• Shaxs haqida tushuncha.
  • Bugungi kunda o’qtuvchi kasbinin o’rni va roli




    Download 31,5 Kb.
    bet4/5
    Sana20.01.2024
    Hajmi31,5 Kb.
    #141730
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ped nazariya

    Bugungi kunda o’qtuvchi kasbinin o’rni va roli
    Bugungi kunda
    o‘qituvchi zamonaviy metodik bilim, ko‘nikma, malaka va
    kompetensiyalarni egallashi lozim. Innovatsion ta’lim muhiti
    o‘qituvchilardan quyidagi bilimlarni egallash va amaliyotga
    qo‘llashni talab etmoqda:
    - o‘qitishda innovatsion taexnologiyalarni qo‘llash
    yuzasidan amaliy faoliyat;
    - o‘qitishning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi
    amaliy faoliyati;
    - o‘qitishda kasbiy yo‘naltirilganlikni amalga oshirishdagi
    faoliyati
    Hozirgi pedagogika fani o‘qituvchining amaliyotchilik,
    tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari
    vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni to‘la
    uddalaydigan o‘qituvchigina bugungi yosh avlodning barkamol
    shaxslar sifatida shakllanishiga ta’sir ko‘rsata oladi. Istiqlol davri
    o‘qituvchilarida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish
    mamlakat taraqqiyotini ta’minlash omilidir.


    Shaxs haqida tushuncha.
    Shaxs o‘zida inson mohiyatini,
    uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs
    ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‘z yo‘nalishi, tadqiqot obyekti va
    maqsadi nuqtayi nazaridan turlicha talqin etiladi. U o‘ta
    murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, o‘zini o‘zi inkor etadigan
    mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy,
    axloqiy va estetik aql-idrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto
    falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig‘i jihatidan
    tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs muammosi, uning
    rivojlanishi, shakllanishi va ijtimoiylashuvi ko‘plab fanlar
    tomonidan ko‘rib chiqiladi. Jumladan: falsafa, sotsiologiya,
    fiziologiya, anatomiya, psixologiya va shuningdek, pedagogika.
    Pedagogika ta’lim va tarbiya jarayonida shaxsning rivojlanishi,
    shakllanishi va ijtimoiylashuvining eng samarali shartlarini
    o‘rganadi va aniqlaydi. Ushbu mavzuning asosiy tushunchalari
    sifatida odam (inson), individ, shaxs va individuallik kabilarni
    ajratib ko‘rsatish mumkin.

    Download 31,5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 31,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bugungi kunda o’qtuvchi kasbinin o’rni va roli

    Download 31,5 Kb.