarayonini tashkil qiluvchilar pedagogika fanning asosiy
    kategoriyalari bo‘lib hisoblanadi. Pedagogika fanining asosiy
    kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya
    samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy
    mohiyatini yoritadi. Eng muhim pedagogik kategoriyalar sifatida
    quyidagi kategoriyalar: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish),
    ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish, bilim, ko‘nikma, malaka,
    kompetensiya kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.



    Download 31,5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 31,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida falsafa fanidan alohida soha bo‘lib ajralib chiqqan. «Pedagogika»

    Download 31,5 Kb.